Etiket va uning xususiyatlari



Yüklə 26,67 Kb.
səhifə4/5
tarix13.04.2023
ölçüsü26,67 Kb.
#97175
1   2   3   4   5
1.1. Etiket va uning xususiyatlari

Murojaat qilish etiketi
Murojaat qilish insondan ko‘p narsani talab qilmaydi. U kishini tarbiya ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Aslida, murojaat qilish har xil kechib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay paytda, suhbatdosh bilan o‘zaro munosabatdan kelib chiqqan holda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat unga bo‘lgan hurmat, balki maqsadga muvofiqlikda ham qo‘llanadi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat hurmat belgisi, balki maqsadga erishish vositasi hamdir. Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga, muhitga qarab yakka shaxsga yoki jamoaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Biroq barcha murojaatlar axloq me’yorlariga bo‘ysungandagina ijobiy natija berishi mumkin. Insoniy munosabatlarda aytilayotgan so‘zlar faqat axloqiy me’yorlarga tayanadi. Bu esa qarindoshlar, sevishganlar, er-xotin, do‘stu – birodar, mansabdor shaxs va xodim o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlar turlicha bo‘lishini anglatadi. Murojaat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan munosabat turi bo‘lib, ular og‘zaki yoki yozma ko‘rinishga ega. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: rasmiy, ishonchli, intim va egasiz. Rasmiy murojaatlarda “Xonimlar va janoblar” deb jamoatga murojaat qilinadi. Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida rahbarga, ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi mutaxassisga, ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi ustozga, harbiy va huquq – tartibot organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat qilinadi. M: Yakka shaxsga nisbatan “janob Toxirov” deb murojaat qilish mumkin. Agar familiya ishlatilmasa, “janob direktor”, “direktor xonim” deb murojat qilish maqsadga muvofiq. “O‘rtoq Abdullayev”, “o‘rtoq general”, ya’ni “o‘rtoq” so‘zini harbiylar qo‘llaydilar. Elchilar hamda yuqori martabali insonlarga nisbatan 17 “Janobi oliylari” deb murojaat qilinadi. Rasmiy munosabatda faqat sizlab gaplashiladi. Rahbarning qo‘l ostidagi barcha kishilar bilan bo‘lgan munosabatida ham, 9 yoshdan yuqori bo‘lgan maktab o‘quvchilardan tortib, talabalar bilan bo‘lgan munosabatda ham, notanish insonga murojaat qilganingizda ham sizlab murojaat qilinadi. Ishonchli munosabatlarda yaqin insonlar, qarindosh – urug‘, hamqishloq, vatanishlarga qilinadigan munosablarga aytiladi. Bunday munosabatlarda “Sen” deb faqat oilada yoki yaqin munosabatdagi insonlarga murojaat qilish mumkin. «Amaki», “hola”, “tog‘a”, “opoqi”, “kelinoyi” va boshqa qarindoshlar o‘rtasida shevadan kelib chiqqan holda murojaat qilish mumkin. “Yaxshi yigit” yoki “yaxshi qiz” degan so‘zlar yoshlarga qarata qo‘llaniladi. Jamoat joylarida kasbi kor daraja hamda yoshga qarab shofyor, doktor, o‘quvchilar, talabalar, yo‘lovchilar, qizlar, yigitlar, bolalar kabi nomlarni ishlatish mumkin. Intim, ya’ni yaqin munosabatlarda “azizim, jonim, begim, oyim, yulduzim” kabi murojaatlarni uchratamiz. Egasiz murojaatlar:“Kechirasiz falonchi ko‘cha qayerda?”, “Aytib berolmaysizmi soat necha bo‘ldi?”, “Ruxsat bersangiz kirsam” va boshqalar. Intim murojaatlarda shaxsga nisbatan chiroyli, yoqimli, erkalash ma’nosidagi so‘zlardan foydalangan holda murojaat etiladi: “Azizim”, “Mehribonim”, “Jonim”, “Begim” kabi so‘zlardan o‘rnida va samarali foydalanish zarur. Murojaatning bu turi insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi. Biroq ushbu so‘zlarni bemavrid ishlatish bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa, «jonim” so‘zini barchaga nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so‘z faqatgina nikohdan o‘tgan, hayotini bir-biri bilan bog‘lagan kimsalarga nisbatangina ishlatilsa maqsadga muvofiq. Nomsiz murojaatlarda shaxsning kim ekanligini yaqindan bilish katta ahamiyatga ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bo‘lib, biror noma’lum obyekt yoki subyektni aniqlash, u haqda muayyan ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi. Masalan, “Kechirasiz, Olmazor ko‘chasini ko‘rsatib yuborsangiz?” “Hurmatli yo‘lovchilar yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang” “Doktor bolamni ko‘rib qo‘ysangiz, issig‘i tushmayapti.”singari murojaatlarda shaxsning aniq ismi ko‘rsatilmasa-da, u haqdagi ma’lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli bo‘ladi.

Yüklə 26,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin