Etiket axloqiy madaniyatning yaqqol ko‘zga tashlanadigan munosabatlar ko‘rinishlaridan biri sifatida ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi o‘zini tutish qonun-qoidalarning bajarilishini boshqaradi. Aslida,, “etiket” tushunchasi miloddan avvalgi 2,5 - 3 ming yillikda qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. Etiket (étiquette) atamasi esa XVII asrning oxirida vujudga kelgan. Ammo qadimgi manbalar etiket qoidalari ta’b, rasm-rusm hamda odatlar shaklida azaldan ibtidoiy davrdayoq qabilalarda mavjud bo‘lganligini asoslaydi. Bunday qoidalarni to‘liq bajarmaslik o‘zi yashayotgan jamoat yoki qabilaga xiyonat qilish bilan barobar bo‘lgan. Avvalida bunday qoidalar nafaqat axloqiy, balki huquqiy, iqtisodiy, diniy hamda qon-qarindoshlik munosabatlarini ham qamrab olgan edi. Jamoatning har bir a’zosi unga so‘zsiz bo‘ysunar edi. Shu tariqa etiket bu davrda mustaqil qoidalariga ega bo‘lmagan, asosan jamoatning ijtimoiy muammolariga bog‘liq holda tatbiq etilgan. Ya’ni, bu qoidalar tabiiy jamoatning talabi bilan vujudga kelgan. Bunday talablarning bajarilishi qabila yoki jamoatning kattalari tomonidan nazorat qilinar edi. Keyinchalik esa ushbu qoidalar mustaqil ravishda ajralib chiqib, faqatgina axloqiy me’yorlar darajasida ko‘rila boshladi. Qadimgi Sharqda, jumladan, Somir alqovlarida inson xatti-harakatlarini tartibga soluvchi yozma yodgorliklarda – giltaxtalarda o‘z aksini topgan. Qadimgi Misrda esa bu tartib qoidalar qonunlar majmui sifatida emas, balki badiiy adabiyotlar orqali namoyon bo‘lgan. Bunday qoidalar, ayniqsa, Somirda ilohiylik bilan yo‘g‘rilgan. Ularni bajarmaslik xudoning qahri bilan qaytarilishi ta’kidlangan. Qadimgi skandinaviya adabiy yodgorligi “Edda” eposi nafaqat dasturxon atrofida o‘tirish qoidalari, balki mezbon sharafiga tilak aytish me’yorlarni ham o‘zida mujassam etgan. Bu kabi xatti-harakat me’yorlari jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishini belgilab berar edi – yashash tarzi, odamlar dunyoqarashi, jamiyatdagi darajalarni farqlardi. Bu esa keyinchalik turmush etiketi, siyosiy etiketning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. U butun bir jamiyat bilan birga, o‘zaro davlatlarning tashqi munosabatlarini ham belgilar edi. Siyosiy etiketning vujudga kelishiga 1278 – yilda qadimgi Misr Firavni bilan Xett qiroli Xattush III o‘rtasidagi kumushga bitilgan yozma kelishuv asos bo‘la oladi. Garchi Misr bunda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa – da, qirol uchun Misr kabi davlat bilan hamkorlik qo‘l kelar edi. Shu tarzda kelishuvning imzolanishi diplomatik etiketning (siyosiy etiket) boshqa etiket turlaridan ancha avvalroq paydo bo‘lgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Zotan, davlatlararo munosabatlardagi qabullar qadimgi Misr uchun katta ahamiyat kasb etgan. Zero bunday qabullar juda katta dabdaba va haddan ziyod qoidalar va rasm-rusmlar bilan amalga oshirilar edi. Keyinchalik bunday qabullar boshqa davlatlarda ham amalga oshirila boshlandi. Qadimgi Yunonistonda esa elchilar maxsus “Germes nishonlari” deb nomlangan vakillik nishonlarini o‘zlari bilan olib yurganlar. Elchilar xalqaro 5 etiketning bilimdonlari sifatida ushbu yurtda qabul qilingan siyosiy qonunqoidalarni qay darajada bilishlari kelishuv bitimining taqdirini hal qilgan. Qadimgi Rimda esa siyosiy etiket yanada ustunlikka ega bo‘lgan. Misol uchun, elchilar qabulining avvali ziyofatlar bilan boshlanib, tashrifning tugallanishida esa ikki tomonlama sovg‘a hadya qilish bilan yakunlangan. Shu tarzda oqsuyaklarni oddiy fuqaro va ulardan pastroq darajada bo‘lgan insonlardan farqlay bilish uchun alohida odamlarning o‘zini a’lo jamoatda tutishning tartib – qoidalari paydo bo‘ldi. 1207 – yilda ispaniyalik Petrous Alfonsi muallifligida ilk bor “O‘zini tutish qoidalari” deb nomlangan kitob paydo bo‘ldi. Albatta, bu izlanishlar qadimgi Turon hamda Eron zaminida bunday yodgorliklar bo‘lmagan, degan fikrni bildirmaydi. Zotan, bunda pandnomalarning o‘rni beqiyos. Ammo shuni aniqlash zarurki, milliy o‘zligimizni anglash bilan bog‘liq bunday ilmiy atamalar juda ko‘p chalkash tushunilishi yoki targ‘ib qilinishi natijasida ko‘pgina noaniqliklar vujudga keladi. Aytaylik, axloq bilan xulq va odobni, odob bilan etiketni bir ma’noda tushunish hollari uchraydi. Aslida,, ushbu tushunchalar bir-biridan ham nazariy, ham amaliy, ham qo‘llanish jihatidan farqlanadi. Etiketga keladigan bo‘lsak, odob qoidalari etiket qoidalaridan ustun hisoblangan. Zero odob rasm-rusmlari – asosan, tashqi ta’sirga emas, balki ichki jihatlarga – insoniylik, xulq va axloqiylik uchun asos sifatida qaratilgan. Ya’ni etiket “ muhimi qandayligi emas, balki boshqalar uchun qanday ko‘rinishda” shiori ostida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, aslzodalikning mavjudligini ko‘rsatishga intilish va shu bilan jamoatchilikda ijobiy taassurot qoldirish bilan bog‘liq bo‘lgan. Odob insonlararo munosabatlarni axloqiylashtirish hamda uni axloqiy anglash orqali takomillashadigan tashqi va ichki go‘zallik uyg‘unligi sifatida namoyon bo‘ladi.