Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə259/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 

199
Yana bir muhim mezoniy tushuncha - burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga


nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U yuqorida aytganimizdek, 
vijdon, e’tiqod mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda
insonning har bip xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadokat- yoki xiyonat 
yotadi. Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, farzandlik burchi
singari keng kamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bulgan tushunchalari ham, jurnalistlik 
burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud.
Burch tushunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri-uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish 
xususiyati.
Harbiylashgan va o‘ta mafkuraviylashgan, yani yagona mafkura hukmronlik qilgan jamiyatlarda 
esa burch omma hamda shaxs hayotida fojeiy hodisaga aylanadi. O‘ta ustalik bilan yo‘lga
qo‘yilgan targ‘ibot natijasida bunday jamiyatlar a’zolari oqni-qora, qorani - oq deb qabul qiladilar. 
Buni umumbashariy milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan beshafqat sho‘rolar sotsializmi yoki
fashistlarning milliy sotsializmi yaqqol isbotlab berdi. YUz minglab, hatto millionlab odamlar 
aldandilar, keyinchalik, uzoq yillar mobaynida vijdon azobida yashadilar. Demak, jamiyat
qurishda totalitarchilikka yo‘l ko‘yilishi o‘sha jamiyat a’zolarini burchni noto‘g‘ri tushunishga va 
buning oqibatida axloqsizlikka olib keladi.
Shuni ham aytish kerakki, ba’zi hollarda burch shaxsning ko‘pgina mayl-istaklariga qarshi boradi 
uni huzur halovatdan turmush lazzatlaridan mahrum etadi. Masalan, Furqat mustamlakachilar
mafkurasiga xizmat qilganida, uning hayoti rohat-farog‘atda kechishi mumkin edi. Lekin u Vatan 
oldidagi, millat oldidagi burchni deb muhojirlikning og‘ir qismatiga duchor buldi uni
muctamlakachilar mamlakat xududidan chiqarib yuborib, qayta kiritmadilar. Furqat xorijda vafot 
etdi. Ba’zan burch tufayli odamlar o‘z sevgisidan, jon-dilidan cevgan kishisidan kechishga ham
majbur buladilar
Mezoniy tushunchalardan yana biri - nomus. Nomus tushunchasi bir tomondan, burch bilan bog‘liq
bo‘lsa, ikkinchi jihatdan, qadr-qimmat tushunchasiga aloqudor. Zero nomus mohiyatan shaxsning 
o‘z qadr-qimmatini anglab etishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki
olinmasliga munosabati bilan belgilanadi. Goho uni or tushunchasi bilan chalkashtirish, hollari 
ham uchrab turadi. Lekin aslida, nomusga nisbatan or ancha tor qamrovdagi, nisbatan zalvorsiz
tushuncha. CHunonchi, oriyatli odam deganda, o‘z so‘zining ustidan chiqadigan, sadaqa tarzida 
qilingan muruvvatlardan baland turadigan shaxs tushuniladi. Beor odam esa - o‘z sha’niga aytilgan
gaplarga parvo qilmay, ishini bajarib ketaveradigan, aytilgan-aytilmagan joylarga suqilib 
kiraveradigan surbetnamo kishi. Nomusning esa toshi og‘ir - ijtimoiylik xususiyatita ega, keng
qamrovli. Nomus yo‘lida inson hatto o‘z hayotidan kechishi mumkin, odamlar o‘z nomusi, oila 
nomusi, millat nomusi deb kurashadilar. Bu haqda ko‘plab badiiy asarlar yaratilgan. Mehnat, sport
singari sohalarda jamoa nomusi ham, alohida ahamiyatga ega shu o‘rinda nomus obro‘ tushunchasi 
bilan bog‘lanib ketadi. Bularning hammasi o‘zini xurmat qilish, o‘ziga nisbatan atrofdagilarning
xurmat-izzatini yo‘qotmaslik uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish hissidan kelib chiqadi.
Biz yuqorida ko‘rib o‘tganlarimiz - asosiy mezoniy tushunchalarning barchasi baholash tabiatiga
ega. Yana qator muhim axloqiy tushunchalar borki, ular o‘z echimini talab qilishi bilan, ya’ni 
muammolik xususiyati bilan ajralib turadi. Ideal, baxt, xayotning ma’nosi, singari tushunchalar
shular jumlasidandir. Biz ular orasidagi eng qamrovlisi bo‘lishi axloqiy ideal tushunchasiga 
nisbatan batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin