Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə281/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Evtonaziya: 
evtonaziya Totli o‘lim - evtonaziya ham bioetikaning global muammolaridan. 
Bedavo dardga chalingan bemorni azob-uqubatlardan qutqarish uchun uning o‘limini qasddan
tezlashtirishga munosabat yuzasidan tibbiyotchilar, yuristlar, sotsiologlar va psixologlar orasida 
ko‘p sonli bahslar hanuz davom etmoqda. Ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) engil
og‘riqsiz o‘limni belgilash uchun «evtanaziya» (yunoncha «euthanasia», «eu» – yaxshi, 
«thanatos» - o‘lim), ya’ni azob-uqubatlarsiz, yaxshi, oson va engil o‘lim atamasini muomalaga
kiritdi. Xudoning ixtiyoridan tashqari o‘limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtai nazardan 
kechirilmaydi. Chunki sabrli, bardoshli bo‘lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan boshdan
kechirish insonning vazifasi. Lekin axloqiy jihatdan olib qaraganda masala qanday baholanadi? 
Deylik, muayyan inson, bemor o‘z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar sanoqsiz azoblar
ichida o‘tishini biladi. Shu bois u o‘zining ana shu holatini juda yaxshi biladigan boshqa bir odam 
- shifokordan azoblariga chek qo‘yishni so‘raydi. Uning iltimosi va shu iltimosni bajarish uchun




15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 

228
shifokor tomonidan qilingan xatti-harakatlarni qanday, baholash mumkin? Bu xatti - harakatlarni


insoniylik va insonparvarlikning ko‘rinishi sifatida qabul qilish to‘g‘rimi? Umuman, evtanaziya 
axloqiylikmi, axloqsizlikmi? u muammo ham umumjahoniy miqyosda o‘z echimini kutmoqda.
Chunki tabobat borasidagi so‘nggi tadqiqotlar inson o‘limi bir lahzada ro‘y bermasligini, yurak 
urishi va nafas olish to‘xtaganda ham, miya o‘lmasa insonni o‘ldi deyish mumkin emasligini
isbotlab berdi. Hozirgi kunda toki miya o‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a’zolarning yangi tabobat 
texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta’minlash va shu orqali ancha muddatgacha insonda
tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurak yoki buyrakning ko‘chirib 
o‘tkazilishi hali o‘lmagan odamning minimal tiriklikka bo‘lgan huquqini poymol qilishdir.
Amerikalik neyroxirurg Pol Pirson o‘z tajribalariga asoslanib, yurak ko‘chirib o‘tkazilganda ruh 
ham ko‘chib o‘tadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar erkakka
o‘tkazilganida, yigitning fe’l-atvorida juda katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Yoki 20 yashar qizning 
yuragi va o‘pkasi 36 yashar ayolga o‘tkazilganda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar yuzaga
kelgan: ayolning kulishigacha o‘zgarib ketgan. Axloqiy nuqtai nazardan buni qanday izohlash 
mumkin?

KLONLASHTIRISH 
Klonlashtirish atamasi ingliz tilidagi “slone”, “cloning” so‘zlaridan kelib 
chiqqan va hozirgi kunga kelib o‘z yozilishi, o‘qilishini biroz o‘zgartirgan. Ingliz tilida bu so‘z
biologik termin sifatida yuz yillar oldin qo‘llana boshlagan. Biroq shu qisqa vaqt ichida o‘z 
ma’nosini bir necha marta o‘zgartirishga ulgurgan . Dastlab klon so‘zi vegetativ yo‘l bilan, ya’ni
bir o‘simlik urug‘idan olingan o‘simliklar guruhiga nisbatan qo‘llangan. Oradan bir muncha vaqt 
o‘tib, ushbu atama bakteriyalar turkumini etishtirishga nisbatan ishlatilgan.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin