Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə334/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Seminar mashg’ulotlari 

299
Mehnat- turmush estetikasining muhim omili. 


Mehnat – insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli faoliyat. U 

kundalik ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy


qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson, ayni paytda, ham aqliy ham jismoniy tomondan 
tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu
xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli, mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi, 
mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Zotan o‘ziga yoqqan, erkin mehnat turini
bajarayotgan kishilarning «Bu ishni men o‘ynab qilib qo‘yaman» qabilidagi gaplari, erkin mehnatni 
o‘yinga qiyoslashlari bejiz emas. O‘yin – san’atning asosi ekanini nazarda tutsak, bu bilan o‘z
kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod darajasiga ko‘tarishga harakat qilayotganini ko‘ramiz. Zotan 
sevmoq – erkinlik, ijod esa, erkinlik mevasi. Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni
shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo‘lib kelgan. Og‘ir mehnatni engillashtirish, 
erkinlashtirish maqsadida inson qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga
halq og‘zaki ijodidagi mehnat turlariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar yaxshi misoldir. Ular mehnat 
jarayonining qiziqarli, «ichdan» bo‘lmasa ham, «tashdan» go‘zal, musiqiy, badiiy bo‘lib ko‘rinishiga
xizmat qilgan.
Hozirgi paytda mehnat jarayonining ham «ichdan», ham «tashdan» go‘zal bo‘lishini
ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning hal 
qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.
Mehnat estetikasida dizaynga bo‘lgan talab ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Unda faqat 
texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon go‘zalligi
ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining estetiklashishi ro‘y 
beradi.
Mehnat bilan nafosatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ukrainalik estetik olim D.YU. Kucheryuk 
diqqatga sazovar fikrlar bildiradi: «Mehnatning mazmuni aynan o‘zini qadriyat sifatida namoyon
qilishi bilan belgilanadi, – deb yozadi u. – Nafosat ham mehnatning mazmuniy jihatiga aloqador»
59
.

Bunga misol tariqasida u inson o‘z ruhiy-fiziologik quvvatining mehnat jarayonini boshqarish 


mahoratiga egaligidan ruhlanishini va butun vujudi bilan estetik quvonchni his etishini ta’kidlab


o‘tadi. Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy ko‘tarinkiligi mehnat bilan 
estetikaning uyg‘unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat jarayonini jonlantiradigan hodisaga,
uni go‘zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun inson – texnika – makon tizimida, ya’ni, 
dastgohlardan tortib, devoru imoratlargacha, gultuvakdan tortib, darpardalargacha bo‘lgan muhitda
dizaynerning ijodiy yondashuvi lozim; bunda ranglar nafosati ham alohida rol o‘ynaydi.
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko‘pincha faqat jismoniymoddiy mehnat
jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan uni zo‘r berib tadqiq etishga urinamiz. Vaholanki, 
ma’naviy-aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy e’tiborga, estetik tahlilga loyiq. Masalan, teatr
san’atidagi mehnatni olib ko‘raylik. Ulug‘ rejissyorimiz Mannon Uyg‘ur yangi spektaklni 
tayyorlashda «o‘zi ham tinmagan, boshqalarni ham tindirmagan». Repetitsiya paytida tushlikka
chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‘ng tunlari tahlil 
bilan shug‘ullangan, teatr san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog‘ozga tushirgan.
Buyuk fransuz yozuvchisi Balzakninng esa, kuniga 14-16 soatlab ishlagani hammaga ma’lum. 
Mehnat tufayligina san’atkor o‘z iste’dodini namoyon qila oladi, ayni paytda ana shu «o‘zini
qiynash»dan u butun borlig‘i bilan quvonch hissini tuyadi. Badiiy ijod estetik faoliyat sifatida 
san’atkor uchun doimo “shirin azob”, «go‘zal a’mol» – estetik zavq manbai.
Fanda ham mehnatning o‘rni, u olimga beradigan estetik zavq, quvonch san’atdagidan kam 
emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki unda bilimga bo‘lgan ishtiyoqni, ijod
hissini va insonning hayratlanish qobiliyatini namoyon qiluvchi botiniy kuch mavjud. To‘g‘ri, bir 
59


Кучерюк Д.Ю.
Эстетика труда. Киев, «Виша школа», 1989. С. 276. 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin