Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə11/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari. 
Insoniyat tarixiga ko‘p sonly turli-tuman dinlar ma’lum. 
Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past bo‘lgan inson o‘ziga qudratli, yot va sirli bo‘lib
tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik ko‘rsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida 
dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan.

Fetishizm 
– u yoki bu predmetni mo‘jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta’sir ko‘rsatish 
qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, sig‘inish va topinish ob’ektiga
aylanadi.


Animizm 
(lot. «anima» – «jon») – nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq 
hodisalarini ham ruh, jon boshqarib turishiga ishonishdir.Animizm nuqtai nazaridan butun dunyo
ruhli va jonli.


Totemizm 
negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya’ni sig‘inish ob’ekti sanalgan ajdod 
deb e’lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o‘simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga bo‘lgan
ishonch tashkil etadi. Zero, totem mazkur jamoa yoki urug‘ning qudratli homiysi, himoyachisi 
hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu kabilar bilan ta’minlaydi (Hindistonda Xonumon maymuni,
sigir,Avstraliyada kenguru, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet).


Magiya 
(yunon. «mageia» – «sehrgarlik») ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, uning 
zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o‘ziga xos amallar majmui bilan
narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga 



1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 

10 


ta’sir ko‘rsatish mumkinligiga bo‘lgan ishonch yotadi. Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi
diniy e’tiqodlar negizini tashkil etdi va politeizm (ko‘pxudolik)da ham, monoteizm 
(yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada o‘z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil
holda mavjuddir.
Miloddan avvalgi VII–VI asrlarga kelib, asosan, mif va din ta’sirida odamlar dunyoqarashi nafaqat
kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U mavhum nazariy fikrlash qobiliyati va
(to‘plangan bilimlar ko‘rinishida) real asoslarga ega bo‘lishi natijasida o‘z rivojlanishining
butunlay yangi darajasiga ko‘tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan 
rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari,
bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan shaxslar 
doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shug‘ullanish imkonini berdi. Shunday
qilib, taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi
shak li – falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Evropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda
yuzaga keldi. 


Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan


farqli o‘laroq, falsafa dunyoni 


e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql


va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi
.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda, avvalo, 

dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din o‘zlarining tayyor


va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini 
qondira olmadi. SHuningdek, ular sezilarli darajada o‘sgan va murakkablashgan tajriba va
bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan 
chiqolmay qoldi Yuz bergan o‘zgarishlarning yana bir sababi shundaki, mifologiya
olish,rivojlantirish va tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki tabiiy qonuniyatlar va 
tabiiy-sababiy bog‘lanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy bilim kurtaklari bilan to‘qnashdi.
Pirovardida odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub o‘zgarishlar yuz berdi; unda 
bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol o‘ynay boshladi, ular sirtdan olingan
axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga 
chiqarib qo‘ydi.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. 



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin