Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi banklarning vujudga kelishi va mohiyati


Banklar bajaradigan operatsiyalarining tabiati Jihatidan -



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə4/6
tarix03.06.2023
ölçüsü33,55 Kb.
#124175
1   2   3   4   5   6
BANKLARNING KELIB CHIQISHI

Banklar bajaradigan operatsiyalarining tabiati Jihatidan - universal va ixtisoslashgan banklarga bo‘linadi. Universal banklar banklar bajaradigan barcha operatsiyalami bajaradi. Bunga misol sifatida tijorat banklarini keltirish mumkin. Ixtisoslashgan banklar esa iqtisodiyotning malum tarmoglga xizmat ko‘rsatish va shu tarmoqni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida qator ixtisoslashgan banklar (O‘zmevasabzavot, Zaminbank, Yengilsanaot, G‘allabank, Paxtabank) tashkil etildi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va bozor munosabatlarining chuqurlashuvi natijasida ushbu banklar universal banklarga aylantirilib, bir-biriga qo'shib yuborildi yoki universal tijorat banklariga aylantirildi.
Shuningdek, ixtisoslashgan banklar, tashqi iqtisodiy operatsiyalami bajarish, investitsion faoliyat bilan shug"ullanishi mumkin. Biroq mamlakatimizda, alohida tarmoqqa xizmat ko'rsatadigan yoki operatsiyalami bajaradigan ixtisoslashgan banklar faoliyat yuritmaydi.
Shu bilan birga banklaming faoliyati xizmat ko(rsatadigan tarmoqlari, filiallarining soni, xizmat ko'rsatish doirasi, kapitalining hajmi nuqtai nazaridan ham tasniflanadi.
Xizmat ko^satadigan tarmoqlari bo(yicha - banklaming faoliyatiga e’tibor qaratadigan bolsak, ayrim banklar iqtisodiyotning turli tarmoqlariga xizmat koYsatadi. Jumladan, avtomobilsozlik, neft sanoati, qurilish va boshqa sohalar. Masalan, mamlakatimiz Sanoatqurilishbanki ко*р1аЬ tarmoqlarga xizmat ko‘rsatadi, biroq asosiy faoliyati og‘ir sanoat korxonalariga xizmat koYsatishga qaratilgan. Shuningdek, Agrobankning asosiy faoliyati qishloq xojaligi korxonalariga, Asakabank mashinasozlik sohasiga va hokazo.
Filiallarining soni bo‘yicha - ayrim banklarda filiallar u mu man mavjud emas, ayrimlarida esa
mamlakatning barcha hududlarida filiallari mavjud. Marnlakatimizda bunday banklar sirasiga Agrobank, Xalqbank, Mikrokreditbanklami kiritish mumkin. Ushbu banklaming mamlakatimiz tumanlarining deyarli barchasida o‘z filiallari faoliyat yuritadi. Banklaming filiallari yuridik shaxs sifatida barcha huquq va majburiyatlarga ega bolmaydi, ular tegishli nizom asosida bosh bank tomonidan berilgan chegaralangan huquq va majburiyatlar doirasida faoliyat yuritadi.

Yüklə 33,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin