Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə332/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Seminar mashg’ulotlari 

297
barchasi habardor, desam yanglishmagan bo'laman. Lekin, bir narsaga g'oyatda tahdidli, u ham


bo'lsa, ommaviy madaniyat insonni “qiyofasiz” oqimning bir qismiga aylantirib qo'yishidadir. Bu 
illat aksariyat xollarda haqiqat, go'zallik, ezgulik singari
muqaddas tushunchalarni 
umumiste'molchilik ehtiyoji bilan bog'lab, iste'mol va tovar sifatida haridorgir bo'lishiga qaratilgan
maqsadni targ'ib qiladi. Bu esa pirovardida “bozor adabiyoti”, “bozor san'ati” degan ma'naviyatga 
tahdid soluvchi
hodisalarning “gullab-yashnashi” uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv 
sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, “millati”ning tayini yo'q “badiiy” filmlar ham
ko'payib ketgan. “Bozor san'ati” deganda, birinchi navbatda, anashunaqa filmlar va bayram 
sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi. XXI asr ommaviy madaniyati
zamonaviy qiyofada go'yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish niqoblari ostida 
namoyon bo'lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy xolatlar va ular shakllantirish mumkin bo'lgan
illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir. 
Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g'oyaviy tizimini izdan
chiqarishi bilan hatarli ekanligini ham to'g'ri tushunish kerak. Bu havfxatarga qarshi qatiy tura 
oladigan shaxsni shakllantirishda tarbiyaning barcha ko'rinishlarini uyg'un xolda olib borish shart.
Estetik tarbiya aynan shu maqsad yo'lida yosh avlodni milliylikka zid bo'lmagan estetik ideal 
timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Xo'sh “ommaviy
madaniyat”ning illat sifatida qanday namoyon bo'lishi mumkin? 1. “Ommaviy madaniyat” 
namoyondalarining amallari o'zlari uchun har taraflama manfaatdorlikka asoslangan: ular “noyob
san'at” namunalari-g'oyalarini nafaqat targ'ib qiladi, balki pullaydi ham. 2. Faqat bugunni, yana ham 
aniqrog'i hozirni ko'radi va tan oladi. 3. Umuminsoniy madaniyatni bo'ysindirish va o'z ta'sir
doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladi. 4. U odamzodning 
fikrlashiga tish-tirnog'i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u mahsulotlar qurshovida qolgan
odamlarning o'zi ham bora-bora bir o'lchamga tushadi: hammaning yurish-turishi, o'y-kechinmasi, 
fikrlash tarzi, bari bir xil. 5. Shaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga
loqayd, befarq avlodni shakllantiradi.




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin