Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə21/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati. 
Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar 
asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo‘qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi
sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o‘rinlidir, lekin 
ularga javobni hayotning o‘zi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga ko‘p sonli, shu jumladan, ilgari
hech qachon mavjud bo‘lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo‘yadi. Jahon 
hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va yerda hayotning davom etishi
uchun o‘z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning 
barkamol rivojlanishi, odamlar, xalqlar o‘rtasida, shuningdek, jamiyat va tabiat o‘rtasida insoniy,
yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir 
qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqmoqda. SHu munosabat bilan faylasuflar,
avvalo, yer yuzida ta’limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini 
bildirmoqdalar. Ko‘pgina faylasuflar fikriga ko‘ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida
aynan qoniqarsiz ta’lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo‘qligi yotadi. O‘zbekston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida quyidagi takliflarni bildirib o‘tgan.


BMT Bosh Assambleyasining "Ma’rifat va diniy 


bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul
qilish, Bu hujjatning asosiy 
maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham
berishga ko‘maklashishdan iborat”
1
. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o‘z rolini o‘ynashi 

lozim.

1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar 

Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi.







Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin