Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə7/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 



Jamiyat ma’naviy taraqqiyotining dastlabki davrlarida falsafa insonning olam haqidagi barcha


bilimlarini o‘z ichiga olgan. Keyinroq, falsafa kengroq mazmunga ega bo‘lib, mustaqil fan sifatida 
shakllanadi va rivojlanadi. U tabiat, jamiyat va insonning mohiyati haqidagi eng umumiy
bilimlarni o‘zida ifodalab, insonni borliqqa bo‘lgan munosabatining metodologik asoslarini 
belgilab beradi, tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy muammolarini o‘rganadi
va falsafiy dunyoqarashni shakllantiradi.
Kishilar qadim zamonlardan boshlab, borliq dunyo, tabiat nima, ular qanday tuzilgan,
borliqning asosida nima yotadi, insonning o‘zi nima, u dunyoga qanday qaraydi, kabi savollarga 
javob berishga harakat qilib kelganlar. Falsafiy tafakkur insonning o‘z-o‘zini anglashidan
boshlanadi, uning olam haqidagi bilimlarini umumlashtirish asosida rivojlanib boradi.Inson 
bilishining ob’ekti bo‘lgan olam cheksizligi sababli, bu savollarga javob berish imkoniyati ham
cheksizdir. Kishilar borliqni va unga bo‘lgan o‘zlarining munosabatlarini o‘rgana borishi, ularning 
o‘z turmush tajribalari asosida ongli va ongsiz ravishda hosil qila borgan tasavvurlari va qarashlari
miyalarida qayta ishlanib, o‘ziga xos turli xil dunyoqarashni hosil qiladi.
Inson dunyoga kelar ekan, u yashashi, ulg‘ayib borishi bilan o‘z hayoti xaqida, kundalik
ishlari xaqida, hayotdagi o‘z quvonch va tashvishlari, baxti va baxtsizligi haqida, o‘zining va o‘z 
atrofidagi kishilarning tug‘ilishi, yashashi, olamdan o‘tishi haqida, narsa va hodisalarning esa
o‘zgarishi, rivojlanishi, boshqa yangi narsa va hodisalarning paydo bo‘lishi haqida ma’lum 
tasavvurlarga, tushunchalarga ega bo‘lib boradi. Bu tasavvurlar va tushunchalar uning borliqni,
o‘zi yashayotgan dunyoni qanday tushunishi, dunyodagi o‘z o‘rnini qanday anglashini ifodalaydi. 
Bular insonning dunyo to‘g‘risidagi oddiy ong darajasidagi qarashlaridir. Bu avvalo,inson o‘zini
va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan 
xulosalari, bilimlari asosida shakllangan umumlashmalar tizimidir. Dunyoqarash, insonning o‘ziga
va uni qurshab turgan borliqqa bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydigan muayyan ko‘nikmalari, 
bilimlari, malakalari hamda uning dunyoni amaliy va nazariy o‘zlashtirishi hamdir.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin