Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi banklarning vujudga kelishi va mohiyati


Xizmat ko‘rsatish doirasi bo‘yicha -



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə5/6
tarix03.06.2023
ölçüsü33,55 Kb.
#124175
1   2   3   4   5   6
BANKLARNING KELIB CHIQISHI

Xizmat ko‘rsatish doirasi bo‘yicha - banklar malum hududga, hududlararo, xalqaro darajada mijozlarga xizmat koYsatishi e’tiborga olinadi. Buning uchun banklar Markaziy bankning tegishli litsenziyalariga ega bolishi talab etiladi. Masalan, marnlakatimizda Markaziy bankning tegishli talablami baj argan tijorat banklariga milliy valyutada va xorijiy valyutalarda faoliyat yuritishi uchun alohida - alohida litsenziyalar beradi.
Kapitalining hajmi bo*yicha - banklar kichik, o‘rta va yirik tijorat banklarga guruhlanadi. Masalan, mamlakatimiz barcha banklari ustav kapitalining 40 foizdan ortigl TIF Milliy banki hisasiga to‘g‘ri keladi, yoki marnlakatimizda beshta yirik bankning (TIF Milliy banki, Sanoatqurilishbank, Agrobank, Asakabank, Ipotekabank) kapitali jami banklar kapitalining 80 - 90 foizini tashkil etadi.
Yakuniy so‘z sifatida talddlash mumkinki, banklaming turlarini ko‘pqirraligi, ulaming bajaradigan operatsiyala­rming sonini ortib borishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bevosita bogliqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bulaming barchasi tegishli qonun, qoida, tartib va mexanizmlar asosida tartibga solib boriladi.

  1. Banklarning iqtisodiyotdagi roli

Banklaming mohiyati va funksiyalari, shuningdek, bajaradigan operatsiyalari va koYsatadigan xizmatlari ulaming iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning
vujudga kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim. Banklaming roli ularning funksiyalari kabi malum darajadagi xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan bolishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bolgan operatsiyalami bajaradi. Shu bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan bolishidan qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi.
Banklaming iqtisodiyotdagi roli xususida so‘z ketganda, dastlab jamiyatda ularning bajaradigan operatsiyalarini zarurligi va turlari, shuningdek, xojalik yurituvchi subyektlar va aholining ularga bolgan ehtiyoji doirasida so‘z yuritish maqsadga muvofiq. Bulaming barchasi banklaming iqtisodiyotdagi ahamiyatini anglatadi.
Albatta, banklaming iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko'pqirrali bolib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

  • jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglami tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi;

  • qo‘shimcha moliyaviy mablaglarga ehtiyoji mavjud xojalik yurituvchi subyektlar va aholiga qaytarishlik, tolovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablaglar beradi;

  • milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul-kredit siyosatini amalga oshiradi;

  • pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;

  • iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi subyektlar oYtasida hisob-kitob va tolovlami amalga oshirishda vositachilik qiladi;

  • bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;

  • aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi.

Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglarini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon boladi. Malumki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xojalik subyektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha bolganligi bois, malum davrda ayrim xojalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablaglarga ehtiyoj tugllsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoq- larida ishlab chiqarish siklining turli - tumanligi (qishloq xojaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablaglar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablaglarga nisbatan qo'shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablaglaming ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglarini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablaglarga ehtiyoji bolgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya’ni qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xojalik subyektlariga qayta taqsimlab beradi.
Bizningcha, ushbu munosabatlami bankdan bolak birorta moliyaviy tashkilot samarali va tez hal eta olmaydi. Banklaming ushbu o‘ziga xos jihati iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi.
Banklaming iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bu ulaming xojalik yurituvchi subyektlar, aholi va davlat tashkilotlari o'rtasida amalga oshiriladigan hisob-kitoblami tashkil etishi va ulaming ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Malumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlari, jismoniy shaxslar o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul olkazmalari amalga oshiriladi.
Bulaming barchasi banklar tomonidan amalga oshiriladi va tartibga solib turiladi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi. Ulaming asosiylari quyidagilardan iborat:


  1. Yüklə 33,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin