Bank turlari ularning funksional yo'nalishi bo'yicha klassifikatsiyasi Agar mamlakatda yetarli darajada bank faoliyatini ko'rsatayotgan banklar, kredit tashkilotlar hamda iqtisodiy tashkilotlar mavjud bo'lsa u holda bank tizimi mavjudligi to'g'risida gap yuritsa bo'ladi. Ushbu sharoitda banklar va kredit tashkilotlari turli shakllarida hamda doimo o‘z mijozlari- iqtisodiyot subektlari. Markaziy bank, boshqa organlar, davlat hokimiyatlari va davlat boshqaaiv organlari. o'zaro yoki yordamchi tashkilotlar bilan muloqotda (munosabatda) bo'lib turadilar.
Bank tizimi - tashkiliy tuzilma sifatida yirik tizim bo'lib mamlakatning iqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklarning faoliyati va rivojlanishini moddiy va nomoddiy ncmatlarni ishlab chiqarish, muomala va istcmol qilish bilan bog'liq holda ko'rib chiqish zarurdir. O'zining amaliy faoliyatida banklar xujalik hayotini tartibga solish mexanizmi bilan o‘zviy ravishda bog'liq. Shu bilan birga banklar soliq tizimi, baho tizimi, baho va daromad siyosati, tashqi faoliyat iqtisodiy faoliyat shartlari bilan o'zviy aloqada bo'lishlari shartdir. Bu shunday darak beradiki mamlkatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar ko'p hollarda bank tizimi faoliyatiga boshqa ijtimoiy - xo'jalik mexanizmi bilan aloqadorligidagi harakatiga bog'liqdir. Bank tizimi mamlakat hududida tarixan shakllangan va mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko'rsatish shaklidir. Xuddi pul va moliya tizimi kabi bank lizimi o'ziga hos milliy belgilariga egadir. Shu belgilar shu hududning. Geografik shartlari ob-havo aholi milliy tuzilishi, ularni nima bilan mashg’ulligi. Qo’shnilar bilan munosabati, savdo yo'llari va omillar asosida shakllanadi.
Bank tizimi yagona manoga ega emas. Uni turli tamoyillarini ko'rish, turli holatlariga qarab guruhlash mumkin. Masalan, ularni tashkiliy tuzilishiga ko'ra intitutsional chizma ko'rinishida ko'rib chiqish mumkin. Bundan tashqari bank tizimini bajaradigan funksiyalari, o'zaro aloqadorligi, mavqye, maxsus yo'nalishi. bajaradigan operatsiyalarga va ularni tanbex ctilishiga qarab ham guruhlash mumkin. Tijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlaiga bo'lish mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aksiyador banklarga, koopcrativ, xususiy, mintakaviy. aralash mulkchilikka asoslangan bankka bulinadi. Aksiyador banklar aksiyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aksiyador banklar bo'lishi mumkin. Aksiyadorlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish yo'li bilan amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar banklarning aksiyalarini sotib olishi va aksiyadorlar bo'lishi mumkin. Aksiyador tijorat banklarining yuqori organi - aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi hisoblanadi. Har yili aksiyadorlarning yig'ilishi ustavdagi va ustav kapitalidagi uzgarishlarni. yillik faoliyat va uning natijalarini. bank daromadlarini tasdiqlash. bank kengashi tarkibini savlash bankning shu'ba muassasalarini tashkil qilish va bekor qilish kabi masalalarni ko'rib chiqishi mumkin.
Ba'zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham yuridik va jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin. Xususiy banklar jismoniy shaxsning pul mablag'lari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi. Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalkaro, respublika, mintakaviy, viloyat banklariga bulinishi mumkin. Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar - universal va maxsus banklarga bo'linadi. Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo'ladi. Maxsus banklar ma'lum yunalishlarga xizmat kursatib, uz faoliyatini shu yunalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bagishlaydi.
Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat kursatuvchi banklar, eksportimport operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investisiyabanklari, ipoteka-zamin banklari kirishi mumkin. Banklami intutitsional tuzilishi bilan bo‘yicha guruhlari bir qancha unsurlami majmuini bevosita va bilvosita bank faoliyati bilan shug'ullanuvchilami, ularni tuzilishini, vazifalari, funksiyalari, muhitdagi operatsiyalarini o'zaro aloqadarlikda o'z ichiga oladi (tashkilot va korxonalar). Tashqiliy tuzilish bo'yicha guruhlash ushbu davlatda faoliyat olib boradigan kredit turiari va shakllarini, bunda ishtirok etadigan banklarning turlarini o'z ichiga oladi. To'zilma kredit shakllari va bank ishtiroki belgilariga qarab tuziladi.
Bugungi kunda banklami va boshqa moliya-kredit tashkilotlari orasidagi farqini yo'qotishni mamlakatdagi kapital harakatini markazlashuvuni va jamg'arlishi bilan bevosita bog'liqdir. Bunday harakat natijasida o'zaro yaqin va o'xshash bo'lmagan kredit tashkilotlarini yo'qolib ketishi yoki kushilishi jarayoni amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga banklarning universallashuvi makroiqtisodiy omillarga bog'liqdir. Ammo bu faoliyat uzoq muddatni o'z ichiga oladi. Hozirgi kunda farqlarning yo'qolishi va banklar tomonidan funksional va yuridik xususiyatlami bekor bo'lishi asosan yirik tijorat banklarida sezilarli amalga oshmoqda. Shuni qayd qilish lozimki yirik banklarning universallashuvi va global yo'nalishlarining olib borilishi kichik banklarning, maxsus kredit tashkilotlariga yani ma'lum turdagi operatsiyalarga moslashgan tashkilotlarga aylanishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa ko'pgina mamlakatlarda faoliyot ko'rsatayotgan ko'p bosqichli bank tizimiga hos xususiyatdir. Bozor iqtisodiyoti va jahon xo'jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko'prok faqat sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas.
Tijorat banklari qo'yidagi operatsiyalami bajaradi:
passiv operatsiyalar;
aktiv ssuda operatsiyalari;
bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;
bankning uz mablag'lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalar va boshqalar. Shu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko'rsatadigan moliyaviy muassasalaiga aylanmoqda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda kata daromad keltiradi. Pul-kredit siyosati usullari umumiy bo'lishi mumkin, yani mamlakatdan kredit munosabatlar holatiga umumiy ta'sir ko'rsatuvchi, yoki selektiv, yani alohida olingan kredit turlariga ta'sir ko'rsatish uchun yo'naltirilgan hamda alohida korxona, jumladan tarmoqlami kreditlash uchun yo'naltirilgan bo'lishi mumkin. Pul-kredit siyosatining umumiy usullariga:
Markaziy bankning hisobga olish siyosati yoki foiz stavkalarini tartibga solishsiyosati;
ochiq bozordagi operatsiyalar, yoki davlat qimmatbaho-qog'ozlarini sotib olish vasotish;
majburiy zahira normalarini o'zgartirishlar kiradi.
Hisobga olish siyosati Markaziy bankning tijorat banklari uchun oxirgi navbatdagi zahirasi sifatida kneditoriga ayalanishi bilan bog'liq. Majburiy zahira normalarini tartibga solish hukumat talabi asosida tijorat banklarining belgilangan miqdoridagi pul mablag'larini Markaziy bankdagi foizsiz hisob varag'iga o'tkazilishidir. Ochiq bozordagi operatsiyalar markaziy bankning tijorat va gazna obligatsiyalari va boshqa qimmatbaho qog'ozlarni bozor kursi yoki oldindan e'lon qilingan kurs bo'yicha sotib olish va sotish, hamda qayta kelishuvlaridir.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati selektiv usullariga:
limitlar, kvotalar umatish orqali kredit miqdorini yoki veksellarini hisobga olishnito'g'ridan-to'g'ri qisqartirishdir;
kredit operatsiyalarini o'sish darajasini pasaytirish;
alohida olingan turdagi kreditlar ustidan nazoratni umatish, ismol krediti ustidan;
alohida olingan jamg'armalarga yuqori foizlami o'rnatish yoki umumanfoiz stavkalarini tartibga solish va boshqalardir. Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o'rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Sanoat, transport, qishloq xujaligi sohasida qushimcha investisiyaga bo'lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalk xujaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta’minlashi mumkin. Oxirgi yillarda tijorat banklarining soni, ular bajaradigan operatsiyalar, ulaming ustav fondi va qo'yilmalar salmogi oshib bormoqda. Tijorat banklari o'z faoliyati bilan bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda ishlay oladigan tashkilotlami o'z vaqtida mablag' bilan qo'llash va bunday tashkilotlami aniqlash kabi muhim bir vazifani amalga oshirmoqda. Tijorat banklari kreditlash jarayonlari orqali mamlakat iqtisodiyotning rivojlanishiga ham juda katta xissa qo'shmoqda. Tijorat banklarining yana bir muhim funksiyasidan biri hisob to'lovlarini amalga oshirish funksiyasidir. Bugungi kunda korxona va xo'jaliklami o'rtasidagi hisob-kitoblarning asosiy qismi pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarda tijorat banki vositachi sifatida to'lovlar o'tkazish jarayonini bajarmoqda. To'lov hujjatlarining o'z vaqtida o'tishi hamda hisobkitob jarayonlarining uzluksizligini taminlash zaruriyati bugungi kunda banklardan hisob-kitoblami tashkil qilish va nazorat qilishning mukammal metodlarini ishlab chiqishni talab etmoqda. Hisob-kitoblami tezlashtirish, jarayonlarni ishonchligini taminlash hamda bu jarayonlar bilan bog'liq xarajatlarni kamaytirish maqsadida tijorat banklari bugungi kunda komputer texnikasi bilan jihozlanmoqda. Tijorat banklarining to'lovlarini amalga oshirish funksiyasi orqali bugungi kunda yuridik shaxslaming davlat budjetiga bo'lgan majburiyatlari nazorat qilinmoqda.
Bugungi kunda tijorat banklari yetarli darajada texnik jihozlanganligi hamda kerakli axborot bazalariga va malakali kadrlarga egaligi banklari o'z navbatida qimmatli qog'ozlar bozorining asosiy ishtirokchilaridan biri qilib qo'ymoqda. Qimmatbaho qog'ozlar bozorida banklar bir vaqtning o'zida ham investor ham emitent sifatida qatnashmoqda. Banklarning boshqa xo'jalik subektlariga nisbatan stabil moliyaviy holatga egaligi qimmatbaho qog'ozlar bozorida operatsiyalarda qatnashishga imkon bermoqda. Respublikada tijorat banklarning qimmatbaho qog'ozlar bozorida aktiv ishtirok etishini sabablaridan yana biri banklarning nizom kapitalini oshirish sohasida o'z aksiyalarini sotishga bo'lgan intiiishdir.
Bugungi kunga kelib tijorat banklari qimiratbaho qog'ozlar bozorida aksiyalardan tashqari depozit va jamg'arma sertifikatlar bilan ishlashni ham yo'lga qoVmoqdalar. Bundan tashqari banklar o'z mijozlariga moliyaviy broker sifatida ham xizmat ko'rsatmoqda. Banklarning bunday funksiyalami bajarishlari korxona tashkilotlaming qimmatli qog'ozlar bozori operatsiyalarida qatnashishlari uchun qulay sharoit yaratmoqda.
Bugungi kunda, Respublika davlat mulkini xususiylashtirish bilan bog'liq jarayonlar keng o'rin olganligi sababli, korxonalarga tegishli, qimmatli qog'ozlar bozoriga nisbatan, davlat qimmatli qog'ozlar bozori aktiv harakat qilmoqda. Bu bozorda asosiy qatnashchilar sifatida tijorat banklari maydonga chiqmoqda. Bu bozorda tijorat banklari o'zlarining brokerlik funksiyalarini amalga oshirish bilan bir qatorda mavjud mablag'larini hech qanday tavakalchilikka bormagan holda qisqa muddatlarga joylashtirish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.
Xulosa Jahon banklari ish faoliyatida axborotlarni sotish va moliyaviy maslahatlar kabi xizmatlar ham keng o'rih olgan. Bizning oldimizda turgan masalalardan biri ham sohani o'rganishdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror va samarali ishlovchi bank tizimini yaratish mustaqillikning birinchi kunlaridan O'zbekistonda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning eng muhim yo'nalishlaridan biri bo'ldi.
"O'zbekistonning moliyaga doir yordamchi tarmoqlarini, mamlakatning bank tizimini takomillashtirish biz uchun birinchi navbatdagi vazifadir":, - deb etirof etgan edi Prezident I. Karimov. Chunki Mustaqillik e’lon qilingunicha mamlakatda mustaqil bank tizimi mavjud emas va mavjud bank muassasalari sobiq ittifoq bank tizimining tarkibiy qismi hisoblanardi. аримов издан обод ва озод ватан олсин.
Bank tizimida yuzaga kelayotgan holatlar, bugungi kunda bank menejmenti va marketingini yanada rivojlantirishni talab qilmoqda. Banklar sonini ko'payishi bu raqobatning kuchayishidir. Malumki, rivojlangan mamlakat]aming aksariyatida iqtisodiyotni boshqarish borasida boy tajriba to'plangan. Shu tajriba asosida boshqaruv sohasi rahbarlari va mutaxassislarining yangi avlodini tarbiyalash respublikamizda ham tobora keng yoyilmoqda. Jahon bank tizimida ro‘y berayotgan tub o'zgarishlar, MDH mamlakatlari bank tizimiga ham tobora ko'proq ta'sir ko'rsatayotir. Xo'sh, gap qaysi o'zgarishlar to'g'risida bormoqda?
Birinchidan, bu o'zgarishlar to'lovlaming yangi integratsiya vositalarini yuqori sur'atlar bilan shakllantiradigan bank operatsiyalarini komputerlashtirshning texnologik inqilobi bilan bog'liq. Bu jarayonlar talaygina moliyaviy xarajatlar talab qiladi, bank ishi qimmatlashadi, biroq uning samaradorligi va uning tezkorligi oshadi, bu esa xarajatlar o'sishini qoplaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati O‘zbekiston respublikasining qonuni “banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” 2019 y
Abdullaev .A, Qayimova Z.Boltaev, SH. Narzieva D.”Pul va banklar”o’quv qo’llanma
O.R a sh id o v , I.Alim o v ,R . T o y m u h a m e d o v