`
129
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
IJTIMOIY FALSAFA TARAQQIYOTI.
Qurbonmurodov Bekzod Uktamovich
Qarshi davlat universtiteti uslubchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7184179
Tadqiqot maqsadi:Falsafa odam va olam taraqqiyotining eng umumiy qonunlari,
insonning olamdagi o’rni to’g’risidagi fandir. Falsafa «Olam nima?» «Olam
qanday?» «Uni bilish mumkinmi?» kabi savollarga javob izlash jarayonida eng
qadimiy davrlardan boshlab shakllandi.
Annotatsiya:Ijtimoiy falsafa — falsafa fanining jamiyat va uning taraqqiyoti
qonuniyatlarini oʻrganuvchi sohasi. Ijtimoiy falsafa insonlarning amaliy faoliyati
va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ham tahlil qiladi.
Insonlar turli
faoliyatlari jarayonida oʻz hayotlari uchun zarur boʻlgan moddiy va maʼnaviy
neʼmatlarni, ijtimoiy muhitni yaratadilar va bu jarayonda oʻzaro turli
munosabatlar oʻrnatadilar. Anglaganingizdek, ushbu
maqolada ijtimoiy falsafa
xususida so'z yuritildi.
Kalit so’zlar: ijtimoiy falsafa , jamiyat , ong-tafakkur, taraqqiyot.
Tadqiqot ma’zmuni: Ma'lumki, jamiyat oʻzaro ijtimoiy munosabatlarda boʻlgan
insonlardan tashkil topadi Ijtimoiy falsafa - falsafa fanining jamiyat va uning
taraqqiyoti qonuniyatlarini oʻrganuvchi sohasi. Ijtimoiy
falsafa insonlarning
amaliy faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ham taxlil qiladi.
Insonlar turli faoliyatlari jarayonida oʻz hayotlari uchun zarur boʻlgan moddiy va
maʼnaviy neʼmatlarni, maʼnaviy va ijtimoiy muhitni yaratadilar va bu jarayonda
oʻzaro turli munosabatlar oʻrnatadilar. Ijtimoiy falsafa jamiyat haqidagi falsafiy
bilimlar tizimi sifatida falsafa fanidan kеlib chiqqan. Agar falsafa olam va odam
munosabatlari tahlili bilan shug’ullansa, ijtimoiy falsafa jamiyat va inson
munosabatlarini tadqiq etadi. Agar falsafa olam,
uning mohiyati, qonuniyatlari
to’g’risidagi fan bo’lsa, ijtimoiy falsafa olamning tarkibiy qismi bo’lgan jamiyat
haqidagi falsafiy bilimlar tizimi hisoblanadi. Ijtimoiy falsafa falsafa fani bag’ridan
o’sib chiqqan. Uni falsafiy ta'limotlarning o’ziga xos ko’rinishi
sifatida tahlil
qilmoq lozim. Ijtimoiy falsafa ontologiya, gnosеologiya, mеtodologiya,
antropologiya ta'limotlari bilan bеvosita bog’liq, u shu ta'limotlarning jamiyatga
izchil tatbiq etilishining natijasi va mahsuli hisoblanadi.
Ijtimoiy falsafa borliq
falsafasi, antologiya ta'limoti bilan bеvosita bog’liq ravishda shakllangan.
Falsafiy bilimlarning rivojlanib, chuqurlashib borishi oqibatida psixologiya,
formal mantiq, etika, estеtika kabi fanlar ajralib chiqqan. Ayni vaqtda falsafaning
jamiyat, insonga bеvosita daxldor muammolari
va bu muammolar doirasida
erishilgan ilmiy bilimlar ijtimoiy falsafaning shakllanishiga sababchi bo’lgan.
Ijtimoiy falsafa o’rganish obyеkti – jamiyat. Ijtimoiy falsafa kishilik jamiyatining
mohiyati, kеlib chiqishi, tarkibi haqida bahs yuritadi. Ijtimoiy falsafa jamiyat