Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə321/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI

265
birga o‘zbek xalq amaliy san’ati – naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganch o‘ymakorligi va 


boshqalardan foydalanilayotganini ko‘ramiz.


Ikkinchi talab serharakat shahar kishisining vaqtini tejash hamda unda ma’lum bir voqealar, 
hodisalar haqida ta’surot uyg‘otish, fikr shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan [2]. O‘sha davrda
hukmron bo‘lgan kommunistik mafkura ko‘chalar, maydonlar va binolarga turli shiorlar, plakatlar 
ilishni an’anaga aylantirgan. Ularda asosiy e’tibor shriftga, ya’ni shior mazmuniga mos keluvchi
shriftdan foydalanishga qaratilgan. SHiorlar ko‘pincha qizil alvonga uzoqdan ko‘zga tashlanuvchi 
kesma shriftlar bilan yozilgan. 70-yillarga kelib katta ko‘chalarda, korxonalar maydonchalar,
istirohat maskanlari va ma’muriy idoralar oldida katta plakatlar, temir konstruksiyalar yoki oq 
mramor bilan qoplangan stendlar, mozaika pannolar o‘rnatish keng tarqaladi. Mazkur stend va
pannolarni hozirgacha Toshkent shahrida uchratish mumkin.
Shuni qayd etishimiz kerakki, mazkur plakat, stend va pannolar asosan ideologik vazifani
bajargan, ularda shaharning badiiy-estetik obrazini yaratish, san’at asarlarini dizayn talablariga 
muvofiq loyihalashtirish, bezatish nazarda tutilmagan.
Uchinchi talab shahar – inson konsepsiyasi yuzaga kelgani bilan bog‘liqdir. O‘sha davrda 
o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlar ko‘rsatadiki, shahar shunchaki makon, kishilar ishlaydigan va
istiqomat qiladigan muhitgina emas, u insonning dunyoqarashi, badiiy-estetik didi va hayotiy 
idealini shakllantiradigan ijtimoiy-tarbiyaviy omildir. SHahar muhiti, undagi tarixiy-madaniy
an’analar, turmush tarzi, arxitektura, ko‘chalar va istirohat maskanlari insonda ma’lum 
etnostereotiplarni shakllantiradi. Mazkur tadqiqotlarda shaharni loyihalashtirishga dizayn san’ati
nuqtan nazaridan yondashish lozim, degan fikr ilgari suriladi. To‘g‘ri, ularda hali «shahar dizayni» 
degan ibora ishlatilmaydi, ammo tadqiqotchilar shahar muhitini badiiy-estetik g‘oyalar va asarlar
bilan bezatish konsepsiyasini ilgari suradilar. Masalan, S.B. Bazazyansning fikriga ko‘ra, shahar 
muhiti, ko‘chalar, inshoot va maydonlar musavvirga rang-barang san’at turlaridan foydalanishga
imkon beradi, shuning uchun «har bir ijodkor shahar muhitini badiiy-estetik ta’sir ob’ekti, shahar 
kishisini esa retsipient» sifatida qabul qilishi mumkin.
Shu bilan birga shahar muhitini etnomadaniy belgilarsiz tasavvur etish ham yuqoridagi 
izlanishlarda ko‘zga tashlanadi. SHaharni badiiy-estetik bezatishda o‘ziga xoslik, betakrorlik,
etnomadaniy an’analarga muvofiqlikni izlash emas, balki nasl- nasabsiz, milliy belgisiz 
«sotsialistik shaxs» va «sotsialistik san’at» yaratishga intilish ustun turadi.
SHubhasiz, yuqoridagi uchta fundamental ahamiyatga ega talab shahar dizayni haqida tasavvurlar 
uyg‘otdi, shahar-inson aloqalarini badiiy-estetik mohiyat bilan boyitishga etakladi. Toshkentda
Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn institutining ochilishi O‘zbekistonda 
dizayn san’atini alohida ilm-fan, ijodiy faoliyat sifatida o‘rganish imkonini berdi.
Respublikamizda dizayn haqidagi qarashlar endi shakllanmoqda, «shahar dizayni» tushunchasi 
ham endi qo‘llanilmoqda. Bu borada olib borayotgan ilmiy izlanishlarimiz bizni quyidagi fikrlarni
bildirishga undaydi.
Shahar dizayni shaharsozlik, arxitektura, shahar infrastrukturasi va landshaftining tarkibiy kismi
sifatida qaralishi, quriladigan har bir inshoot, shakllantiriladigan infrastruktura esa badiiy-estetik 
mohiyatga betakror, rang-barang, qiziqarli ko‘rinishiga ega bo‘lishi lozim. Buning, uchun
shaharsozlar, arxitektorlar dizaynerlar bilan ijodiy hamkorlik o‘rnatishi darkor.




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin