Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə239/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 

183
sifatida his qilishi muhim rol o‘ynaydi. Xaydovchi o‘z xatti-harakatini “Oqilona qarorga” kelishi


uchun, “etti o‘lchab, bir kesib” amalga oshirmaydi - hamma narsa bir lahzada ro‘y beradi. Bunda 
anglash emas, ong emas, oniy intuitsiya, uz qavmdoshi hayotini asrashdek tabiiy-biologik hissiyot-
instinkt hal qiladi, yani mazkur hissiyot tom ma’nodagi anglash darajasiga ko‘tarilib 
ulgurmasdanoq munosabatga aylanadi.

Xulosa qilib aytganda, bizning axloqiy hayotimiz, barcha axloqiy tajribalarimiz, axloqiy


faoliyatimiz ana shu uch omil asosida ruyobga chiqadi. Axloqiy kodekslarimiz, meyorlarimiz va 
tamoyillarimiz ularga asoslanadi. Lekin aldov, yolg‘on, soxtalik va totalitar axloqiy tuzum
hukmronlik qilgan davrlarda yoki mamlakatlarda axloqiy hissiyot, axloqiy anglash, axloqiy 
munosabatlar qabul etilgan kodekslar, me’yorlar xamda tamoyillarga ko‘pincha to‘g‘ri kelmaydi.
Rasmiy axloqiy qonun-qoidalar bilan xaqiqiy axloqiy intilishlar orasida ma’naviy jarlik paydo 
bo‘ladi. Tilda bu qonun-qoidalar ko‘klarga ko‘tarilgani holda, dilda, ich-ichdan ularga qarshilik
hukm suradi. Natijada jamiyat uchun fojea bo‘lgan axloqiy so‘z Bilan axloqiy faoliyatning 
aloxida-aloqa mavjudligi ro‘y beradi.
Biz shu o‘ringacha, e’tibor qilsangiz, axloqni bugun insoniyat uchun umumiy hodisa sifatida talqin 
etib keldik. Zotan axloqning avvalo, umuminsoniy an’anaviy hodisadir. Asosiy axloqiy
qadriyatlar, mushtarak axloqiy tushunchalar, axloqiy tamoyil va me’yorlar barcha mintaqalar 
hamda millatlar uchunbir xil ma’no kasb etadi. Chunonchi, muhabbat, ezgulik va yovuzlik,
yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, odamiylik, baxt, to‘g‘rilik, rostguylik, 
saxiylik va baxillik singari fazilat hamda illatlar tom ma’noda umuminsoniy hodisalardir. Zero
o‘zbekcha ezgulik yoki yovuzlik, inglizcha vijdon, fransuzcha insonparvarlik, arabcha yolg‘on, 
deyish mumkinmi? Albatta, yo‘q, Lekin, ayni paytda, axloqiylikda umuminsoniylik xususiyatidan
tashqari, mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari ham muhim axamiyat kasb etadi. Mintaqaviylik 
va milliylik xususiyatlari axloqning nisbatan kichikroq qamrovga ega bulgan qo‘pinishlarida -
xulqiy xatti- harakatlar, odob va etiketda yaqqol ko‘zga tashlanadi. CHunonchi, musulmon 
mintaqasida dasturxon ustida bosh kiyimsiz o‘tirish beodoblik hisoblanadi. Buning odobdan
tashqari gigienik-ozodalik nuqtai nazaridan ham axamiyati bor. Ovqatlanish paytida ro‘molsiz 
ayol yoki do‘ppisiz erkak boshidan soch tolasi, kepak, chang-gard taomga yoki dasturxonga
tushishi mumkin. Nasroniylar mintaqasida esa aksincha dasturxon ustida bosh kiyimni echmaslik 
Xudo in’om etgan taom va dasturxonga xurmatsizlik sanaladi. Yoki amerikalik yigit uzi kresloda
o‘tirib, oyoqlarini kuldon va ichimlik ashyolari tupgan stolchaga chalkashtirib tashlab, orom oladi 
va uning uchun bu tabiiy hol hisoblanadi. Uzbek uchun esa, stolga yoki xontaxtaga oyoq qo‘yib
o‘tirish - o‘ta odobsizlik.
Farbu Sharq mintaqalari odobida yana bir katta farqi borki, bu hozirgi paytda g‘arbda xuquqning
axloqdan, sharqda axloqning qancha utuvorlshi masalasi g‘arb yoshlari, balog‘atga etgach, ota 
onaga teng huquqli fuqarolar sifatida munosabat qoladi, o‘zining qarshi fikrini to‘ppa-to‘g‘ri, ota
yo onasining yuziga tik qarab, bayon qiladi va buni inson xuquqlaridan, deb biladi. sharq; yoshlari 
masalan, yapon yoki o‘zbek ota-onaga tik gapirishini to‘g‘pidan-to‘g‘pi qarshi chiqishni an’anaviy
axloqiy qoidalarning oyoq osti qilinishii deb tushunadi, padari yo volidasiga ko‘zini erga tikib, 
muloyim, uz fikrini tovut ko‘tarmay aytishni, ba’zan esa cukut saqlashini afzal deb biladi, ularga
bo‘ysunishni burch sifatida olib qaraydi afsuski, ba’zi g‘arb mamlakatlarida keksa avlodni yoshlar 
hukuqiqiy hayotiga, erkinligiga g‘ov deb bilishi hollari mavjud. To‘g‘pi, sharqona etiqot, odobiy
qonun-qoidalarning an’anaviylik bilan bog‘liq ba’zi zamonaviy nuqtai nazardan nuqisli tomonlari 
bor. Lekin, shunga qaramay, ularda insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari hali xam mustahkam
ildiziga ega. Farbda esa hozirgi paytda bunday fazilatlarni uchratish tobora g‘ayri tabiiy holatga 
o‘xshab qolayotir. SHu bois hozirgi paytda g‘arbning xuqukiylik tamoyilini sharkning axloqiylik
tamoyili bilan uyg‘unlashgirish zamonaviy jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin