Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə324/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Seminar mashg’ulotlari 

290
tashvishlar qarshisida ojizlik qiladi va natijada yot g'oyalar ta'siriga tushib qoladi. Ana shunday salbiy


holatlarning paydo bo'lmasligi uchun ham san'at o'zini tobora insonga yaqinlashtirib boradi. 
Chinakam san'at insonni bu xolatdan qutqarishga qodir bo'lgan estetik tarbi vositasidir. Shuningdek,
shaxsning estetik tarbiyasini san'at vositasida amalga oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat bilan 
ifodalash mumkin. Birinchidan, san'at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga
birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta'sir ko'rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san'at insonni 
estetik jihatdan kamolotga yetkazish jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun bag'ishlashi bilan
birga inson ma'naviy qadriyatlarini ro'yobga chiqarishda yaqindan yordam ko'rsatadi. San'at o'zining 
estetik bisotini to'laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas
bog'lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go'zallashtirish estetikaning tadqiqot obekti hisoblansa, 
estetik tarbiyaning predmeti esa ma'naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
Ma'lumki, fuqarolarda yuksak did va idealni shakllantirish estetik tarbiyaning asosiy vazifalaridan 
hisoblanadi. Bu vazifaning zalvorli yukini avval ham, hozir ham va bundan keyin ham chinakam
san'at, adabiyot va ma'rifat ko'tarishiga shubha yo'q. Shuni aytish lozimki, so'nggi yillarga kelib san'at 
va madaniyatga jamiyat hayotini o'zgartiruvchi, unga xizmat qiluvchi, fikrlar almashinuvini
ta'minlovchi hamda estetik ahamiyat kasb etuvchi murakkab ijtimoiy jarayon sifatida munosabat 
bildirilayotganligi diqqatga sazovor. Negaki, turli–tuman madaniy–ma'rifiy tadbirlar, rang– barang
ko'rik–tanlovlar, san'at bayramlari va festivallarini o'tkazilshi o'z navbatida kishilarni tayyor 
ma'naviy «mahsulotning iste'molchisi»ga aylanib qolishidan saqlaydi. Shuningdek, san'atning inson
estetik tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan izohlanadiki, san'at avvalo; voqelikni 
badiiy qiyofalar yordamida aks ettiradi, o'zida moddiylik va ma'naviylikning estetik mazmunini
namoyon qiladi, ijtimoiy hayotga yangicha ko'rk bag'ishlaydi, ularni qaytadan tashkil etadi va 
o'zgartiradi. Ana shunga ko'ra, insonning bilimlilik tomoni san'atning ko'rinishlarini namoyon ettirish
holatlarini amalga oshiradi. Mazkur xolatlar natijasida estetik tarbiyaviylik hususiyati o'z ifodasini 
topadi. Demak, ko'rinib turibdiki, san'at voqelikka estetik munosabatning kengqamrovli sohasi bo'lib,
u insonni nafosatli hamda badiiy didini shakllantirishda muhim vosita vazifasini bajaradi. San'atning 
tarbiyaviy-g'oyaviy funksiyasi hayot haqiqatlarini qaytadan tiklash orqali namoyon bo'ladi. Estetik
haqiqatning o'zi esa hayotni badiiy ijod qonunlari bilan aks ettirishi natijasida vujudga keladi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin