Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi banklarning vujudga kelishi va mohiyati



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə1/6
tarix03.06.2023
ölçüsü33,55 Kb.
#124175
  1   2   3   4   5   6
BANKLARNING KELIB CHIQISHI


  1. BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA
    BANK TIZIMI


  1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati

Banklaming vujudga kelishi tovar-pul munosabatlarining asosiy elementlari sifatida, pulning qiymat shakli paydo bolishi bilan bir davrga to‘g‘ri kelgan. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklaming vujudga kelishi haqida aniq maTumotlar mavjud emas. Ayrim iqtisodchi olimlar banklami feodalizm davrida vujudga kelganligini talddlashsa, ulaming ayrimlari esa kapitalistik tuzumning dastlabki davrlarida paydo bolganligini talddlaydi. Uchinchi guruh olimlar, banklar faoliyatiga xos bolgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo bolganligini qayd etadilar.
Manbalarga koYa, dastlabki bankirlar kichik-kichik dolconlarda mahalliy pullami xorijiy pul birliklariga malum darajadagi tolov evaziga almashtirib berishgan. Shuningdek, yirik pul egalarining pullari va tijorat veksellarini tegishli haq evaziga saqlash bilan shuglil- langan. Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglami tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablaglarga ehtiyoji bolgan shaxslarga malum tolov evaziga bera boshlagan.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, dastlabki banklar Gretsiyada paydo bolgan, keyinchalik xalqaro savdo munosabatlarining rivojlanishi natijasida Yevropa mamlakatlarida banklar vujudga kelgan. Shuningdek, natural xojalikning barham topishi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida hisob-kitoblar va kreditlaming roli shiddat bilan ortib bordi. Bular o‘z navbatida bir maromdagi hisob-kitob va pul muomalasini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu jarayon o‘z-o‘zidan banklaming tashkil topishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir koYsatdi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, dastlabki banklar ibodatxona (butxona)larda tashkil topganligi ta’kidlanadi. Ibodatxonalar hukumatning va diniy tashkilotlaming zaxira fondlari sifatida xizmat qilgan. Ularda oziq-ovqat zaxiralari va boshqa qimmatbaho buyumlar saqlangan. Keyinchalik ibodatxonalar tolov vositalarini bajaradigan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallami saqlash bilan birga, pul muomalasini tashkil etish j arayonlarida ham bevosita ishtirok etishgan. Bunga 2011 yil iyulida Hindistonning ibodatxonalaridan birida yirik miqdorda oltin va boshqa boyliklami topilganligini misol sifatida keltirish mumkin. Topilma juda katta miqdorga teng bo lib, qachon va kim tomonidan qoyilganligi malum emas2.
Ibodatxonalar qadimda banklar vazifasini bajarganligining va ulami barqarorligining asosiy sabablaridan biri, davlat va dindorlaming asrlar davomida ibodatxonalarda xizmat qiluvchilarga nisbatan yuqori darajada ishonchning shakllanganligi hisoblanadi. Bu o‘z navbatida boshqalarda ham ibodatxonalarda pul mablaglami saqlashga bolgan ishonchini qozongan. Dastlab ushbu an’ana qadimiy Sharqda vujudga kelgan bo Isa, keyinchalik qadimgi Gretsiya, Rim hamda Yevropaga tarqalgan.
Qadimgi Gretsiyada davlat va uning rasmiy xodimlari, zargarlar, savdogarlar va boshqa zodagonlar ibodatxonalaming (Delfiy, Deloss, Samoss, Efess kabi ibodotxonalar) alohida shaxslariga pul mablaglarini saqlash va tegishli operatsiyalami amalga oshirishga ishonch bildirib, ularga pul mablaglari va qimmatbaho metallami saqlash, shuningdek, ulaming topshiriqlariga binoan hisob-kitoblami amalga oshirishga ruxsat bergan. Buning barobarida, mamlakatda mehnat taqsimoti va iqtisodiy munosabatlaming rivojlanishi, o‘zaro moliyaviy ayirboshlash hajmining ortishi natijasida ushbu ibodotxonalarda pul ishlari bilan shug^ullangan shaxslar moliyaviy vositachilar sifatida maydonga chiqa boshladi.
Taxminan eramizdan oldingi VII asrlarda yirik ibodatxonalaming kichik-kichik moliyaviy vositachilik dolconlariga aylanib borishi natijasida, shuningdek, pul muomalasini tartibga solishda muammolaming vujudga kelayotganligi sababli metall tangalami muomalaga chiqarish va pul muomalasini tartibga solish huquqini davlat o‘z qoliga ola boshladi.
Hozirgi kunda, siz bilan biz bank sifatida biladigan moliyaviy muassasalarning dastlabki ko‘rinishlari XVI asrda Angliyada vujudga kelgan. E’tiborli jihati shundaki, dastlabki bankirlar oltin metallardan turli zebu-ziynatlar yasaydigan zargarlar yoki yirik savdo bilan shug4illanadigan savdogarlar ichidan chiqqan. Shuningdek, Florensiya va Venetsiyada XVI asrda jirobanklar vujudga keldi. Keyinchalik banklar Amsterdam, Gamburg, Milan, Nyurenberg kabi yirik shaharlarda tashkil topa boshlagan. Ushbu banklar asosan yirik savdogarlaming oltin tangalarini saqlash va ularning tolov hisob-kitoblarini arnalga oshirish bilan shug4illangan.
Jirobanklar o‘zaro doimo bir birlari bilan bogliqlikda ish yurituvchilar va savdogarlar tomonidan tashkil etilgan. Ular malum bir muddatda, masalan haftada bir yig‘ilishib, o‘zaro hisob-kitoblami arnalga oshirishgan, yigllish yumaloq stol atrofida arnalga oshirilgan. Bunda agar bir ishtirokchi tolovga noloyiq bolib qolsa, notolovlik zanjiri vujudga kelgan, bu hoi ko‘pincha “yumaloq stol”ning darz ketishiga, ya’ni bankrot bolishiga olib kelgan.
Hozirgi paytda faoliyat yuritayotgan Markaziy bankka o'xshagan bank birinchi marta Stokgolmda 1650 yilda, keyinchalik 1694 yilda Angliyada tashkil topgan bolib, bu bank pul emissiyasini arnalga oshirish, mamlakatda tijorat banklari faoliyatini tartibga solish kabi ishlami bajargan. Banklar yirik savdogarlar, zargarlar va boshqa shaxs- laming hisob-kitoblarini bajarish bilan birga, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglarini jalb qilish asosidajuda yirik miqdorda ssuda kapitalini jamg‘aradilar, ushbu mablag‘ kredit sifatida iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlariga yo'naltiriladi. Shu tariqa, kapitalistik jamiyatda "bank” deb yuritiladigan tadbirkorlik faoliyati bilan shuglillanuvchi “korxona”lar tashkil topdi. Banklaming mohiyatiga iqtisodiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mayjud. "Bank” etimologiyasiga e’tibor qaratadigan bolsak, "bank” so‘zi qadimgi fransuzcha "banque” va italiyancha "bansa” so‘zlaridan paydo bolib, "almashtirish stoli” ma’nosini anglatishining guvohi bolamiz.
Bank - bu moliyaviy muassasa bolib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglarini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablaglarga ehtiyoji mayjud bolgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik, tolovlilik va ta’minlanganlik asosida kredit beradigan va ular uchun turli vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotdir.
Boshqa bir adabiyotda, bank - tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos turi bolib, uning faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya’ni ulami jalb qilish va joylashtirilishi bilan bevosita bogliqdir, degan fikr ilgari suriladi3.
Bankir ssuda kapitalistidan farqli olaroq, turli ko‘rinishdagi xizmatlami taklif etadi va pul aylanmasini tashkil qiladi. Ssuda kapitalisti ishlab chiqarishni o‘z kapitali hisobidan moliyalashtirsa, bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan begona shaxslaming mablaglari hisobidan amalga oshiradi.
Tijorat banklari mohyatini teranroq anglash uchun ayrim metodologik masalalarga e’tibor qaratish lozim. Ularning ayrimlari quyida keltiriladi:

  • banklaming mohiyatini yoritishda ularning mikrodarajadagi faoliyatiga e’tibor qaratish lozim;

  • banklaming mohiyatini yoritishda ular qanday shaklda va maqsadda tashkil etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida faoliyat yuritishiga e’tibor qilish lozim;

  • banklaming mohiyatini ajralmas qismi sifatida ulaming tashkil topish asoslari, ya’ni tashkiliy-huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi;

  • banklaming mohiyati - bu o'ziga xos xususiyatga ega bolgan obyektning tarkibini anglatadi;

  • banklaming mohiyatiga qator ta’riflar shakllantirilgan bo lib, muammoni o‘rganayotgan paytda uning qanday jihatiga e’tibor qaratilayotganligi muhim hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, banklaming vujudga kelishi va ulaming mohiyati kishilik jamiyatining vujudga kelishi davridan boshlab shakllanib, rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Buning asosiy sababi jamiyatda iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tovar va xizmatlar aylanmasi haj mining ortishi kabi qator omillar hisoblanadi. Shuningdek, qayerda savdo va zargarlik ishlari rivojlangan bolsa, shuningdek, ishonch yuqori bolgan joylarda dastlabki banklar paydo bolgan.

  1. Banklarning turlari

Kapitalistik tuzumning rivojlanishi turli mulkchilik shakllarining rivojlanishiga, moliyaviy mablaglaming alohida moliyaviy muassasalar ixtiyorida markazlashuviga olib keladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin kojpchilik kapitalistik mamlakatlarda ayrim banklaming milliylashtirilishi yuz berdi. Bu o‘z navbatida banklaming mulkiy, huquqiy funksiyasi, tabiati va boshqa qator mezonlari boyicha tavsiflanishiga sabab boldi. Zamonaviy iqtisodiyotda banklar quyidagi mezonlar boyicha tavsiflanadi.

Yüklə 33,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin