Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə20/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 

17 


Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi 
insonning o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zi mansub bo‘lgan 
jamiyatning axloqiy normalariga rioya qilishdir. Bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har
tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. Bugungi 
kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‘z-o‘zini anglab etishga
yo‘naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan YUNESKO qaroriga binoan, butun dunyoda 
har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida o‘tkaziladigan «Jahon falsafa kunlari» ham,
hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e’tiborini qaratadigan Jahon falsafa Kongressi 
ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat, bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o‘tkazilgan,
1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o‘tkazish an’anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda 
Boston shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tgan XX Jahon falsafa kongressi
«Paydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa» mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lsa, Turkiyaning 
Anqara shahrida o‘tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida «Falsafa jahon muammolari bilan
yuzma-yuz» mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XX jahon falsafa kongressi birinchi marta 
Osiyo mamlakati bo‘lmish Janubiy Koreya Respublikasining Seul shahrida «Hozirgi davrda
falsafani qayta anglash» degan umumiy mavzu ostida bo‘lib o‘tdi.


Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati
- falsfa insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan 
ma’naviy madaniyatning bir qismi bo‘lib, insonning o‘zi va borliq to‘g‘risidagi bir butun
dunyoqarashi tizimidan iboratdir. Falsafa inson muammosini o‘zining asosiy o‘rganish mavzusi 
hisoblab, uning o‘ziga, borliqqa munosabatini falsafaning bosh masalasi deb qaraydi. SHu sababli
uning asosiy maqsadi ham inson manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin