Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi shukurullayeva madina muhammadjon qizi


Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarning faoliyat xususiyatlari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə12/22
tarix23.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#56134
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Shukurullayeva Madina Dissertatsiya tahrirlangan

Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarning faoliyat xususiyatlari . O‘yin o‘ynash faoliyati. Har xil nutq kamchiliklari bilan qiynalayotgan o‘quvchi bolalar uchun o‘yin o‘ynash faoliyati shaxs va intellektning har tomonlama rivojlanishi uchun kerakli sharoit sifatida o‘zining ahamiyati va rolini saqlaydi. Biroq tovush talaffuz qilishdagi kamchiliklar, lug‘at zahirasining chegaralanganligi, nutqda grammatik qurilishning buzilishi, hamda nutq tempining o‘zgarishi, uning ravonligi – bu hammasi bolalarning o‘yin o‘ynash faoliyatlariga ta’sir qiladi va o‘yinda belgilangan xatti-harakatlar xususiyatlariga ega. Masalan, og‘ir ko‘rinishdagi funksional dislaliyada, rinolalida va dizartriyada bolalar o‘yin o‘ynaganda tengdoshlari bilan qo‘shma faoliyat imkoniyatini yo‘qotadilar, o‘yin qoidalari va mazmunini bilishsa ham, nutq talaffuz qilishning noto‘g‘riligidan, o‘z fikrini bayon qilolmaslikdan, kulgili bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqishadi. Shartli reflektor faoliyatning bo‘shligi, farq qilishni paydo bo‘lishining sekinligi, xotiraning mustahkam emasligi bu bolalarni jamoa o‘yinlariga kirishini qiyinlashtiradi. Umumiy va nutq motorining buzilishi, ayniqsa dizartriyada bolalarda o‘yin o‘ynaganda tez charchab qolishini bildiradi. Nutqi buzilgan bolalarda kerak bo‘lganida dinamik bir turlilikni (stereotipni) tez qayta ishlashda qiyinchiliklar tug‘iladi, shuning uchun ular o‘yinda bir faoliyatdan boshqasiga o‘tolmasliklari mumkin. Bosh miya qobig‘i past ta’sirlanuvchi bolalarda tormozlanish reaksiyalariga beriluvchan, o‘yinda jur’atsizlik, lanjlik, ular harakatining tangligi ko‘rinadi, tez charchab qolishadi. Yuqori ta’sirlanuvchi bolalarga diqqat-e’tiborning bir joydaligi, o‘yinni oxiriga yetkazish uchun e’tibor va qat’iylik yetishmaydi. Vazminlikning yetishmasligi, harakat bezovtaligi, xatti-harakatda bezovtalik, nutqni charchab qolishi guruhli o‘yinlarga kirishni qiyinlashtiradi. L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.R Luriya va boshqa olimlar ishining ko'rsatishicha, insoniy xulq shakllari, nutq psixik funksiyalar va qobiliyat bolada tug‘ma bo'lmaydi. Ular maqsad sari yo'naltirilgan ta'lim va tarbiya, jamiyat hayotining shart-sharoitlari ta'siri ostida shakllanadi. Asosiy bilim va taassurotlarini bolalar faqat maqsadga yo‘naltirilgan o‘yin o‘ynash faoliyati jarayonida oladilar14.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin