Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə338/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

Seminar mashg’ulotlari 

303
Ikkinchisi – hozir qizlarimizning nihoyatda tor jinsi shim va bel bilan kindikni ochib turadigan kalta


kofta kiyishi modada. YOz chillasida shim kiyib, serchang ko‘chalarimizda badanning yarmini ochib 
yurish ham gigiena, ham sharqona odob va mintaqaviy axloq bilan sig‘ishmaydigan holat. Bunday
hodisalar yuksak did bilan modaga amal qilish emas, balki ko‘r-ko‘rona modaparastlik, modaning 
ketidan quvish, turmush nafosatini jo‘nlashtirish sifatida baholanishi lozim. Ana shunday hodisalarda
turmush estetikasining tahlillari, nazariy xulosalari asqotadi.
Reklamaning estetik jihatlari va g‘ayriestetik holatlar 

So‘nggi paytlarda turmush estetikasini reklamasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. U tobora 


ommaviylashib, ommaviy axborot vositalari orqali hayotning turli jabhalariga kirib bormoqda.


Reklama mamlakat aholisining barcha qatlamlariga mo‘ljallangan. U insonning mayl-istagini, didini, 
ehtiyojini, qiziqishlarini, voqea-hodisalarga munosabatini shakllantirib, ijobiy yoki salbiy ta’sir
ko‘rsatish kuchiga ega. Reklamada go‘zallik, ulug‘vorlik, mo‘‘jizaviylik va kulgililik kabi estetik 
xususiyatlar in’ikos etadi. SHu bois reklama ijodkori – dizayner ko‘pincha rassomlik san’atidan
xabardor mutaxassis bo‘ladi. U ijodkor sifatida betartib suvrat, matnlar, sarlavhalar va bo‘shliqdan 
tartibli xilmaxillikni yaratadi. Ana shu tartib reklama go‘zalligini ta’minlaydi, tomoshabinga,
o‘quvchiga quvonch bag‘ishlaydi. Reklamada muayyan narsa-hodisaning badiiy qiyofasi yaratiladi, 
ko‘pincha mashhur yirik asardan yoki voqeadan «kichik asar» – ta’sirchan epizodlar bunyod etiladi,
shundan kelib chiqib, unda axloqiyestetik ibtido katta o‘rin egallaydi. Badiiy qiyofaning mavjudligi 
esa, reklamani san’atga yaqinlashtiradi, uni muayyan ma’noda badiiy yaxlitlik darajasiga ko‘taradi.
Undagi mubolag‘a usuli, lahzalik hayrat uyg‘otgani holda, kishini reklama qilinayotgan narsa-
hodisaning mohiyatiga, foydalili xususiyatiga sezdirmay olib kiradi.
Reklamada rang estetikasi alohida ahamiyatga ega. SHu nuqtai nazardan qaraganda, tashqi 
reklamalar atrof-muhitni go‘zallashtirish tamoyillari asosida joylantiriladi va shaharlarimizga
kunduzi ham, tunda ham o‘ziga xos chiroy bag‘ishlab turadi. Ayniqsa, tungi reklamalarda nurdan 
foydalanish ko‘pincha san’atkorona mahorat bilan amalga oshiriladi.
Reklama, agar faqat foyda, sof iqtisodiy-ma’naviy jihatlar ko‘zlab ish tutsa, oddiy dallollik 
vositasiga aylanishi mumkin. Bunday hollarda tomoshabin diqqatini tortishga o‘ta urinish oqibatida
behayo tasvirlar vujudga keladi. Vaholanki, u iqtisodiyotga asoslangan keng qamrovli ma’naviy 
hodisa, odamlar orasidagi ijtimoiy muloqot shakllaridan biridir. SHu bois reklama estetikasiga
alohida e’tibor berish, unga aholi estetik didini, turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladigan 
vosita sifatida qarash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridandir.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin