Seminar mashg’ulotlari
291
vositalardir. Bu borada “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida qayd etib o'tilganidek,
“Bugungi kunda ular bir vaqtning o'zida
ham axborot maydoni, ham ijtimoiysiyosiy, ma'naviy-
ma'rifiy minbar, shu bilan birga,
insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq
chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda.” Aytish mumkinki,
axborot va kommunikatsiya
texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi
natijasida odamlarning turmush tarzini, o'zaro aloqasini xatto tashqi ko'rinishini
ham tubdan
o'zgarishiga olib keldi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 50 millionli auditoriyani radio 38 yilda,
televidenie 13 yilda, internet esa bor-yo'g'i 4 yilda egallab olar ekan. Shunisi hayratlanarliki, 1998
yilda internetdan 143 million kishi foydalangan bo'lsa, 2001 yilda ularning soni 700 millionga
yetgan. Bugungi kunga kelib esa internetdan foydalanayotganlar 1,5 mlrddan oshib ketdi. Bu borada
uyali telefon xizmatini aytmasa ham bo'ladi... Biroq, elektron axborot vositalari qanday xususiyatga
egaki, uning ta'sir doirasi bunchalik tez yoyilmoqda? Bu borada mutaxassislarning fikriga ko'ra,
avvalo: - narxining arzonligi; - asosiy mahsulot – bilim, axborot, moda va imidj; - yangi iqtisodiyot
- u axborotga ega bo'lishni xoxlaydigan odamlarga imtiyoz bag'ishlaydi; - chinakam global
xarakterga ega ekanligi.
Ahamiyat berilsa, yuqorida ko'rsatib o'tilgan xususiyatlarning barchasi
yoshlarning manfaatiga, tuyg'ulariga va dunyoqarishiga mos keladi.
Bu xususiyatning barchasi
birgina internetda jamlaganligiga e'tibor beradigan bo'lsak, yoshlarning estetik tarbiyasidagi
o'zgarishga bo'ladigan ta'sir san'at va adabiyotdanda ko'lamliroq ekanligiga shubha qilmasa ham
bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: