Iii. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish


O’zbekistonda banklarning kelib chiqishi



Yüklə 30,87 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2022
ölçüsü30,87 Kb.
#70967
1   2   3   4
banklarning kelib chiqishi

O’zbekistonda banklarning kelib chiqishi
Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi.
Oktabr toʻntarishidan soʻng barcha bank sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. Oʻzbekistonda bank tizimi 1924-yildan boshlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992-yilga qadar SSSR Davlat banki (1923; 1921 — 23-yillarda RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki (1959; 1922 — 59-yillarda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo banki (1924)ning Oʻzbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar Oʻzbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR bankining respublika idoralari mustaqil bank sifatida OʻzR Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich oʻtkazish dasturiga mos keladi. Oʻtgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning soni va ular koʻrsatadigan xizmat turlari koʻpaydi.
1995 — 96-yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. OʻzRning „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi (1995-yil 21-dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. OʻzRning „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ 1996-yil 25-apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRning bosh banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining Oʻzbekiston boʻlimi).
Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan bank, ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy bank tashkil etadi.
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan bankni tuzish yoʻli bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan bankning tashkil etilishi bozorga yoʻnaltirilgan bank tizimini yaratish yoʻlidagi zaruriy va tabiiy bosqich boʻldi.
1995 — 1996-yillarda „Asaka“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Toshkentijtimoiyuyjoy-bank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Uzsayohatinvestbank“ Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va „Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. „Oʻzdehqonsanoatbank“ aksiyadorlik tijorat banki „Paxtabank“ ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, „Oʻzjamgʻarmabank“ Xalq bankiga aylantirildi.
Tijorat banki xalq xoʻjaligining turli sohalaridagi korxonatashkilotlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisobkitob xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi. Bu bank toʻla mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga mansub boʻlgan korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar oʻrtasida taqsimlangan. Tijorat bankining xususiy zaxiralari yetishmay qolganda ular kredit resurslari bozoridan zarur pul mablagʻlarini sotib olishlari mumkin.
OʻzRning barcha mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega boʻlgan 35 Tijorat banki faoliyat koʻrsatadi, ulardan 5 tasi chet el kapitali ishtirokida, 11 tasi xususiy banklardir (2000).
Xususiy bankning huquqiy bazasini rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997-yil 24-apreldagi „Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish choratadbirlar toʻgʻrisida“ Farmoni muhim ahamiyatga ega boʻldi. Farmonga koʻra, respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banki bilan bir qatorda xususiy bank ham tashkil etila boshladi (muassis jismoniy shaxslar hissasi bank ustav kapitalining kamida 50 % ni tashkil etishi lozim). 1998-yilda 5 ta xususiy („Alp Jamol“, „Turkiston“, „Istiqbol“, „XIFbank“ va „Oʻktambank“) bankga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsatnoma berildi.
1995-yil 24-oktabrda Oʻzbekiston Tijorat banki uyushmasi tashkil topdi (uning tarkibiga xususiy banklar ham kirgan).
Respublikada 1992-yildan „Oʻzbank-audit“ — banklararo aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi ish olib boradi. 1996-yildan buyon „Oʻzbankaudit“ bilan bir qatorda „Deloyt end Tush“ va „Ernst end Yang“ kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda „Xolis“ guruhi va „Odil audit“ mahalliy audit firmalariga OʻzR Markaziy banki tomonidan bank auditi oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sugʻurta kompaniyalari, tashkilot va korxonalarning buyurtmasi bilan ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar oʻtkazadi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda chet el bank va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qoʻshma bank faoliyat koʻrsatadi. Ular jumlasiga Oʻzbekiston — Gollandiya „Oʻzprivatbank“ va „ABN Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati“, Oʻzbekiston — Turkiya „OʻTbank“, Oʻzbekiston — Jan. Koreya „OʻzDEUbank“ kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. Bular katorida Doyche bank, Berliner Bank, Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Shveysariya), „Kredi Kommersial de Frans“, „Sosyete Jeneral“ (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz Manxetten (AQSH), „Rossiyskiy kredit“ va „Sakura bank LTD“ (Yaponiya) banklari bor.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankning doimiy maslahatchilari xizmatidan foydalanadi.
2000-yil 1-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan mijozlarga 529 mlrd. soʻmlik kredit qoʻyilmalari ajratilib, shundan 237 mlrd. soʻmi qisqa muddatli, 292 mlrd. soʻmi oʻrta va uzoq muddatli kreditlarni tashkil etdi. Oʻrtacha foiz stavkasi qisqa muddatli kreditlar boʻyicha 33,7 %, oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha 23 %, uzoq muddatli kreditlar boʻyicha 13 % dan iborat boʻldi.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, mamlakatimiz­da chakana xizmatlar rivoji xalqaro bank va mo­liya kapitalini keng jalb qilgan holda qo'shma banklarning tashkil etilishiga ta'sir ko'rsatdi. Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi banklarning vujudga ke­lishi natijasida tubdan o'zgardi. Xususiy bank­larning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchay­tirib yuborgani mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo'ldi. Mamlakati­miz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozla­ri va kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko'mak taqdim etgan holda ularning rivojlani­shini muntazam rag'batlantirib bormoqda. Ayni paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etadi.
Respublikamizda xususiy banklar rivojlani­shini izchil rag'batlantirish raqobatni kuchayti­rishga, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samara­li taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o'z navbati­da, xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Bank tizimi oldiga uning rivojlanish istiqbollarini belgilab beruvchi strategik vazi­falar qo'yildi. Vazifalarning birinchisi bank­lar moliyaviy barqarorligini oshirish va ichki bozorda moliyaviy xizmatlar doirasini kengay­tirishdan iborat bo'lsa, ikkinchisi — O'zbekiston banklarining xalqaro kapital bozorida faolli­gini ta'minlashdir.
Mazkur davrda O'zbekiston Respublikasi ­Prezidenti Islom Karimov mamlakatimiz moliya-bank tizimini rivojlantirish, uning faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash masalalariga yanada ko'proq e'tibor qaratdi. Shu munosabat bilan qator etakchi ban­klar (“O'zsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki va boshqalar)ning kapitallashuv darajasini oshi­rish bo'yicha muhim qarorlar qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mi­krokreditbank” ustav fondini ko'paytirish to'g'risida”gi Farmoni mazkur bankni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashti­rish bo'yicha asosiy kredit markazlaridan biri­ga aylantirgan holda uning faoliyatini sifat jihatidan yanada yaxshiladi.
Ushbu davrdagi har bir yil mamlakat bank-moliya tizimining izchil rivojlanishida yangi bosqich sifatida qayd etiladi.
Bank nazorati va xalqaro amaliyoti bo'yicha Bazel qo'mitasining tavsiyalaridan kelib chiqib, tijorat banklari faoliyatini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari doirasida tar­tibga soluvchi kompleks me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bunda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida ular ba­lansida mavjud muammolarni oldindan aniqlash hamda bank likvidligi pasayishi va kapital tuga­shi yuzaga kelishidan oldin ogohlantiruv chorala­rini ko'rish tamoyillaridan foydalanildi.
Mazkur jarayon 1997 yilda O'zbekiston Res­publikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni e'lon qilinganidan so'ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning 50 foizdan kam bo'lmagan ulushi bi­lan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim etish ko'zda tutilgan edi. 1997 yil bank tizimining rivojlanish tarixida bank faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish boshlangani bilan ahamiyatlidir. Ma'lumki, o'sha vaqtgacha respu­blika hududida amaldagi barcha hisob-kitoblar kun bo'yi olib borilar edi. 1997 yilning mart oyidan yangi dasturiy ta'minot joriy etilib, barcha hisob-kitoblar avtomatik rejimda amalga oshirila boshlandi. Bu esa to'lovlarni respubli­ka tashqarisida 15 daqiqa mobaynida, Toshkentdan chekka joylarda atigi 3 daqiqada amalga oshirish imkonini berdi.
Aynan o'sha vaqtda hisob-kitoblar mexaniz­mi ishlab chiqildi va banklararo elektron to'lovlarning zamonaviy tizimi joriy etildi. Banklarga o'sha vaqtdagi noyob imkoniyat — kom­pyuter va telekommunikatsiya uskunalarini xa­rid qilish va departamentlarni ular bilan jihozlash imkoniyati berildi. Ular mablag'larni o'z faoliyati uchun zarur uskuna-anjomlarni mo­dernizatsiya qilishga yo'naltirishi hisobga oli­nib, qator soliq to'lovlaridan ozod qilindi.
Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat — “O'zbekiston Respublikasining Markaziy ban­ki to'g'risida”gi hamda “Banklar va bank faoliya­ti to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonun­larining ishlab chiqilishida rivojlangan moliya tizimiga ega mamlakatlar tajribasi inobatga olinganini alohida ta'kidlash joiz. Mazkur qonunlar, shuningdek, “Aktsiyadorlik jamiyatla­ri va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonun nodavlat banklarning xususiy va aktsiyadorlik-tijorat shaklida tashkil etili­shiga qulay huquqiy sharoit yaratdi. Bu davrda bank tizimi rivojiga alohida ta'sir etgan ikki omilni ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchisi, olib borilgan islohotlar natijasida 1996 yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar boshqaruv va bank nazoratining to'la huquqli organi bo'ldi. Ikkinchisi, O'zbekiston Respubli­kasi “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi – tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini aniq-puxta belgilab berdi. Unda bank aktivlarini diversifikatsiyalash va xorijiy kapital jalb qilish asosida universal tijorat banklarini shakllantirish printsiplari mustahkamlangan.



Yüklə 30,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin