Ijtimoiy- gumanitar fanlar


Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi



Yüklə 216,55 Kb.
səhifə54/67
tarix14.12.2023
ölçüsü216,55 Kb.
#178537
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67
Ijtimoiy- gumanitar fanlar

Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi.

Islom dini tarqalgan hudud kengayib, turli millatlar va xalqlar shu dinni qabul qilganlaridan va uni o‘z hayotlari tarziga aylantirdilar. Diniy masalalarda turli qarashlarni paydo bo‘lishi va ularni hal qilish maqsadida musulmon olimlari katta rol o‘ynadi.


Muhammad payg‘ambar (a.s.) vafotlaridan keyin u kishining ishini xalifalar, sahobalar, so‘ng tobeinlar davom ettirdilar. Payg‘ambardan keyin u kishining ishini sunna asosida davom ettirganlar «sunniylar» yoki «ahli sunna val jamoa» nomini oldi. Payg‘ambar davrida biror masala yuzasidan savol paydo bo‘lsa, odamlar darhol shu holatni payg‘ambarga etkazib, o‘zlariga aniq javob olganlar. SHuning uchun bu davrda ixtiloflar bo‘lmagan. Sahobalar ko‘pchilikni tashkil qilgan vaqtda ham ixtilofli masalalarni tez va oson hal qilganlar, ammo sahobalar davri tugab borishi natijasida musulmonlar orasida turli ixtiloflar ko‘paydi.
Hijriy ikkinchi asrga kelib musulmonlar orasida shariatning turli masalalarni mustaqil echib bera oladigan olimlar paydo bo‘la boshladi. Ular turli masalalarni hal qilishda Qur’on oyatlari va hadislarni sharh qilib, shu bilan birga sahobalarning qilgan ishlarini o‘rganib, o‘shalar asosida hukmlar chiqarib berdilar.
Olimlarning atrofida shogirdlari ko‘payib, ularning qarashlarini yozib, ommalashtirdilar. Buning natijasida mazhablar paydo bo‘ldi. SHu bilan birga ba’zi olimlarning qarashlari kengaymagani sababli ularning qarashlari mazhab darajasiga chiqa olmadi.
«SHariat» so‘zi arab tilida ikki ma’noda qo‘llaniladi: «suvga olib boradigan yo‘l» va «to‘g‘ri yo‘l». Masalan, «So‘ngra (ey, Muhammad!), Biz sizni (diniy) ishdan iborat shariat uzra (barqaror) qildik...» (Josiya, 18), oyatida shariat so‘zi, «to‘g‘ri yo‘l» ma’nosida kelgan.
Islom huquqida ulamolar nazdida, Qur’on va sunnatda kelgan ilohiy ko‘rsatmalar (hukmlar)ning majmuidir. Boshqacha qilib aytganda islom dinining amaliy qismi. Huquqshunoslar esa, islom qonunchilik majmuini nazarda tutudilar.
«Fiqh» esa, lug‘atda «chuqur tushunish», «idrok etish», «bilish» ma’nolarini bildiradi. Istilohiy ma’nosi esa, «fiqh» – shariat hukmlarini o‘rganish, shariat qoidalarini barcha qismlari bilan anglash hamda qaysi maqsadda ishlab chiqarilganini tushunish va o‘zlashtirilgan ushbu ilmni amalga tadbiq etishdir. Fiqhning manbasi: Qur’on, sunnat, ijmo va qiyos.
Fiqh bilan chuqr shug‘ullangan olimlar faqihlar (fiqh olimi, huquqshunos) deb nomlandi. Bular orasida eng ko‘zga ko‘ringan va fiqhiy mazhabi hozirgacha etib kelgan mujtahid olimlar quyidagilardir: Imom Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit Kufiy, imom Molik ibn Anas Madiniy, imom Muhammad ibn Idris SHofeiy va imom Ahmad ibn Hanbal SHayboniy.
Mazkur mazhablar oldingi mavzuda aytilganidek, aqida nuqtai nazardan bir xil, faqat fiqhiy jihatdan bir-biridan farq qiladi. SHuningdek, bular bir-birini inkor qilmaydi, balki qo‘llab-quvvatlaydi. Mazhablarning maqsadi diniy manbalardagi matnlarni keng xalq ommasiga oson tushuntirish bo‘lgan va bu bilan oddiy xalq o‘z masalalarini tezda xal qilganlar.
«Mazhab» arabcha so‘z bo‘lib, «yo‘nalish», «yo‘l», «diniy ta’limot» ma’nolarini bildiradi. Islom shariati va aqidasining muayyan bir tizimga solingan holatdagi ko‘rinishi mazhab deyiladi. Bundan ko‘rinib turganidek, mazhablar ikki qism – fiqhiy va aqidaviyga bo‘linadi. Fiqhiy mazhablar to‘rtta: hanafiy, molikiy, shofeiy va hanbaliy. Aqidaviy mazhablar: moturidiy va ash’ariylardir.
Molikiy mazhabiga madinalik olim imom Molik ibn Anas Abu Abdulloh (713-795) asos solgan. U «Madina imomi» unvoniga sazovor bo‘lgan. Imom Molik Madina olimlari qarashlari asosida o‘z mazhabini yaratgan. SHuning uchun ushbu imom Madina faqihlaridan fiqhni o‘rganib, ahli hadis qo‘llaydigan uslubni qabul qilgan va ushbu qoida asosida o‘z shogirdlarini tarbiyalagan.
Imom Molik Qur’on, sunna va ijmoga tayanib hukm chiqargan. SHu bilan birga madinalik olimlarning ittifoqini ham hukm chiqarishda juda katta e’tiborga olgan. CHunki Muhammad (a.s.) shu shaharda yashagan va bu shahar aholisi payg‘ambar va sahobalar ko‘rsatmalari va qilgan ishlarini mukammal o‘zlashtirganlarini e’tiborga olgan.
Olim «al-Muvatto» nomli hadis ilmiga oid to‘pam muallifi hisoblanadi va mazkur asar molikiy mazhabining asosiy manbasi sifatida o‘z ifodasini topgan. Muhaddis buning uchun 40 yil umrini sarflagan. Bu asar ilk hadis to‘plamlaridan biri bo‘lib, bir necha ming hadisni o‘z ichiga olgan.
Imom Molik ibn Anasning shogirdlari orasida taniqli muhaddis va hanafiy mazhabi faqihi imom Muhammad SHayboniy (vaf. 805 y.), shofi’iylik mazhabi asoschisi Muhammad ibn Idris SHofeiy (vaf. 820 y.) bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda ham bu mazhab qoidalarining Marokash, Tunis, Jazoir va Liviya nikoh-oila va mulkka oid huquqiga sezilarli ta’siri bor.
Muhammad ibn Idris SHofeiy (767-820) ham alohida mazhabga asos solgan.
Bu olim imom Molik va imom Abu Hanifaning katta shogirdi imom Muhammaddan dars olgan. SHu nuqtai nazardan ushbu mazhab huquq tizimi xanafiylar va molikiylarning diniy-hukuqiy ta’limotini asosida ishlab chiqilgan, deb aytish mumkin. SHuday bo‘lsada, ko‘proq molikiylarga yaqin turadi. Boshqacha qilib aytganda, ahli hadis va ahli ra’yni qarashlarini birlashtirgan va o‘ziga xos uslubni yaratdi. Olim ijmo bo‘yicha ummat ijmosiga e’tibor qaratgan bo‘lsa, shu mazhabning keyingi ulamolari olimlar ijmosini ham qabul qilishga majbur bo‘ldilar.
SHofeiylik ham boshqa mazhablar kabi Qur’on, sunna ijmo va qiyosga tayanadi. Imom SHofeiyning «al-Umm» va «ar-Risola» kitoblari ushbu mazhab usuliga asos bo‘ldi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, uchinchi-to‘rtinchi hijriy asrlarda Markaziy Osiyoda SHofeiy mazhabi Hanafiy mazhabi bilan raqobat qilgan. Uning yirik vakili toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn
Ali ibn Ismoil Qaffol SHoshiy (904-976) edi. U kishi fiqh, hadis, lug‘at va adabiyot bo‘yicha o‘z davrlarining mashhur olimlaridan bo‘lgan. Usulul fiqh bo‘yicha ularning asarlari mashhur. Toshkentda vafot etib, qabrlari Hastimom (Hazrati Imom) madrasasi yonida joylashgan.
Hanbaliy mazhabi asoschisi Ahmad ibn Hanbal (780-855) hisoblanadi. Olim yashagan Bag‘dod shahrida ilmu fan rivoj topishi bilan birga turli e’tiqodiy qarashlar markazi ham bo‘lgan.
Hanbaliy mazhabida Qur’on, sunnat, ijmo va sahobalarning gaplari asosiy o‘rin egallaydi. Qatiy zarurat sezmagan holatlardan tashqari qiyosdan foydalanmaydi. Barcha hadislarni va rivoyatni (sahobalar so‘zini) qiyosdan ustun qo‘ygan.
Imom Ahmad xulafoi roshidin, sahobalar, tobeinlar, shuningdek, o‘zidan oldingi uch mazhab fiqhini o‘zlashtirgan. CHunonchi ilk marta fiqhni imom Abu Hanifaning shogirdi imom Abu YUsufdan o‘rgangan. SHuningdek, «men hadis yozib olgan birinchi kishi Abu YUsuf edi», deganidan hadisni ham shu kishidan olgani bilinadi. Keyinchalik imom SHofeiydan ham fiqhni o‘rgangan. O‘zi esa, imom Buxoriyga ustozlik qilgan.
Hadis ilmi bo‘yicha «al-Musnad» asari juda mashhur hisoblanadi. Bu kitobda qiriq ming atrofida hadis jamlangan bo‘lib, asar hanbaliy mazhabining asosiy qarashlarini ifoda etadi.
YUqorida keltirilgan fiqhiy mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Ular bir-birining fikriga qarshi chiqaydi va o‘zlarini boshqasi bilan teng deb hisolaydilar. Mazhablar shariat masalalarida engilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishi bilan farq qiladi. SHuningdek, mazhablar o‘zi tarqalgan mintaqalarning sharoitidan ham kelib chiqqan holda fatvolar berganlar. Jumladan, shofeiy mazhabida tahoratdan so‘ng yuzni artmaslik afzal hisoblansa, hanafiy mazhabida yuzni artish afzaldir. Hanafiy mazhabi sovuq o‘lkalarda ham tarqalganini e’tiborga olinsa, shofeiy mazhabi asosan issiq o‘lkalarda yoyilgan.
Mazhablar turlicha bo‘lsada, ular asoschilari-mujtahidlarning barchasi bir-biriga ustoz-shogird tizimidadir. Ular bir-birlarining mazhabini tan oladilar. To‘rtta mazhab ham hijriy ikkinchi asrning o‘zida shakllanib ulgurgan. Ammo ushbu mazhablarning faqat bittasini ushlash lozim. Bir masalada bu mazhabni, boshqasida ikkinchisiga amal qilish mumkin hisolanmaydi.





  1. Yüklə 216,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin