Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə319/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI

263
kulgililikdan forig‘lanib-jismonan baquvat, epchil, o‘z ruhi a’zoi badani ustidan hukumronlik qila 


oladigan, katta tabiatining bir qismi bo‘lmish hayvonlar tabiatidan xabardor shaxs sifatida kamol


topishida muhim ahamiyatga ega.


Estrada san’ati. 
San’at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega, unda teatr, musiqa, sirk, 
askiya unsurlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, drama va komediyaning kichik shakllari,
intermediyalar, akrobotika, pontomima, janglyorlik, qo‘shiq, badiiy o‘qish v.b. janrlar 
muvaffaqiyatli ijro etiladi. Unda zamonaviy muammolarning ko‘ngil ochish usullari va kulgi
vositasida ifodasini, xilma-xil tanqid yo‘llarini ko‘rish mumkin. Falsafiylik, ijtimoiy-siyosiy 
mavzular estradada qisqa, lo‘nda, qiziqarli tarzda ochib beriladi. Estrada, sahnaviy san’at bo‘lsada,
teatrdan aynan ana shu «engilligi», «ko‘ptomonlamaligi» bilan farq qiladi. Mashhur rus estrada 
aktyori E.Petrosyan shuni nazarda tutgan holda, bu san’at turini «san’atdagi jurnalistika» deb
ataydi.


Zamonaviy san’at turlari. 
Texnikaviy yutuqlar asosida vujudga kelgan zamonaviy san’at 
turlari insonning har qanday qulay sharoitdan yangi san’at turi yoki asarlarini yaratish uchun
foydalanishini ko‘rsatadi, insondagi san’atga bo‘lgan azaliy va abadiy intilishidan dalolat beradi. 
Bir paytlar, o‘ta ratsional, san’at bilan sig‘ishmaydigan, qo‘pol deb hisoblangan texnikadan hozirgi
paytda inson ildizi noratsionallikka borib taqaladigan badiiy qiyofa yaratish uchun 
foydalanmoqda. SHuning natijasi o‘laroq, keyingi bir yarim asr ichida bir necha zamonaviy
(texnikaviy) san’at turlari paydo bo‘ldi va rivojlandi.


Fotosan’at.

XIX asrning 20-30-yillarida fransuzlar J.Nens, L.Dager, ingliz U.Tolbot 


tomonidan shahar manzaralari, mevalarning rassomlik san’atidagi ko‘rinishlarini optika va kimyo
yordamida suratga ko‘chirish amalga oshiriladi. Uni dastlab «fotogeniya», «fotogenik san’at» deb, 
keyinroq esa, uni rassomlik san’atidagi rangtasvir va grafikaga yaqinligi nazarda tutib,
«fotografiya» degan nom bilan atashdi. Muhimi shundaki, suratga tushirishni badiylashtirish, 
fototexnika asosida san’at asari yaratish boshlandi. Ayni paytda, endi rangtasvirning kuni bitdi,
degan, shoshib aytilgan fikrlar ham o‘rtaga tashlandi.
Badiiy suratkashlikning, ya’ni nurtasvirning rangtasvirdan farqi va eng muhim belgisi – bu
uning hujjatlilik xususiyati, undagi har bir suratga olingan hodisa real asosga ega. Rassom o‘zi 
tanlagan syujet tasvirida tasavvur va xayolotga keng o‘rin beradi, fotosan’atkorda bu imkoniyat
yo‘q, u tasvir ob’ektini real, hayotdagi holatida qanday bo‘lsa, shunday suratga tushiradi. Lekin u 
ob’ektning «yalt» etgan jonli ko‘rinishini topa bilishi va o‘sha jonlilikni saqlab qoladigan nuqtadan
turib ijod qilishi, ba’zan ob’ektning ishiga aralashishi, uni muayyan ruhiy yoki manzaraviy holatga 
kelishi uchun ko‘maklashishi kerak bo‘ladi. Biroq u rassomning erkin aralashuvi imkoniga ega
emas. SHu bois biz fotosan’atda eng yuksak darajadagi jonlilikni ko‘ramiz, tom ma’nodagi real 
borliqning qo‘shig‘ini tinglaymiz.
Fotosan’atda montaj katta ahamiyatga ega. Montaj orqali badiiy qiyofa yaratish imkoni 
nihoyatda keng. Fan va texnikaning ravnaqi tufayli u «mo‘‘jizaviy» darajaga ko‘tarildi.

Kino.

E
ng miqyosli zamonaviy san’at turi hisoblanadi. Bugungi kunda u hamma erda 
«hoziru nozir». Uni kinoteatrlarda jamoaviy, televidenie va videomagnitafon orqali esa oilaviy
yoki individual tomosha qilish mumkin. Hozirgi paytda kino o‘zining dastlabki «harakatdagi 
fotografiya» holatidan shu qadar uzoqlashib ketganki, endi uning ovozsiz davridagi montaj
dramaturgiyasiga suyanib qolgan san’at sifatida tasavvur ham qilish qiyin. Hozir aktyorlar 
yaratgan, murakkab psixologizmga asoslangan badiiy qiyofalar, adabiy ssenariy zaminida
ekranlashtirilgan real hayotni badiiy aks ettiradigan davomli, ko‘pchiziqli syujet birinchi o‘rinda 
turadi. Kinoda teatrdagidek dinamik dramatizm hamda uning asosini tashkil etgan harakat, harakat
va yana harakat (bunda fikriy harakat ham nazardan qochirilmasligi lozim) asarning moyasini 
tashkil etadi. Biroq kino, teatrdan farqli ravishda, kadrlar orqali zamondan-zamonga «sakrab»
o‘tish imkoniga ega, biroq bu «sakrash», agar film rejissurasi puxta bo‘lsa, tomoshabinga 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin