Ijodkor shaxsni rivojlantirishning pedagogik-psixologik
xususiyatlari
Maftuna To’lqun qizi Yulchiyeva
Toshkent davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Texnologiya darslarida o’quvchilarda
ijodkorlik ko’nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik
xususiyatlari
haqida fikr-mulohazalar yurutilgan. Shuningdek, o’quvchilarning texnologik
madaniyatini shakillantirish bo’yicha batafsil ma’lumotlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
Texnologik ta’lim, pedagogik-psixologik xususiyatlar, ta’lim
tizimi, metodika, ko’nikma, ijodkorlik.
Pedagogical and psychological features of creative personal
development
Maftuna
Tolgun qizi Yulchiyeva
Tashkent State Pedagogical University
Abstract:
This article discusses the pedagogical and psychological features of
the development of creative skills in students in technology classes. It also provides
detailed information on how to shape the technological culture of students.
Keywords:
Technological education, pedagogical and psychological features,
education system, methodology, skills, creativity.
Umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari
maktabda texnologiya fanini
o’rganishda turli xil chizmalar (texnologik karta, detallarning yaqqol tasvirlari,...)
kabi murakkab bolmagan Chizmalarni bajarishlariga togri keladi. Keyinchalik texnik
ijodkorlik mashg’ulotlarida dars mavzusiga bog’liq holda ancha murakkab bo’lgan
chizmalar - model va maketlar, loyihalash elementlari bilan bog’liq Chizmalar bilan
ham ish korishlariga togri keladi. Keyinchalik ularning grafik madaniyatining
shakllanganlik darajasi, Chizmalarni savodli va standart talablariga amal qilgan holda
bajarishlari kabi ko’plagan omillar bevosita ushbu bo’limlarga oid chizmalarni
bajarishni qanday o’zlashtirganliklariga bog’liq. Texnologiya fanining o’ziga xos
xususiyatlaridan biri, bu umumtalim maktablaridagi o’quvchilarning ijodkorlik
qobiliyatlarini shakllantirib, rivojlantirish imkoniga ega bo’lgan kam sonli fanlardan
biridir. Maktab o’quvchilarining ijodkorlik qobiliyatlarini
rivojlantrish talim
jarayonining ajralmas qismlaridan hisoblanadi. Bu jarayon faqatgina sinflardagi
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1166
mashg’ulotlari bilan chegaralanib qolmasdan, o’quvchilarning sinfdan tashqari
faoliyatlarini ham qamrab oladi.
O’quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari.
Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat bashariyatni olg’a
xarakatlantiruvchi asosiy omil bolib kelgan. Shunday ekan,
yosh avlodni ijodiy
mehnatga o’rgatish, uni o’z zamonasining eng ilg’or bilimlari bilan qurollantirish
barcha davrlarda hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan. Texnik
ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o’zaro bogliq vazifani e’tiborga olish lozim.
Ularning birinchisi, o’quvchilarning ijodkorlik faoliyatida
mustaqil fikrlashini
rivojlantirish, bilimlarni egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini
shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o’zlashtirilgan bilimlarni talimda va amaliy
faoliyatda mustaqil qollay olishga o’rgatish bilan belgilanadi.
Texnik ijodkorlik o’quvchilar egallayotgan bilimlarining
mustahkamligi va
mukammalligini taminlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini
shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi
hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo’lajak texnologiya va kasb talimi o’qituvchilarining
fan asoslarini o’zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishda
oshirishida, ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijodkorlikka bo’lgan ehtiyoj psixofiziologik
jihatdan qaralganda, bir nechta
bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi havas - ehtiyojning eng sodda shakli
bolib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchisi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish
bosqichi bolgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning malum
buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Uchinchisi, eng
murakkab bosqich bolgan qiziqish, xohish va u bilan bog’liq bolgan tushunchalar
asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi tasirlar, shaxs faoliyati hamda talim-
tarbiya jarayoni tasirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat,
idrok,
tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli tasir korsatib,
shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.