Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə74/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Falsafada materiya 

tushunchasining vujudga kelishi. 
«


Materiya» atamasi lotincha «materia» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «modda» degan ma’noni 

anglatadi
. SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, tabiatshunoslik va 



4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 

59
falsafaning rivojlanishiga muvofiq

necha marta o‘zgargan.Qadimgi yunon falsafasida materiyaning 
etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida
ilk bor

Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va

shakl-shamoyili 
har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan

sifatlardan mahrum substrat (material)ni 


ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl
ko‘rinishini kasb

etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi.



Falsafa tarixida harakat haqidagi tasavvurlar
. Harakatni dialektik tushunish kurtaklariga Geraklit
asarlaridayoq duch kelamiz. U olovni barcha o‘zgarishlar substansiyasi sifatida tavsiflab, birinchi 
moddiy asos doimo o‘zi bilan birga, ayni vaqtda, doimiy o‘zgarish holatida bo‘lishi haqidagi fikrni
sodda obrazli shaklda ifodalagan. Geraklit harakatni miqdor jihatidan joydan-joyga ko‘chish sifatida 
emas, balki uzlukli va uzluksiz, barqaror va o‘zgaruvchan narsa va jarayonlarning o‘zaro nisbati nuqtai
nazaridan tushuntirishga harakat qilgan. Antik davrdayoq Geraklit, undan keyin Epikur har qanday 
harakat manbaini ichki jarayonlarning qarama-qarshiligidan topgan. Ayni shu antik davrda
tushunchalar mantig‘ida harakat jarayonini mantiqiy dalillar yordamida tushunib etish bilan bog‘liq 
qiyinchiliklar qadimgi faylasuf Zenonni mashhur aporiyalarni ta’riflashiga turtki berdi.

Aporiya – 

muhokamalardagi ziddiyat tufayli hal etib bo‘lmaydigan yoki hal etilishi mushkul


bo‘lgan holat, 


mantiqiy qiyinchilik, muammo. 
Zenonning «Axilles va toshbaqa», «Uchayotgan kamon o‘qi» kabi 
aporiyalari, hissiy tasavvurlarga zid o‘laroq, harakat materiyaning atributi ekanligiga shubhalanishga
majbur qilgan. «Axilles va toshbaqa» aporiyasi mazmuniga ko‘ra, chopqir Axilles hayvonot olamining 
eng uquvsiz yuguruvchisi toshbaqani quvib boradi, deb faraz qilinadi. Bundan Zenon Axilles hech
qachon toshbaqaga eta olmaydi, degan mantiqiy xulosa chiqaradi. Zenon bu aporiyasida quyidagicha 
fikr yuritadi: «Biror odam A nuqtadan V nuqtaga borishi lozim bo‘lsin. U V nuqtaga eta oladimi?»
Zenon bu savolga yo‘q, deb javob qiladi. Chunki A nuqtadan V nuqtaga qarab yo‘l olgan odam, avvalo, 
shu masofaning teng yarmidan o‘tishi zarur. Bu masofaning teng yarmiga etishiuchun esa, shu yarim
masofaning yana yarmini o‘tishi zarur. Yarim masofaning yarmiga etishi uchun esa, qolgan 
masofaning yarmidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Xullas, oraliq masofa cheksiz miqdordagi yarim
bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Cheksiz yarim bo‘laklarni bosib o‘tish uchun esa cheksiz vaqt lozim.
Hech kim cheksiz vaqt yashay olmaydi. Shunday ekan, hech qachon u A nuqtadan V nuqtaga etib bora
olmaydi. Bularning hammasi harakat jarayonini formal-mantiqiy tavsiflash mushkulligini ko‘rsatadi. 
Ayrim faylasuflar Zenon aporiyalarini rad etish uchun sezgi organlariga suyanganlarida, bunda ham
ancha asosli e’tirozlar topilgan. Sezgi harakatni «ko‘rishi» qadimgi falsafa vakillari – eleatlar 
tomonidan tan olingan, lekin aql uni «tushunish»ni xohlashi va tushuna olmasligi qayd etilgan. Aql
mohiyatni, sezgilar esa hodisalar va ko‘z ilg‘aydigan narsalarni o‘rganishini hisobga olsak,eleatlar 
mantig‘iga ko‘ra, aynan mohiyatda harakat mavjud emas. Zenon harakatni ziddiyatsiz tarzda tavsiflash
mumkin emasligini ko‘rsata olgani e’tirof etilgan. Binobarin, harakat qaramaqarshilik demakdir. 
Zenon aporiyalarining alohida qimmati shundaki, ular amalda mavjud qaramaqarshiliklarni ko‘rsata
olgan. Balki, shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘plab qadimgi manbalarda Zenon dialektika asoschisi 
sifatida qayd etiladi. Zenon o‘zi asarlarini Parmenidning «Hamma narsa bir» degan shiorini «Hamma
narsa ko‘pdir» degan qarama-qarshi yondashuvdan himoya qilish uchun yozganini 
ta’kidlagan.Harakatni o‘rganishning muhimligini barcha faylasuflar teran anglagan. Aristotel
harakatni bilmaslik sabablarni bilmaslikka olib keladi, deb hisoblagan va borliqning turlari qancha 
bo‘lsa, harakat va o‘zgarishlarning turlari ham shuncha, deb qayd etgan. Uning fikricha, «Miqdor
uchun ko‘payish va kamayish, sifat uchun – o‘zgarish, makon uchun – ko‘chib yurish, mohiyat uchun 
– vujudga kelish va yo‘q bo‘lish mavjud»
12
. Harakatning vujudga kelish, yo‘q bo‘lish, o‘zgarish, 

12
Аристотель. Органон. –М.: 1990 г. с. 159Аристотель. Органон. –М.: 1990 г. с. 159

3

Forobiy // Falsafa qomusiy lug’at. –Т.: «Sharq», 2005 й. 431-b


.






Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin