Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


kubraviya, yassaviya, naqshbandiya



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə31/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

kubraviya, yassaviya, naqshbandiya
tariqat-suluklari keng tarqalgan.
Kubraviya tariqatining asoschisi

Najmiddin Kubro
dir (1154-1226). Xivada tug‘ilgan, 
yozgan asarlari orasida «SHarhus-sunna val-masolih", «Usuli ashara», «Favoihul-jamol» kabilar
mashhurdir. Kubraviya tariqatining mohiyati o‘nta usulda mujassamlashgan. Bular — tangriga o‘z 
xohishi bilan yuzlashish, zuhd fi dunyo — har qanday lazzatdan o‘zini tiyish, tavakkul — Ollohga
e’tiqodi pokligi uchun barcha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat — xilvatni ixtiyor qilish, 
mulozamat az-zikr — uzluksiz zikr, tavajjuh — Haqqa muhabbat qo‘yish, sabr — nafs balosidan
ozod bo‘lish, muroqaba — tafakkurga g‘arq bo‘lish, rizo — tangri xushnudligini qozonishdan 
iborat.
Kubro mo‘g‘ullar bilan bo‘lgan janglarda jasorat ko‘rsatgan va shahid bo‘lgan. Mo‘g‘ullar 
Kubroning nomi ulug‘ligi, obro‘si balandligini hisobga olib, unga ozod bo‘lishi, omon qolishi
mumkinligini, buning uchun esa qamal qilingan qal’adan chiqib ketishi kifoya ekanini bildirgan. 
Ammo Kubro bunday jon saqlagandan ko‘ra, o‘z xalqi bilan birga yurt himoyasi yo‘lida jon
berishni afzal ko‘rgan. Rivoyat qilishlaricha, ul zot qartayib qolganiga qaramay, jangchilarga faol 
ko‘mak bergan. Buni ko‘rgan shogirdlaridan biri «Ustoz, anchadan beri bayroq ko‘tarib
charchadingiz, uni menga bering», deganida, u «Agar kuchim bo‘lganida qilich yoki kamon olgan 
bo‘lar edim. Bayroqni bizga qo‘yingda, siz yo qilich yoki nayza bilan yog‘iyga qarshi kurashing»,
degan ekan. U bayroqni shunchalik mahkam ushlagan ekanki, xalok bo‘lganidan keyin qo‘lidan 
bayroqni olishning iloji bo‘lmaganidan, bir mo‘g‘ul Kubroning qo‘lini kesib olgan ekan.
YAssaviya tariqatining asoschisi 


Xoja Ahmad YAssaviy
dir (1166 yilda vafot etgan). U 
Turkistonning Sayram muzofotida tug‘ilgan, mashhur mutasavvif YUsuf Hamadoniyning (1140
yilda vafot etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga etgan, orif maqomiga erishgan. YAssaviy 
ustozining vafotidan keyin muayyan bir muddat uning maqomida turgan, so‘ng esa bu maqomni
Abduxoliq Fijduvoniyga qoldirib, YAssi — Turkiston shahriga qaytadi va o‘z tariqati, yo‘l-
yo‘riqlarini tashviq etish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
YAssaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda yozilgan, tasavvufiy qarashlarini aks 
ettirgan hikmatlari devonida o‘z aksini topgan. Unda ilohiy ishq, Haq vasliga etishish, uning
ishqida parvona bo‘lish, undan boshqa narsaga ko‘ngil qo‘ymaslik haqida fikr yuritilgan. Yassaviy 
riyozat, chilla, zikrga alohida ahamiyat berib, hayotining aksariyatini chillaxonada o‘tkazgan.
Yassaviy tariqati Turkiston o‘lkasi, Ozarboyjon, Turkiya, SHimolda — Qozongacha, Farbda — 
Bolqongacha keng tarqalgan.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin