Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə258/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 

198
anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baxolash maqomiga ega. SHu


bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor unda xam axloqiy, xam huquqiy talablar 
mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda miqdor ulchovchi xam deyish mumkin u talab bilan
taqdirlashni ulchab turadigan tarozudir. Adolat bor joyda ijitmoiy jabrga, beboshlikka yo‘l yo‘riq. 
adolatning mezoniylik xususiyati, ayniqsa, xuquqda darxol ko‘zga tashlanadi. Lekin adolatni faqat
huquqiy tushuncha sifatida talqin etish to‘g‘ri emas. U, yuqorida aytganimizdek, keng qamrovli 
axloqiy tushuncha. U nafaqat fuqarolar orasidagi munosabatlarni, balki davlat bilan xalq, jamiyat
bilan shaxs o‘rtasidagi aloqalar mezonini xam o‘z ichiga oladi. Xalq orasida ming yillar 
mobaynida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas.
Deyarli bir yarim asr moybaynida adolatsizlikni milliy kamsitishni, milliy iftixor xissining oyoq 
osti qilinishini, begona irodaning zo‘rlab qabul qildirish kabi xolatlarni boshdan kechirgan
xalqimiz, endilikda, mustaqillikka erishib, adolatli fuqorolik jamiyati to‘zishga kirishdi. Adolat 
bugungi kunda bizning mustaqil, kelajagi buyuk davlatimizning moxiyatini anglatuvchi
tushunchaga aylanib bormoqda.
Axloqshunoslik nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan biri vijdondir. Vijdon - Zigmund
Freyd ta’biri bilan aytganda, alo men,- men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi 
ikkinchi, yuqori darajadagi men. Agar uyat xissi insonning tashqi, jamiyagga bog‘liqligidan kelib
chiqsa, vijdon uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi 
bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o‘z nojo‘ya
xarakati tufayli yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, vijdon azobi, bu oddiy o‘ng‘aysizlik emas, 
balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi, uni qondirmas ekansiz, xech
qachon azob to‘xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi mo‘z tog‘iga - aysbergga 
o‘xshatish mumkin,yuzaga uyat tarzidagi chiqib turgan qismi teranlikdagi qismidan yuz, balki
ming barobar kichik.
Vijdon xam boshqa ba’zi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari kabi baxolash xususiyatiga ega.
Lekin bu baxolash xech qachon ob’ektga qaratilmaydi, u sub’ektning xatti-xarakatlariii baxolaydi, 
ya’ni unda sub’ekt o‘zi uchun ichki ob’ekt vazifasini o‘taydi. Ba’zan jamiyat talablari bilan vijdon
o‘rtasida ixtilloflar chiqishi mumkin. Bunda vijdon emas, jamiyat talablarining o‘tkinchilik 
xususiyati, ma’lum ma’noda eskirganligi aybdordir. Zero vijdon ko‘zga ko‘rinmas, lekin ulkan va
mutlaq aybsiz axloqiy xodisadir.
Ko‘pincha vijdon tushunchasi o‘rnida iymon iborasini uchratish mumkin. Iymon aslida diniy
tushuncha. Lekin xayotda vijdon tushunchasining sinonimi tarzida ishlatiladi. Masalan, kimnidir 
birov “iymonli odam” deganida, uning musulmonlikka iymon keltirgan-keltirmagani xaqida
o‘ylab o‘tirmaydi, buning ustiga, u odam musulmon emas, nasroniy bulishi xam mumkin. Chunki 
gap bu erda o‘sha odamning dindorligi xaqida emas, balki vijdonli, xalol, rostgo‘y ekanligi
to‘g‘risida ketyapti. SHu ma’noda vijdon bilan iymonni egizak deyish mumkin.
Afsuski, odatda, ko‘pchilik adabiyotlar vijdon mezoniy tushunchasiga “sub’ektgiv” hodisa tarzida
karab adolat, burch, nomus singari tushunchalarni unga karaganda ijtimoiy ahamiyatliroq deb 
baholash, ularni, “turga chiqarish” hollari tez-tez uchrab turadi. Vaholanki, vijdonsiz odamdan
hech qachon adolatni ham, burchga sadokatni ham, or-nomusni ham kutish mumkin emas. 
Vijdonli odamlargina haqiqiy erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini yarata oladilar. Zero vijdon,
eng avvalo, o‘zgalarga nisbatan burch va mas’uliyatni taqozo etadi.




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin