Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə8/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Dunyoqarash tushunchasi


.

har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, 

hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, 

qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining 

mazmunini belgilaydi. SHu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan 

voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, 

tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok 

etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual 

dunyoqarash deyiladi. 
Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy shakllarga ega. Har bir davrning, har bir avlodning, har bir 

ijtimoiy guruhning, har bir kishining o‘ziga xos dunyoqarashi mavjud. Dunyoqarashning o‘ziga


xos xususiyati shundaki, unda mifologiya, din, falsafa, fan, siyosat, huquq, san’at va axloq va shu 
kabi ijtimoiy-ma’naviy hodisalar sintezlashgan holda in’ikos etadi.Dunyoqarash insonning
dunyoni va o‘zini ma’lum ma’noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo‘lishi jihatdan 
uning har qanday moddiy va ma’naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi.

Jamiyat taraqqiyoti bilan insonning amaliy va nazariy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. 


Dunyoqrash oddiy , kundalik ong holatidan tortib, dunyoni insonning o‘ziga xos nisbatan


murakkabroq va chuqurroq bilish va tushunishlariga oid mifologik, diniy va falsafiy 
dunyoqarashlarga tomon rivojlanib boradi.



1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 

Mifologik dunyoqarash. “Mif” tushunchasi yunoncha “mythos» so‘zidan kelib chiqqan


bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mifologik dunyoqarash insoniyat tarixining 
dastlabki bosqichlariga xos bo‘lib, odamlar xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini tartibga solish
funksiyasini bajargan.Mifologik dunyoqarash insonning dunyoni tushunishining o‘ziga xos oddiy 
usuli sifatida paydo bo‘lgan.Mifologik dunyoqarash voqelikning hayoliy in’ikosi sifatida asosan
qadimgi davr kishilari uchun xarak


t
erlidir. Bu dunyoqarash o‘z ifodasini ko‘proq qadimgi 
davrlarda yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgan.Qadimgi kishilar bu afsona va
rivoyatlarda tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib, ularni hayoliy 
shakllarda tasvirlaganlar.Mifologik dunyoqarashda hamma narsa va hodisalar bir-birining
ishtirokchisi sifatida ifodalanadi. Tabiat kuchlarini hissiy qiyofalarda alohida jonli vujudlar 
ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi. Mifologik dunyoqarash ifodalangan rivoyatlar va afsonalar
o‘z mavzulari jihatdan turli tumandir. Ularning ba’zilari dunyoning paydo bo‘lishi, uning tuzilishi, 
tabiat va jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, undagi predmetlar va
hodisalarning o‘zaro munosabatlariga oid bo‘lsa, ikkinchi xillari esa insonning paydo bo‘lishi, 
uning yashashi, hayoti, insonning dunyodagi o‘rni, uning ishlari, tabiat kuchlari bilan

olib borgan 


kurashlari, insonning ma’naviy kamolot sari intilishlari, insonning o‘limi va shu kabilarga
bag‘ishlangandir. Bu dunyoqarash qadimgi kishilarning o‘zlaricha o‘sha davrga xos dunyoni 
tushunish, idrok qilish, uni izohlash va baholash sifatida turli vazifalarni bajargan.Mifologik
dunyoqarashning xususiyati shuki, unda hamma narsa va hodisalar birbirining ishtirokchisi sifatida 
tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatlarini ikkinchi xil buyumlarga bemalol
ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlari alohida jonli vujudlar 
ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi.Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil
narsalarga bemalol ko‘chirilgangligi sababli, u xayolotga keng yo‘l ochib beradi.Unda tasvirlangan 
obrazlar har qanday o‘zgarishlar qilishi va jasoratlar ko‘rsatishi mumkin.
Har bir xalqda o‘zining tarixiy o‘tmishiga oid juda ko‘p rivoyatlar va afsonalar mavjud. 
Ularda bu xalqning ijtimoiy hayoti, turmush va tafakkur tarzlari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
madaniy-ma’naviy munosabatlari xayoliy tarzda aks ettiriladi, ular afsonaviy qahramonlar 
qiyofasida yovuz kuchlarga qarshi kurash olib boradilar.Bunday rivoyatlar va afsonalar dastlabki
paytlarda xalq og‘zaki ijodi namunalarida, keyinchalik yozuvning paydo bo‘lishi bilan taraqqiy 
etgan xalqlarda o‘ziga xos adabiy-badiiy asarlarda o‘z ifodasini topadi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin