Ijod va ilmiy tadqiqot-bilish faoliyatining mahsuli. Ijod ilmiy faoliyatni maqsadli tashkil etish omili


Ilmiy ijodning amal qilish mexanizmlari



Yüklə 28,21 Kb.
səhifə3/4
tarix06.06.2022
ölçüsü28,21 Kb.
#60795
1   2   3   4
Ijod va ilmiy tadqiqot 3

Ilmiy ijodning amal qilish mexanizmlari.Ijodning asosiy manbai va subyekti ijodkor shaxs hisoblanadi. Ijodkor shaxs esa asosan quyidagi xislatlari bilan alohida ajralib turadi:

  1. Perseptiv xususiyatlar (g‘aroyib ma’no-mazmunga ega bo‘lgan diqqatning jamlanishi, ta’sirchanlik, ko‘ngilchanlik), intellektual xususiyatlar (intuitsiya, fantaziya, o‘ylab chiqarish, oldindan ko‘rish qobiliyati, keng dunyoqarash), xarakterli xususiyatlar (bir qolipda ishlamaslik, originallik, qunt, yuqori darajadagi o‘z-o‘zini tashkillashtirish va mehnatga layoqatlilik);

  2. Bilish motivatsiyasining dominantli о’rni, tadqiqiy ijodiy faollik, subyektning yangilikni topishga bo’lganqobiliyatida va muammolarni yechishdagi o’ziga xoslikda namoyon bo’ladi. Masalan, original echimlarni topish va prognozlash ehtimolligi, yuqori baholarni ta’minlaydigan estetik, axloqiy va intellektual ideallar etalonlarini yaratish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir;

  3. O'zida aqliy va motivatsion omillarni integratsiya qiluvchi intellektual faollik;

  4. Muammoni topishdagi zukkolik, mulohazalarning uzun zanjirini yaxlitlash qobiliyati, «chetdan qarash»ga layoqatlilik, ta’sirlanishning maqsadliligi, xotiraning tayyorligi, fikrlash egiluvchanligi, baholash qobiliyati, g'oyalarni hayotga oson tatbiq qilish, qo’shimcha ishlanma berishga layoqat, osongina yaxlitlash, yumor hissining mavjudligi;

  5. Yuqori ijodiy qobiliyat va motivatsion-ijodiy faollikning organik birligi;

  6. Oddiy hodisalar doirasidan chiquvchi, ammo tabiat qonunlariga zid bo'lmagan harakatlarni amalga oshirish, kelajakda bo'ladigan narsani his qilish, boy fantaziya va intuitsiya, yangilik va noyob narsalarga katta qiziqish;

  7. Mustaqillik, tavakkal qilishga moyillik, faollik, qiziquvchanlik, mavjud narsaga qoniqmaslik, qaror qabul qilishga tayyorgarlik, e’tirof etilishga intilish, ichki motivatsiya, о ‘sishga tayyorlik;


  8. Yüklə 28,21 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin