Seminar mashg’ulotlari
293
mehnatga bo'lgan yangicha tuyg'uni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni
rag'batlantirish, odamlarda mulkka egalik xissiyotini tarbiyalash o'z navbatida mehnatga bo'lgan
munosabat orqali rivojlanib boradi. Negaki, odamlarda ko'p ukladli, turli
mulk tizimlarini barpo
etishga bo'lgan rag'bat tarbiyasi insonni bir tomonlama fikrlashdan, boqimandachilik kayfiyatlaridan
halos qilib, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, odamning o'z kuchi
va salohiyatiga suyanishini
kuchaytiradi, mehnatga hurmat, sadoqat va fidoiylik tuyg'ularini shakllantiradi. Bu pirovardida xalq
turmush darajasining o'sishiga olib keladi. Mehnatga bo'lgan yangicha munosabat o'zining ana
shunday hususiyatlariga ega ekanligi bilan nafosatli tarbiyaning muhim vositasi bo'lib sanaladi.
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari inson estetik tarbiyasiga yaqindan ta'sir qiluvchi qudratli va
faol kuchdir. Ayniqsa, televidenie shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda,
ularni nafosatli jihatdan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang–barang
mavzulardagi
ko'rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy–ma'naviy
mazmundagi reklamalar, telemarafonlar
nafosatli tarbiyani maqsadli yo'naltirishda, insonlar tafakkurida go'zallikka bo'lgan
yangicha
munosabatni shakllantirishda salmoqli ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: