Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi shukurullayeva madina muhammadjon qizi


Bajarilgan ishning asosiy natijalari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə10/22
tarix23.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#56134
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Shukurullayeva Madina Dissertatsiya tahrirlangan

Bajarilgan ishning asosiy natijalari:

Tadqiqotning tuzilishi va tarkibi. Magistirlik dessertatsiyasi kirish, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan tashkil topgan.



I-BOB.

Nutq buzilishi boʼlgan bolalar psixologiyasining ilimy-nazariy asoslari.

1.1.Nutq nuqsoniga ega bolalar psixologiyasi va psixokorreksiya haqida tushuncha

Bolaning ilk rivojlanish davridan boshlab va homiladorlik davridan onaga g'amxo'rlik qilish keyinchalik bolalarda uchrab turadigan nutq kamchiliklarini oldini olishga imkon beradi. Bola nutqidagi kamchiliklar o'zgalar nutqini tushinishdagi qiyinchilik ularni atrofdagilar bilan muloqatda bo'lishi o'z tengqurlariga qo'shilib ketishini qiyinlashtiradi. Nutq tafakkur ko'ra olish bo'lganligi sababli bola ulg'aygan sari atrof muxitdagi tasavvurlari shakllanadi va uni aks ettirish so'z lug'ati orqali takomillashib boradi. Nutqning rivojlanishda ta'lim-tarbiya ijtimoiy hamda biologik omillarning ta'siri ham kattadir.

Logopsixologiya fani maxsus psixologiyaning yangi tarmog‘i hisoblanadi. Bu fana bir qator psixik o’sishda nuqsoni bor bolalar bilan shug’ullanadi. Maxsus pedagogik va psixologiya tarmog’i hisoblangan Logopsixologiya va logopediya o’zaro nutqida nuqsoni bor bolalar bilan shug’ullanuvchi sohalar hisoblanadi. Shuningdek, amaliyotda bu ikki soha o’zaro uyg’unlikda faoliyat yuritadi. Shuningdek, nutqida nuqsoni bor bolalar bilan ishlovchi sub’ektlar logopedlar deb yuritiladi. Logopеdiya (logos — so`z, padеo tarbiyalash, o`rgatish dеgan ma'noni anglatadi) — pеdagogik fanlardan biri bo`lib, nutq kamchiliklari va ularning sabablarini o`rganish, shuningdеk, bularning oldini olish, borlarini bartaraf etish uchun maxsus ta'lim-tarbiya vositalari va mеtodlarini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan shug`ullanadi.

Buyuk mutaffakirlarimizdan Yusuf Xos Hojib odob, axloq ta'limtarbiya hamda ma'naviy kamolotning yo'l-yo'riqlarini qomusiy asari – “Qutadg'u-bilig” da bilim zakovat sohibi bo'lishining asosiy kalitini bayon qiladi. Til tufayli kishi o'z bilimi, aql idrokini, zakovotini til, so'z orqali bildiradi degan fikrlarini uqtiradilar 6. Nutq faqat inson uchun xos bo'lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta'sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til - bu fonetik, leksik va grammatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi o'z fikrini bayon etish uchun zarur bo'lgan so'zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog'laydi va nutq a'zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi. Odam nutqi tushunarli va ma'noli bo'lishi uchun nutq a'zolarining xarakatlari aniq va to'g'ri bo'lishi kerak.

Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta'rif bergan dastlabki tadqiqotchilardan biri R.Ye.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham ko'pchilik olimlar nutq buzilishlari, ularning kelib chirqish sabablarini, bartaraf etish hamda fikr mulohazalar bildirganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining nutq buzilishlarini o'rganish borasida qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlarining katta ta'siri bo'lib, A.Kusmaul nutq buzilishlarining dastlabki turlari haqidagi yig'ilgan tasavvurlarini tanqid ostiga oldi; ularni sistemalashtirdi, atamalarni tartibga keltirdi. XX asr boshida esa chet ellik va rus tadqiqotchilari V.Oltushevskiy, G.Gutsman, E.Freshels, S.M.Dobrogayevlarning ishlari asos qilib olindi7. Buning umumiy tomoni ko'p edi; etiolopotogenetik mezon bilan to'ldirilgan klinik yondashuv, buzilishlarning alohida turlari bilan kasallikning u yoki bu patalogik shakli o'rtasidagi bog'lanish, bunday hollarda nutq buzilishlari ko'pincha u yoki bu kasallikning alomati sifatida talqin qilinar edi, shuningdek, tasnif tili bunda lotin va grekcha so'z yasovchi elementlaridan tashkil topgan atamalardan qo'llanilgan. Tasniflar o'rtasida buzilishlarni guruhlashning turli prinsiplari, shuningdek, u yoki bu mezonni tasniflashning muhimlik darajasiga bo'lgan qarashlaridagi ayrim qarama-qarshiliklar bilan bog'liq nomutanosibliklar ham kuzatiladi8. Nutq nuqsoniga ega bolalar psixik rivojlanish faniga o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi bir qator ma’lumotlar yig`ildi.

Nutq nuqsonini o‘rganuvchi olimlar L. R. Mo‘minova, M.Yu. Ayupova, X. M. Po‘latova, D. A. Nurkеldiеva, M. P. Hamidova va boshqalar o‘z diqqatlarini nutq nuqsonlarining mеxanizmlari, sabablari, alomatlari va bartaraf etish usullarini ilmiy-mеtodik asoslarini yaratishgan9. Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar psixik rivojlanishini o‘rganishga esa kam ahamiyat bеrganlar.

Nutq buzilishlarining kelib chiqishida ekzogen va organik omillar ko'proq rol o‘ynaydi. Bu sabablar guruhi M.Ye. Xvatsev tasnifi bo‘yicha jarohat joyiga qarab organik markaziy va organik periferik guruhlarga kiritiladi10. Ekzogen-organik omillar deganda bola MNS ga va bola organizmiga yaxlit ta'sir etuvchi turli xil zararli ta'sirlarni tushunamiz. Bu omillarning ta'sir etish vaqtiga qarab quyidagilarga bo'linadi:

I. Homilalik, ya'ni (perinatal) bolaning ona qornidaligi vaqtidagi ta'sirlar.

2. Tug'ruq vaqtidagi jarohatlar natijasida.

3. Turli xil zararli omillaming tug'ruqdan keyingi davrda ta'siri (postperinatal).



Yangi tug‘ilgan chaqaloqning holatiga tashqi ko‘rikda baho beriladi. Sog‘lom Yangi tug‘ilgan bola uchun yuzning tinch ifodasi, jonli yuz ifodasi xos. Ko‘zdan kechira boshlash ko‘pincha emotsional qichqirish bilan o‘tadi. Bola qichqirig‘i kuchi, davomiyligi va modulyatsiyasi bo‘yicha baholanadi. Kuchsiz qichqiriq yoki uning bo‘lmasligi shifokorni tashvishlantirishi kerak. Oy-kuni to‘lib tug‘ilgan chaqaloqdagi afoniya tovush boylamlariga shikast etganligi, MNS zararlanish: subdural gematoma, kalla suyagi ichiga qon quyilishi, homila infeksiyalari, somatik kasalliklar oqibati bo‘lishi mumkin. Qo‘zg‘aluvchan (“miyadan”) qichqirish subaraxnoidal qon quyilishi, kalla suyagi ichida bosimning oshishi uchun xos. Tug‘ma gidrotsefaliya, biliar ensefalopatiyada qichqiriq ko‘pincha monoton (bir xil) tus oladi. “Miya qichqirig‘i” kalla suyagi nervlari kaudal guruhi (yadrolarini emas, ko‘pincha o‘tkazuvchi yo‘llari)ning zararlanishini ifodalaydi. Sog‘lom bolaning qancha muddatgacha yig‘lashi ta`sirlovchining sababiga monand (ochlik, taktil, og‘riq ta`sirotlari) bo‘lishi kerak, sababi bartaraf etilgach tez orada yig‘i to‘xtaydi. Turli xil patologik holatlarda bu aloqa buziladi. Qichqirish xususiyatlari almashinuv buzilishlari (gipoglikamiya, gipokaltsiemiya), ayrim irsiy kasalliklar (Daun kasalligi, “mushuk chinqirig‘i” sindromi)ni diagnostika qilishga imkon berishi ehtimol. Tug‘ma stridorda yig‘lash ifodasi o‘zgargan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda harakat faolligi xususiyatlari palliar tizim ustunligi va mielinizatsiyaning etarli emasligi bilan bog‘liq. Sog‘lom yangi tug‘ilgan bola uchun bukuvchi mushaklar tonusining kuchayishi (fiziologik) xos, bu fleksor pozani belgilaydi: bosh ko‘krakka egilgan, qo‘llar tirsak bo‘g‘inlarida bukilgan va tanaga yaqinlashtirilgan, panjalar bukilgan, oyoqlar tizza va chanoq son bo‘g‘imlarida bukilgan. Yonbosh holatida bosh ba`zan orqaga egilgan. Kalla suyagi shakli va sog‘lom Yangi tug‘ilgan chaqaloq holati homilaning tug‘ruqdagi holatiga bog‘liq. Yozish harakatlarida (bosh, yuz) bosh odatda orqaga tashlangan, yuzlari shishgan. Chanoq bilan kelganda oyoqlar tizza bo‘g‘imlarida yozilgan va chanoq-son bo‘g‘imlarida keskin bukilgan bo‘lishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloq holatiga baho berishda tana nisbatiga baho berish muhim. Yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun quyidagi anatomik belgilar xos: boshi katta, miya bo‘limi yuz bo‘limidan ustunlik qiladi, bo‘yin va ko‘kragi kalta, yuqori bo‘limida toraygan va pastki qismida kengaygan, qorni uzun, oyoqlari kalta. Og‘iz bo‘shlig‘i, lablarning shilliq pardalari – so‘lakning kam ajralishi sababli tiniq pushti rang va quruqroq bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasini yaxshi parvarish qilmaganda sathidan ko‘tarilib turadigan oq dog‘lar paydo bo‘ladi, bu og‘iz oqarishi deyiladi. Kandida zamburug‘lari tomonidan chaqiriladi11. Yangi tug’ilgan chaqaloqni tibbiy ko’rikdan vaqtida o’tkazmaslik hamda bola rivojlanish jarayonidagi tashqi va ichki omillarning ta’siridan himoya qilmaslik umumiy jihatdan nutq buzilishiga olib keladi. Nutq buzilishi odatda tug’ma (irsiy) va orttirilgan bo’ladi. Tug’ma nutq buzilishi perinatal davrda yoki er-xotinning noto’g’ri hayot tarzi yoki jinsiy hayotning sog’lom yo’lga qo’yilmaganligi sabab bo’lsa, orttirilgan nutq buzilishi esa bolaning rivojlanishidagi beriladigan tarbiya va hayotiy ko’nikmalarni hosil qilishdagi ijtimoiy og’ishlar asosiy sabablardan hisoblanadi.

Ko'pincha homilalik patologiyasi tug‘ruq paytida bola nerv tizimining jarohatlanishi bilan qo'shilib yuzaga keladi. Shunday uyg'unlashuv zamonaviy tibbiy adabiyotlarda "perinatal patologiya" termini bilan belgilanadi12. Nerv tizimining bunday jarohatlanishi turli xil patologik holatlarni, homiladorlik davrida turli xil zararli omillarning homilaga ta'sir etishi, tug'ruq paytida va tug'ruqdan so'ng dastlabki davrlarda zararli omillarning ta'sir etishini birlashtiradi. Perinatal patologiya onaning homiladorlik vaqtidagi kasalliklari, infeksiyalar, intoksikatsiyalar, homiladorlik toksikozlari, shuningdck, turli ko'rinishdagi akusherlik patologiyalari (tos suyagining torligi, cho'zilgan yoki tezlashgan tug'ruq, muddatdan ilgari suv ketishi, kindikka o'ralish, homilaning noto'g'ri yotishi va h.k.) asosida yuzaga keladi. L.S.Vigotskiy fikricha, nutqiy faoliyatni fiziologik jarayon sifatida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Kommunikativ nazariyaning nuqtai nazaridan esa nutq buzilishi – vеrbal kommunikatsiyaning buzilishidir. Bu fikri bilan L.Vigotskiy Nutqida nuqson bor bolalar psixologiyasini o’rganishda fiziologik o’zgarishga va uning psixikasiga alohida to’xtalishni aytib o’tgan. Psixik taraqqiyotda asosan quyidagi nutq buzilish turlari uchraydi:




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin