kerakligi aniq va ravshan, biroq arxeologik tadqiqotning metodlari va tafsilotlari
uning uchun alohida foyda keltira olmaydi.Ko’pincha ijtimoiy antropologiya va
etnologiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlar o’rtasida chalkashliklar vujudga
keladi. Ular faqatgina muayyan darajada aynan bir xil faktlar bilan ish
ko’radilar. Biroq ular bu faktlarga mutlaqo turlicha yondashadilar. Etnologiya
uchun Amerika hindularining ajdodlari qachon va qanday qilib Amerika
qit’asiga kelib qolganini va evropaliklar ular bilan dastlabki muloqotga
kirishganda ko’zga tashlangan ulardagi irqiy, til va madaniyatdagi o’ziga
xosliklar qanday paydo bo’lgani va rivojlangani haqidagi masala tipik muammo
hisoblanadi. Ijtimoiy antropologiya uchun, o’z navbatida, "huquqning mohiyati
nima?" singari muammo tipik hisoblanadi. Etnolog va ijtimoiy antropolog aynan
bitta Amerika hindulari qabilasini o’rganishlari mumkin, biroq ulardan biri mana
shu qabilaning qit’adaG’yashayotgan xalqlar umumiy manzarasida tutgan o’rni
bilan qiziqsa, ikkinchisi bu qabila qanday qilib urf-odatlarning buzilishiga
qarshilik ko’rsatishi va bundan huquqning umumiy nazariyasi va funktsiyasi
uchun handay xulosa chiqishini bilishga qiziqadi.
Etnologiya ham, ijtimoiy antropologiya ham dala tadqiqotlariga ehtiyoj
sezganlari uchun mehnatni tejash nuqtai nazaridan dala tadqiqotchisi ayni bir
paytning o’zida ham etnolog uchun, ham ijtimoiy antropolog uchun maxsus
materiallarni to’plash maqsadga muvofiq bo’lardi. Ba’zi dala tadqiqotlarida
aynan shunday qilindi ham. Biroq ijtimoiy antropologiya dala tadqiqotidan
shunchaki tavsifni talab qilmaydi; shuningdek, u nazariy tahlilni ham talab etadi.
Etnologiya ehtiyojlari nuqtai nazaridan ajoyib tuyuladigan sonsiz-sanoqsiz
etnografiya risolalari mavjud, biroq ulardan foydalanishni istaydigan ijtimoiy
antropologiya uchun bu tadqiqotlar juda qoniqarsiz.
Dostları ilə paylaş: