5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA
KATEGORIYALARI
81
struktura sistemadagi o‘zaro ta’sir va aks ta’sir qiluvchi moddiy tarkiblarni elementlarga
aylantiradi. Dialektika uchun sistema, struktura va element kategoriyalarining o‘zaro
aloqadorligini, ularning bir-biriga o‘tishlarini va har biriga xos alohida xususiyatlarini ko‘rsatish,
ularning o‘zaro umumiyligi va bir-biridan farqlarini aniqlash ayniqsa muhimdir.
Struktura narsa va hodisalardagi, ulardan tashkil topgan sistemalardagi o‘zaro bog‘liq
quyidagi uch ma’noni ifodalaydi:
1.
Struktura narsa yoki hodisaning bir xil yoki har xil jinsligini, uning muayyan nisbiy
mustaqil qismlarga, elementlarga, komponentlarga bo‘linishini ifodalaydi.
2.
Struktura narsa yoki hodisani tashkil etuvchi qismlar, bo‘laklar, komponentlar va
elementlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir va aks ta’sirlarini, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va
bog‘lanishlarni, bu bog‘lanishlarga oid qonuniyatlarni ifodalaydi.
3.
Struktura, nihoyat, narsa yoki hodisaning qanday elementlardan tashkil
topganligidan qat’iy nazar, bu elementlarning organik birligini, ularning yaxlitligi va bir
butunligini ifodalaydi. SHuning uchun strukturani bilish bu, birinchidan, uning elementlarini
aniqlash, ikkinchidan, mazkur elementlarning o‘zaro aloqadorliklarini aniqlash, nihoyat,
uchinchidan, bu elementlar bir butunligining o‘ziga xos tabiatini tushunib olishdir.
Demak, struktura kategoriyasi butun bir sistemani tashkil etuvchi elementlar
aloqadorligining o‘ziga xos usullarini va bu bir butunlik doirasidagi elementlarning o‘zaro
munosabatlarini ifodalaydi. Bunda har bir element strukturaning nisbiy mustaqil komponent
bo‘lishi bilan birga, o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida birlashib, bir butun sistemani vujudga
keltiradi.
Keyingi vaqtlarda tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohalarida tadqiqot ob’ektini
chuqurroq o‘rganish maqsadida sistemali yondashish, strukturaviy analiz usullari ishlab chiqildi.
Bu usullarning qo‘llanilishi ularning samaradorligi va istiqbolli ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ayniqsa, sistemali
yondashish usuli
o‘zining muhimligi, o‘rganilayotgan predmet va
hodisalardagi barcha aloqadorlik va bog‘lanishlarni hisobga olishi bilan dialektik usullarning
tarkibiy qismini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |