Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари



Yüklə 158,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix23.03.2023
ölçüsü158,53 Kb.
#89367
1   2   3   4   5   6   7
Tahlil va natijalar
Bugungi 
shiddat bilan rivojlanayotgan davrda zamonaviy moliyaviy 
texnologiyalar va dasturiy ta’minotlarga bo’lgan talab o ’sib bormoqda. Xususan, bank 
sektoriga raqamli texnologiyalarning kirib kelishi bank tizimida samaradorlikni 
oshirib, xarajatlarni kamaytirishga hamda mijozlarning yumushlarining tez amalga 
oshishiga imkoniyat yaratib bermoqda.
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O ‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida”gi Farmoni 
imzolangach, bank tizimiga chakana bank xizmatlariga ixtisoslashgan “raqamli” 
banklar 
va 
bank 
bo‘linmalarini 
tashkil 
etish 
hamda 
innovatsion 
bank 
texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada 
kengaytirish vazifasi yuklatilgan. Shunga ko‘ra, O ‘zbekistonda 2020 yilda “Anorbank”


va “TBC bank”lar raqamli bank sifatida ro‘yxatga olindi. Shuningdek, 2021-yil 1- 
noyabrdan boshlab “Apelsin” ilovasini raqamli bank sifatida ishlatila boshlandi [7].
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga bankka kelmasdan turib, masofaviy 
xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizning 
deyarli barcha tijorat banklari tomonidan bank mobil ilovalari joriy etilgan. 
Shuningdek, bir necha to ‘lov tashkilotlarining mobil ilovalari faol ishlamoqda. Bu esa, 
aholiga bankka tashrif buyurmagan holda, qulay, tezkor va ishonchli to ‘lov 
xizmatlaridan foydalanish imkonini bermoqda.
Tijorat banklari va to ‘lov tashkilotlarining mobil ilova xizmatlaridan 
foydalanishning afzalliklari quyidagilar:
- uydan chiqmasdan to ‘lovlarni amalga oshirish;
- infeksiya ehtimoli mavjud bo‘lgan naqd pul mablag‘larisiz xaridni amalga 
oshirish;
- daromad va xarajatlarni kuzatib borish;
- vaqt va transport xarajatlarini tejash va xavfsizlikni oshirish.
O ’zbekiston tijorat banklarining likvidlilik ko’rsatkichlarini yaxshilashda
raqamli bank xizmatlaridan foydalanish orqali qator ijobiy natijalarga erishilmoqda. 
Biroq, xalqaro moliya bozorlarida, shuningdek mahalliy bozorlarda raqobatning 
chuqurlashuvi tijorat banklari likvidliligini boshqarish yuzasidan dolzarb masalalarni 
yuzaga chiqarmoqda. Xususan, tijorat banklari o ’z majburiyatlarini uzluksiz va to ’liq 
ta ’minlashda, bank aktivlari tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarning mavjud 
emasligi va investitsion operatsiyalarni amalga oshirishdagi muammolar shular 
jumlasidandir [6].
Likvidlik termini moddiy qiymatliklarning va boshqa aktivlarning tezda 
sotilishini va pulga aylanishini ifodalaydi. Bankning likvidligini, shuningdek, ko’pgina 
hollarda naqd pul mablag’larni O ’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan yoki 
korrespondent banklardan sotib olish qobiliyati deb ham baholashadi. To’lig’icha bank 
likvidligi deganda likvid aktivlarini sotish, pul mablag’larini Markaziy bankdan sotib 
olish va aksiyalar, obligatsiyalar, depozit va omonat sertifikatlari hamda boshqa qarz 
instrumentlarini emissiyasini amalga oshirish imkoniyatlari nazarda tutiladi.
Biroq, raqamli iqtisodiyot sharoitida ko’plab moliyaviy texnologiyalarning kirib 
kelishi tijorat banklarining likvidliligining yaxshilanishiga olib kelmoqda, ya’ni 
aholining bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish hamda bank mijozlarining bankka 
bo’lgan ishonchini oshirish uchun masofaviy bank xizmatlarini taklif qilish orqali 
banklar ko’plab depozit pul mablag’lari qabul qilmoqda. Bu garchi bankning 
majburiyatini oshirsada, biroq aktivlarini ko’payishiga hamda ko’proq pul 
mablag’larini aylantirishga yordam beradi.


Bank majburiyatlari (mlrd so'm)
180000 
160000 
140000 
120000 
100000 
80000 
60000 
40000 
20000 
0
20 1 8 yil 
2 0 1 9 yil 
20 2 0 yil 
2021 yil 
2022 yil
■ Jami depozitlar 
■ Jismoniy shaxslar 
■ Yuridik shaxslar

Yüklə 158,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin