Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə330/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Seminar mashg’ulotlari 

295
Shuning uchun bo'lsa kerak, kamdan kam xollarda “farosatli kishi, farosati bor, farosatli” degan


so'zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli 
bo'lib, fahm - haqiqatga, farosat – ezgulikka, did – go'zallikka munosabat orqali namoyon bo'ladi.
Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma'noda fahm – aqliy, farosat – 
axloqiy, did – estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab
tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg'unlashgan 
umumiylikdan iboratdir. “Xo'sh, bu ilmning estetik tarbiyaga nima daxli bor?” - degan savol
tug'ilishi tabiiydir. Dahli shundaki, aynan didsizlik va farosatsizlik insonning asl qiyofasini 
bilishga, uning niyatini anglashga monelik qiladi. Zero, har qanday chiroyli ko'ringan, istarali
bo'lishga intilgan, muomalali inson har doim ham go'zal ishlarni qilavermasligini fahm, farosat, did 
yordamida ajratib olishimizga to'g'ri keladi.
Inson ma'naviyatining yuksalishi uning fazilati 
bilan bog'liq ekan, bu jarayon albatta, estetik
tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Bir paytlar AQShda 
kishilarning ijtimoiy xolati bilan jinoyatchilik
o'rtasidagi bog'liqlik o'rganilgan. Yevropada esa 
kishi tug'ilganida vujudida jinoyatga moyil
xarakter
yoki belgilar bo'ladimi? -
degan mavzuda izlanishlar bo'lgan. Hozirda ham 
hunuk ko'rinishli insonlar yomon bo'ladi, deb
ishonuvchilar uchrab turadi. Farosat
ilmining bu nazariyasiga ishonish 1920 yillarda Germaniyada haddan tashqari kuchayib ketadi. Misol
uchun 1929 yil Dusseldorf shahrida amalga oshirilgan jinoyatlar aholini dahshatga soladi.
Politsiya gumon qilgan kishini e'lon qilganida, hech kim ajablanmaydi ham: 21 yoshli aqli zaif Xans
Shtausberg. Lekin xuddi shunday bir jinoyat yana qaytarilgandan keyin “Dusseldorfning haqiqiy 
qonxo'ri” qo'lga olinadi. U ochiq yuzli, juda beozor ko'ringan, hech kimda shubha uyg'otmaydigan
Piter Kurten bo'lgan. Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik tarbiya 
ta'sirida xulqini o'zgartirib, go'zal axloqli kishiga aylanishi mumkin. Shuning uchun o'zida mavjud
yomon xislatlarni yaxshi tomonga o'zgartirgan va ma'naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat 
yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan emas. Shu o'rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati
haqida fikr bildirish va bu borada alohida ta'kidlash shart bo'lgan bir necha mulohazalar bor. Ular 
orasida insonning estetik tarbiyasiga ta'sir etishning psixologik jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Buni ong osti hodisasi orqali izoxlash mumkin.




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin