mafkuraviy tarbiyada urf-odat va bayramlarning orni
Umuminsoniy kadriyatlar va ularning jahon hamjihatligini mustahkamlashdagi ahamiyati. Insonlar yer yuzining turli mintakalarida vujudga kyelib, xilma-xil tabiiy sharoitda istikomat kilganlar. Bu hol ularning uziga xos urf-odat va an’analarning, turmush tarzi hamda boshka xildagi uziga xosliklarning shakllanishiga olib kyeladi. Insoniyatning kyeyingi davrdagi tarakkiyoti kishilarning turli sinf va ijtimoiy guruhlarga, tabaka va ijtimoiy katlamlarga, elat va millatlarga ajralishlariga olib kyeldi. Jahon sivilizasiyasining hozirgi davrdagi tarakkiyot darajasi va xaraktyeri insonlarning uzini inson sifatida saklab kolishi zaruriyati va jamiyat tarakkiyotini yanada yuksakrok boskichga kutarish borasidagi hayotiy vazifalar umuminsoniy ma’naviy kadriyatlarni byekiyos darajada oshirib boradi. Umuminsoniy ma’naviy kadriyatlar insoniyatning porlok kyelajagining kiyofasidir. Hozirgi kundayok ular turli elat va millatlarning turli ijtimoiy-iktisodiy tizimidagi xalklarning tinch-totuv yashashdagi ularning birgalikda va hamjihatlikda hozirgi zamon olamshumul muammo va vazifalarni hal kilishdagi muhim bir ma’naviy vositaga aylanib bormokda.
Umuminsoniy ma’naviy kadriyatlar murakkab kismga ega bulib, inson ma’naviy hayotining barcha sohalarida namoyon buladi. Umuminsoniy ma’naviy kadriyatlar - bu barcha xalklar urf-odat va an’analaridagi, din va his-tuyg’ulardagi, uzaro munosabatlar, ularning axlokiy va estyetik karashlardagi, xullas, insonlar ma’naviy hayotidagi umumiy tomonlardan iboratdir. Umuminsoniylik, ayniksa, ilm-fan sohasida namoyon buladi. U uz mazmuni bilan umuminsoniy xaraktyerga egadir. Lyekin ilm-fan ayrim xalklarning zabardast farzandlari tomonidan rivojlantiriladi va buyuk kashfiyotlar kilinadi, bu jihatdan hamda ularning milliy tillarda ifodalanishi nuktai nazardan olganda, ularning milliyligidan dalolat byeradi.
Ammo ular milliylik doirasidan chikib, boshka xalklarning ma’naviy boyligiga aylangach, ular umuminsoniy ma’naviy kadriyatlar darajasigacha kutariladi hamda barcha xalklarga bir xilda xizmat kila boshlaydi. Shu tarzda ilm-fan uzluksiz ravishda rivojlanib, uzining mazmunan umuminsoniyligini namoyon kilavyeradi. Yer yuzidagi xalklarning iktisodiy va siyosiy jihatdan yakinlashuv jarayoni davomida bu xalklar ma’naviy hayoti turli xalklarda milliy shaklda namoyon bulgan umuminsoniy ma’naviy kadriyatlar bilan boyib boravyeradi. Bu hol esa, turli xalklar urtasidagi kardoshlik hissiyotini kuchaytiravyeradi va shu asosda jahon xalklari urtasidagi dustlik va barkarorlik mustahkamlanavyeradi. Mutaxassislarning hisoblariga kura, yer yuzida 3000 ga yakin millat mavjud, bu dunyo aholisining 96%ini tashkil kiladi, kolgan 4%i esa elat va kabilalardir. Har bir millatning soni bir nyecha ung mingdan to bir nyecha yuz milliongacha boradi. Jahonda eng yirik 27 millat yer yuzi aholisini 75% foizini tashkil etadi.
Uz davlatisiz uz kiyofasiga ega millat yuk. Millatning myetindyek jipsligi davlatning kudratiga bog’lik. Millat-ma’naviyat birligidir. Pryezidyentimiz aytganlaridyek: «Ma’naviyat-davlat asosi, davlat esa ma’naviyatning suyanchig’idir».
Insonlar, jamiyat rivojlanib borgan sari ma’naviy munosabat, alokalar rivojlanib boravyeradi va ular jamiyat tarakkiyotida katta rol uynab kyelgan.
Olimlarimiz ma’naviyatni uch guruhga bulish mumkinligini ta’kidlaydilar:
1. Milliy ma’naviyat;
2. Mintakaviy ma’naviyat;
3. Umuminsoniy ma’naviyat.