Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


Falsafiy dunyoqarashning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə13/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Falsafiy dunyoqarashning asosiy yo‘nalishlari.
Dunyoqarash tizimi va unga xos nisbatan 
mustaqil yo‘nalishlarning har birini falsafiy mulohazaning oydinlashgan (konkretlashgan) shakli
sifatida qarash mumkin. Falsafiy dunyoqarash, sodda qilib aytadigan bo‘lsak, insonning olam, 
odam va borliqqa munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir. Unga inson borliqining mohiyati




1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 

12 


nuqtai nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, moddiy yoki ma’naviy jihatlari nechoQlik
mutlaqlashtirilishiga qarab, uning tarkibida materialistik va idealistik dunyoqarash yo‘nalishlari 
mavjudligini ko‘ramiz.
Agar borliq va uning xossalariga mavjudlik, bog‘liqlik, o‘zgarish va taraqqiyot nuqtai 
nazaridan bildirilgan munosabatlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, uning tarkibida metafizik va
dialektik, sofistik va sinergetik kabi qator dunyoqarashlar mavjudligini ko‘ramiz. Bular sof 
nazariy-falsafiy masalalar bo‘lib, ular to‘g‘risida «Olam va odam», «Dunyoni falsafiy tushunish»
bo‘limlarida maxsus to‘xtalib o‘tamiz.
Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari bor:
1.


Falsafiy dunyoqarash ilmiydir
, chunki u narsa va hodisalar o‘rtasidagi boQlanish, 
aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida
ham ifodalaydi. har qanday falsafiy dunyoqarash shakli ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning 
konkret munosabatlarini aks ettiradi.
2.


Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili 
jamiyatning o‘tmishi dunyoqarashlar 
tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.
3.


Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili 
har qanday dunyoqarash shakli va 
darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik
buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur 
etadi.
4.


Falsafiy dunyoqarashning universalligi 
boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini 
tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy
xususiyatga ega.
5.


Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq 

bo‘lib, inson manfaatlariga mos keladi. CHunki,


inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o‘z dunyoqarashida aks ettiradi.
6.


Falsafiy dunyoqarashning G‘oyaviylik tamoyili, 

uning asosida muayyan G‘oya yotgani


bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o‘zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik
o‘zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol G‘oyasiga tayanishi bilan
xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu G‘oyani e’tiqodga aylantirish va uning amalga oshishi 
uchun xizmat qiladi.
7.

Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri



nazariya va amaliyot birligidir
.
Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy 

umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo‘l kelishi bilan izohlanadi. SHuningdek,


dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga 
ega.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin