Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funksiyalari)



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə14/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funksiyalari).
Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan 
tamoyillari, uning vazifalarini belgilab beradi. YA’ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy
ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash 
shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi.
Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning 
borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida ko‘zga tashlanadi.
Bu — falsafiy dunyoqarashning 


baholash
vazifasini anglatadi. Ya’ni, inson, o‘z ehtiyoj va 
manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh,
oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi.



1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 

13 


Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli
munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o‘zi tayanadigan 
omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy
yo‘nalishlari belgilanadi.
Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, xuquqiy hujjat va siyosiy
mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali 


boshqarish
vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy 
dunyoqarashning o‘zicha nisbatan mustaqil bo‘lgan har bir yo‘nalishi o‘ziga xos boshqarish
usuliga ega bo‘ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo‘naltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga; 
din — iymon-e’tiqodiga; huquq — qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funksiyalariga
tayanadi va o‘ziga xos ta’sir yo‘nalishlariga ega bo‘ladi.
Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini

nazorat qilish 
vazifasi ham bor. Bunda 
dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko‘rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o‘zbek xalqining
tarixiy rivojlanishi va ma’naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida 
faoliyat ko‘rsatgan.
Falsafiy dunyoqarashning 


birlashtirish 
(kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash 
yo‘nalishlarini milliy va umuminsoniy G‘oyalar atrofida uyg’unlashtirishi bilan xarakterlanadi.
Turli manfaatlar bilan bog’liq bo‘lgani bois dunyoqarashlar o‘rtasida muayyan ziddiyatlar ro‘y 
berishi tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi.
Falsafiy dunyoqarash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat 
istiqbolini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun ham xalqni muayyan g‘oya atrofida
birlashtiradi.Falsafiy dunyoqarashning 


tarbiyaviy 
vazifasi— kishilarda keng va teran fikrlash 
qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag‘rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo‘l
bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin