talabaning olgan bilimlari va malakasini nazorat qilish maqsadida
tuziladi va u turli xil nazorat materiallaridan: nazorat ishlari, testlar, sxemalar, krossvordlar va
boshqa topshiriqlardan iborat bo‘ladi. Baholash portfoliosi o‘qituvchi tomonidan mustaqil
tuziladi va uni rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan natijaga erishish uchun o‘z vaqtida
talabalarga taqdim etishi talab etiladi.
8.
«Yutuqlar portfoliosi» talabaning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi ishlari va
yutuqlarini ko‘rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba o‘z xohishi bilan
o‘zining eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari, maqtov yorliqlari, diplomlari,
taqrizlar va o‘z faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.
e-Portfolio deb nomlanuvchi «Talabaning elektron portfoliosi» keng
qo‘llanilmoqda. Bu oddiy Word formatidagi papka bo‘lmasdan, maxsus multimedia tizimida
yaratilgan «portfolio» hisoblanadi. Talaba uni osonlik bilan to‘ldirishi, tahlil qilishi, yangi
materiallarni joylashtirishi, o‘zi tanlagan axborotlarni boshqarishi mumkin.
e-Portfolio ning uch xil shakli tavsiya etiladi:
Rivojlantirish