Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə190/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

10-MAVZU. 

MANTIQ 

ILMINING 

PREDMETI, 

ASOSIY QONUNLARI.


TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 

142


usulini, Demokrit “Kanon”larda (kanon-mezon, qoida) tayyor bilimlarning chin yoki 
xatoligini aniqlaydigan usullarni ishlab chiqqan. Aristotel “Organon”ida (organon-
bilish quroli) fikrni mantiqan to‘g‘ri qurish va chin bilim hosil qilish vositalarini 
tadqiq etgan. Keyinchalik mantiq kanonmi yoki organonmi?, degan savol mantiqda
keng muhokama qilingan. 
Yangi davrda F. Bekon birinchilardan bo‘lib metod muammosini mantiq fani 

doirasida taxlil qilgan. R. Dekart va I. Kantlar ham bu masalaga alohida e’tibor


qaratganlar. Gegel metodologiya rivojiga muhim xissa qo‘shdi. Albatta, ilmiy bilish 
jarayonida har bir fan konkret tadqiqot ob’ektiga ega ekan, o‘zining maxsus tadqiqot
usullarini ishlab chiqishi zarur. Masalan, fizikaga N.Bor qo‘shimcha qilish prinsipini 
kiritgan.
Ba’zi bir fanlar tadqiqot ob’ektlari bo‘yicha bir – biriga yaqin bo‘lgani uchun, 

ularning tushunchalari, qonunlari va metodlari ham bir – biriga yaqindir. Xususan,


bilishda xususiylik va umumiylik vazifasini bajaruvchi usullar mavjuddir. 
Ko‘pchilik fanlarda qo‘llaniladigan usullar umumiy usul deyiladi. Umumiy usul
qo‘llanilishi doirasiga ko‘ra umumiy bo‘lgani bilan o‘z maxsus vazifasiga ega. 
Bunga misol qilib mantiq fanidagi tushuncha hosil bo‘lishining analiz va sintez,
umumlashtirish va mavhumlashtirish kabi usullarini, shuningdek induksiya va 
deduksiya, qiyoslash va modellashtirishni ko‘rsatish mumkin. Bular bilishning
umummantiqiy metodlari bo‘lib hisoblanadi Dialektika barcha fanlar uchun eng 
umumiy metod vazifasini bajaradi.
Shunday qilib, bilish jarayonida ilmiy tadqiqotning xususiy, umumiy va eng umumiy 

usullari mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bir – biriga bog‘liq.


Ilmiy bilish metodlarining nazariy asosi rivojlanib borayotgan fanning extiyojlari 

taqozasi bilan yuzaga kelgan bo‘lib, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab


hodisalarini to‘g‘ri ob’ektiv talqin etishga, fanning tabiiy aloqalarini ochishga imkon 
beradi. Hozirgi davrda ilmiy bilish faoliyatining takomillashgan shakllari va usullari,
tartib qoidalari, mantig‘i va tuzilmalari fanda yangi – yangi yutuqlarni qo‘lga kiritish 
imkonini yaratmoqda.
Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish 

fikrlash madaniyatini o‘stiradi, xususan, fikrni to‘g‘ri qurish malakasini


rivojlantiradi, bahs yuritishda o‘zining va boshqalarning fikriga tankidiy 
munosabatda bo‘lishga, suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni aniqlashga,
argumentlashdagi zaif bo‘g‘inlarni ochib tashlashga yordam beradi.
Muhokamani to‘g‘ri qurish, formal ziddiyatlar, xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka erishish, 

aytish mumkinki, o‘ziga xos san’at-mantiq san’ati hisoblanadi. Bu san’atning


nazariy asoslarini chuqur egallagan kishigina uning imkoniyatlarini amaliy 
muhokama yuritishda namoyish qila oladi. Shu o‘rinda buyuk mutafakkir
Farobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqida bildirgan quyidagi fikrlarining 
alohida e’tiborga loyik ekanligini ta’kidlash zarur. U shunday yozadi: “Bizning
maqsadimiz aqlni, xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha xollarda, to‘g‘ri 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin