Sodda aylantirishda xulosaga asos qilib olingan fikr va hosil bo’lgan yangi fikr hajm jihatidan teng
11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
163
Masalan: Faqat barcha kvadratlar — tomonlari teng to’rtburchak.
Demak, barcha tomonlari o’zaro teng to’rtburchaklar — kvadrat.
Sxemasi: Barcha S — R dir Barcha R — B dir.
Cheklash orqali aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J) hukm hosil
qilinadi.
Masalan: Barcha planetalar — sharsimon. Demak,
Yer - sharsimon.
v)
Predikatga qarama-qarshi qo’yish
.
Bunda xulosaning sub’ekti
asosning predikatiga,
xulosaning predikati asosning sub’ektiga zid bo’ladi.
Masalan; Hamma talabalar bilimga chanqoq.
Demak, hech bir talaba bilimga chanqoq bo’lmasligi mumkin emas.
Formulasi: A - Barcha S-R dir, Demak, O - Ayrim S-R emasdir.
Mantiqiy kvadrat bo’yicha
A-O hamda E-J zid, ya’ni kontradiktor
hukmlar hisoblanadi va
uchinchisi istisno qonuniga bo’ysunadi. Bunda A ning chinligidan O ning yolg’onligi
kelib
chiqadi. Demak, zid hukmlardan bevosita xulosa chiqarish mumkin emas.
Masalan: Sudning ayrim qarorlari oqlaydi (J).
Sudning hech bir qarori oqlamayli (E). Xulosani mantiqiy kvadrat bo’yicha chiqarish mumkin.
Mushohadalar orasidagi munosabatlarga tayangan holda xulosa
chiqarish mantiqiy kvadrat
bo’yicha xulosa chiqarish, deb yuritiladi.
Ma’lumki, mushohadalar
orasida qarama-qarshilik, zidlik hamda bo’ysunish
munosabatlari
mavjud.
A-E hamda J-O mushohadadlar orasida qarama - qarshilik munosabati mavjud.
Bunda bir
hukmning chinligidan ikkinchisining xatoligi kelib chiqishi shart zmas. Masalan: Ayrim talabalar
reyting ballarini to’playdi.
Ayrim talabalar reyting balini to’play olmaydi.
Bunda mushohadaning birinchisi asos, ikkinchisi xulosa bo’lishi mumkin.
A-J hamda E-O hukmlari bo’ysunish munosabatida. Shuning uchun ham umumiy inkor (E)
hukmdan juz’iy inkor (O), umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J)
hukm hosil qilinishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: