Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozidan keyingi davrda moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash masalalari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə1/4
tarix23.05.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#120340
  1   2   3   4
Презентация Microsoft Office PowerPoint

Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozidan keyingi davrda moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash masalalari

Kb-91 Burxonov Azizbek

Reja

  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sabablari va oqibatlari
  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining davlat xavfsizligiga ta’siri
  • Inqirozdan keyingi davrda xavfizlikni ta’minlash

1.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi

  • Inqiroz — taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday obʼyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obʼyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondashish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil roʻy beradi, baʼzan esa hammasi kompleks tarzda baravar boʻladi.
  • Butun bir rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga o’zining ta’sirini ko’rsatkan 2008- yilgi inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
  • 2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko‘lami tobora kengayib borayotganini tasdiqladi.
  • Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2008 yilda yuz bergan moliyaviy inqirozni zamonaviy tarixdagi eng yomoni deb hisoblaydi. Bu haqda XVJning rasmiy vakili Jyerri Rays jurnalistlar bilan brifingda aytib o‘tdi.
  • Oxirgi 10 yil biz jahon moliyaiy inqirozi oqibatlarini his qilmoqdamiz. Bu inqiroz, ehtimol, zamonaviy tarixdagi eng yomoni bo‘lsa kerak”, deb aytgan Rays.
  • Raysning aytishicha, XVJ tashkilotga a'zo turli davlatlarga “moliyaviy inqirozdan tiklanib olish va barqarorlikni tiklash uchun ko‘mak sifatida 1,5 trln dollar taqdim qilgan. Uning ta'kidlashicha, bu yordamning ijobiy natijalarini bugundayoq jahon iqtisodiyotida ko‘rish mumkin. “Men buni XVJ muvaffaqiyati demayman, biroq XVJ buning bir qismi bo‘lgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Rays.
  • Uning boshlanishi bir qator omillar: iqtisodiy rivojlanishning umumiy davriyligi, ipoteka inqirozi va xom ashyo tovarlari, jumladan neftga katta narxlar bilan bog‘lanadi.
  • 2008 yilda AQShning yirikligi bo‘yo‘icha 4-raqamli investitsiyaviy banki Lehman Brothers kasodga uchragan. Bu bankrotlik AQSh tarixidagi eng yirigi bo‘lgan va fond birjalarida narxlarning keskin pasayib ketishiga olib kelgan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin