Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə47/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:


G‘ARB 


FALSAFASI 

39
farishtalar dunyosi mavjuddir. Butun koinot tuzilishi uch shaxsni birlashtirgan yagona xudo 


tomonidan boshqarilib turadi. Akvinskiy ta’limotidan keyinchalik «tomizm» oqimi shakllandi va


u «neotomizm» tarzida g‘arbda hozir ham saqlanib qolgan.
O‘sha davrning mashhur faylasuflaridan biri Vilyam Okkamdir (1309-1349). Uning fikricha,
ilohiyot aqidalari ratsional (aql) yo‘l bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Muqaddas kitob 
nufuzi tufayligina qabul qilinishi mumkin. Bu qarash e’tiqod va tafakkurni birbiridan ajratardi,
ularni omuxta qilishni qoralardi. Okkam, shuningdek, univyersaliylarning ob’ektiv mavjudligini 
inkor qiladi. Uningcha, univyersaliylar tafakkur tushunchalari uchun faqat ismdirlar. Bu
tushunchalarni odam o‘z ongida yaratgan. Uningcha, alohida odam insonga nisbatan realroq va 
muhimroqdir.
Rodjyer Bekon (1214-1292) ham Okkam mansub bo‘lgan oqim vakillaridandir. U o‘z 
hayotini ilmiy tajribalarga bag‘ishlagan. Ular yordamida u tajribaviy fanga asos soldi. Bunday
metodni XYII asrda Frensis Bekon ishlab chiqdi. Haqiqatni topishda tabiatni tajribaviy o‘rganish 
metodini qo‘llash nominalistlar qarashlariga to‘liq mos kelardi. Nominalistlar va realistlar
o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘rta asr sxolastikasining muhim muammolaridan biri edi. Butun o‘rta 
asrlarda sxolastikaning bu ikki oqimi o‘rtasida kurash ketgan. Sxolastikaning avjga chiqqan davri
— 1150 va 1300 yillarda — Foma Akviniyskiyning mo‘‘tadil realizmi nominalizm ustidan g‘alaba 
qozondi. Lekin 1300 yildan keyin chyerkov ilohiyotchilari tafakkurida nominalizm yuqori
mavqeni egallay boshladi. Bu ko‘p jihatdan uyg‘onish davri falsafasiga ta’sir ko‘rsatdi. 
SHuningdek, haqiqatga yerishishning tajribaviy metodini (ratsionalizm) vujudga kelishida katta
xizmat qildi.
Yevropa falsafasining rivojida univyersitetlar muhim o‘rin tutadi. Ular bilim va ma’rifatning
o‘chog‘i sifatida 1200 yillarda vujudga keldi. 1400 yillarga kelib, Yevropada 23 ta univyersitet 
mavjud bo‘lgan. Univyersitet dasturining juda katta qismini sxolastika bilan shug‘ullanish tashkil
etar edi. Univyersitetlarning vujudga kelishining sababi mashhur olimlarning faoliyatidir. XII 
asrda Ityeriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo‘ladi va talabalar uni eshitish
uchun Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Bolonya shahri univyersiteti 
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Abelyarning o‘qituvchi sifatidagi shuhrati ko‘p
jihatdan Parij univyersitetining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Univyersitetlar, shuningdek, 
talabalarning chiqishlari natijasida ham vujudga kelgan. Masalan, XII asrda Angliya va Fransiya
qirollari orasidagi nizo oqibatida, Angliya talabalariga yaxshi munosabat bildirilmaganligi 
ularning Parijdan Angliyaning Oksford shahriga ko‘chib o‘tishlariga sabab bo‘ldi. Buning
natijasida mashhur Oksford univyersiteti tashkil topdi. Kembridj univyersiteti esa Oksford 
universiteti talabalarining qo‘zg‘olon ko‘tarishi va 1209 yilda ularning Oksforddan Kembridjga
ko‘chib o‘tishlari natijasida vujudga keldi.
Uyg‘onish davri falsafasi. Bu insoniyat tarixida yuz bergan eng buyuk ilg‘or taraqqiyot
davrlaridan biri edi. Uyg‘onish davrida hayotning hamma tarmog‘ida muhim, ilg‘or, hatto aytish 
mumkinki, inqilobiy o‘zgarishlar yuz berayotgan edi.
Uyg‘onish davrida Yevropada falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlardan biri 
nemis Nikolay Kuzanskiydir (1401-1464). Kuzanskiy ta’limoticha, xudo hamma narsalarda
mavjud, shuningdek, hamma narsalar xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik 
fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi.
U xudoni borliqning oliy va yagona asosi deb hisoblaydi. Bu masalada Kuzanskiy shunday 
muhim kosmologik fikrlarni bayon qiladiki, hatto ma’lum darajada uni Kopyernik va Brunolarning
o‘tmishdoshi deb hisoblash mumkin. Ikkinchi masala esa bilish nazariyasiga nisbatan uning 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin