Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə237/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 

181
Axloqshunoslik va ekologiya. Keyingi paytlarda axloqshunoslikning ekologiya bilan aloqasi


tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan axloqshunoslik ko‘proq insonning o‘zi, o‘zgalar va 
jamiyat oldidagi majburiyatlarini tahlil etish bilan shug‘ullangan, uning tabiatga bo‘lgan
munosabati diqqat markazidan chetda qolib kelgan. Lekin keyingi davrlarda, ayniqsa, XX va XXI 
asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doirasidagi yondashuvlar oqibatida paydo bo‘lgan
ekologik buhron manzarani o‘zgartirdi. Endilikda global ekologik muammolar ko‘proq 
odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazarlariga bog‘liq ekani ma’lum bo‘lib qoldi.
Shunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etishning ko‘p jihatlari 
axloqshunoslik ko‘magiga borib taqalmoqda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan maxsus
soha ham yuzaga keldi. Lekin, bu-axloqshunoslik ekologiyani to‘liq o‘z ichiga oladi, degan so‘z 
emas. Chunki axloqshunoslikda axloqiy baholash va boshqarish ob’ekti sifatida tabiatning o‘zi
emas, balki odamning tabiatga bo‘lgan munosabati maydonga chiqadi.
Axloqshunoslik va milliy g‘oyalar falsafasi. Garchand o‘quv fani sifatida milliy g‘oya oliy
va o‘rta maxsus ta’lim tizimida yaqinda joriy etilgan bo‘lsa-da, uning ildizlari qadimiy ma’naviyat 
tariximizga borib taqaladi. Zero, har bir milliy mafkura tizimida axloqiy g‘oyalar albatta o‘z
o‘rniga ega bo‘ladi, ko‘pgina axloqiy g‘oyalar zamirida esa milliy mafkura unsurlari yotadi. Shu 
sababli, axloqshunoslik tarixini milliy g‘oya, mafkura tushunchalarisiz va tarixiy davrlarning
axloqiy-falsafiy tadqiqini ularning tahliliy in’ikosisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Axloqshunoslik fani jamiyat a’zolari va har bir fuqaroga milliy g‘oyani singdirish vositasi
sifatida ham diqqatga sazovor. Chunki milliy g‘oya ezgulikka muhabbat, milliy qadriyatlarga 
hurmat-e’tibor, vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik, ziyolilik tamoyillarini siyosiy anglash
ishtirokida talqin etilgan tushunchalar tizimi tarzida taqdim qilsa, axloqshunoslik ularni axloqiy 
anglash vositasida ro‘yobga chiqadigan tamoyillar sifatida olib qaraydi. Xullas, axloqshunoslik
bilan milliy g‘oya o‘rtasida, xalqona til bilan aytadigan bo‘lsak, et bilan tirnoq darajasidagi 
yaqinlik mavjud.
Jamiyatimizdagi hozirgi yangilanish jarayonida axloqshunoslikning o‘z o‘rni bor. Uning oldida 
yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining,
ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi 
tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim
zamonaviy bo‘lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo‘ladi.
Yangicha yondashuvlardan biri-axloqshunoslikda milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasiga
e’tiborni kuchaytirish bilan bog‘liq. CHunki zamonaviy komil inson an’anaviy axloqiy qadriyatlar 
bilan yo‘g‘rilgan yangicha mafkuramizni o‘zida mujassam etgan, milliy g‘oyani o‘z ruhiy olamiga
singdirgan etuk shaxs bo‘lmog‘i lozim. Uning qalbida axloq mafkuraviylikni va mafkura 
axloqiylikni o‘zida uyg‘unlashtirgan ma’naviy hodisalarga aylanmog‘i kerak. CHunki mafkura bir
yoqlama, mahdud, o‘ta siyosiylashtirilgan g‘oyalar tizimi emas, u ham xuddi axloq kabi, axloq 
bilan yonma-yon turib, insonni yuksak ma’naviy parvozlarga da’vat etuvchi botiniy kuchdir. Islom
Karimov buni teran mantiqiylik bilan shunday ifodalaydi: «U insonga faqat moddiy boyliklar va 
moddiy ne’matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e’tiqod tufayli
yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va 
tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo‘lini yoritadigan mayoqdir»
44
.

Zero, milliy g‘oya bilan umumbashariy qadriyatlar muvozanatini barqaror saqlashni yashash


sharti deb bilgan mustaqillik mafkurasi axloqni to‘ldiruvchi va boyituvchi hodisa sifatida o‘zining 
bosh maqsadini axloqiy vazifalarga hamohang tarzda amalga oshiradi. SHu bois Islom Karimov:
«Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, 
millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo
44

Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Т., «Ўзбекистон», 2000, 6-b. 


4
O’sha manba, 7-b. 






Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin