Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik


Xulosa…………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə2/6
tarix03.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#106820
1   2   3   4   5   6
qora

Xulosa……………………………………………………

  • Foydalanilgan adabiyotlar…………………………….

  • Ilova…………………………………………………….

    Kirish
    Ta’lim berishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, samarali yondashuvlarni ishlab chiqish, ta’lim berishning ilg‘or uslublarini joriy etish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni jahon sivilizatsiyasi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish, salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
    Shu bilan birga, ta’limda axborot texnologiyalardan foydalanish, samarali dasturlarni ishlab chikish orqali yoshlarning o‘qish motivatsiyasini oshirishga, o‘quv vaqtini tejashga, tezroq tushunish va o‘zlashtirishga yordam beradi. Maktab o‘quvchilarini IT sohasi bilan tanishtirish - zamonaviy maktabda axborotlashtirish muammosini hal qilish va kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirishga qo‘yilgan ilk qadamdir. 
    Bugungi kunda prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirofga loyiq. Loyiha doirasida respublika bo‘yicha 146 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini foydalanishga topshirish orqali 292 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishga erishildi.
    Hozir Internet nafaqat behisob hajmdagi axborotga ega bo‘lgan global kompьyuter tarmog‘i hisoblanishi bilan birga behisob odamlar uchun printsipial yangi muloqot qilish muxitiga aylanib bormoqda.
    Shu fikrlarni xisobga olgan xolda ushbu bitiruv ishda “Raqamli sanoat tarmoqlarini modellashtirish dasturiy taminoti va vositalarini ishlab chiqish” masalasida dermatoglifikaga asoslangan genetik belgilar topish dasturiy ta ‘minotini va vositalarini ishlab chiqish ko‘rilgan.
    Mamlakatimizda xam iqtisodiyotning eng muhim sanoat tarmoqlari va ijtimoiy sohani raqamli tranformatsiyaga qaratilgan davlat siyosati chora-tadbirlari bugun keng muhokama etilmoqda. Buning natijasida meditsinada raqamli tronsformatsiya keng e ‘tibor qaratilmoqda va buning natijasida dermatoglifikaga asoslangan genetik belgilar topish dasturiy ta‘minotini va vositalarini ishlab chiqish dolzarb bo ‘lib bormoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730-son, 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi milliy axborot kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish bo ‘yicha qo ‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1989-son, 2014 yil 3 apreldagi “Iqtisodiyotning real sektorlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2158-son qarorlariga muvofiq, davlat va xo ‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati, tashkilot, muassasa va korxonalarda xamda sog ‘liqni saqlash muassasalarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va undan samarali foydalanish maqsadga muofiq bo ‘ladi.




    1. Yüklə 1,01 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin