Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi shukurullayeva madina muhammadjon qizi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə18/22
tarix23.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#56134
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Shukurullayeva Madina Dissertatsiya tahrirlangan

1-bob bo’yicha xulosa

1. Nutq insonning murakkab oliy psixik funksiyalaridan biridir. Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizimi orqali amalga oshiriladiki, bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o`ynaydi, nutq faqat inson uchun xos bo`lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir, nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir – birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi, til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir, odam nutqi tushunarli va ma’noli bo`lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va to`g’ri bo`lishi kerak. Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilish zarur. Nutq buzilishlari uzoq yillar davomida o`rganilib kelayotgan sohadir. Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi.

2. Nutq buzilishlari va ularni tuzatishdagi inuhim muammolarni hal qilisli maqsadida logopediya fani materialistik, metodologiyaga tayanuvchi tamoyil va mctodlardan foydalaniladi. Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: sistemalilik, komplckslilik, rivojlanisli tamoyilini, nutq buzilishini bolaning psixik rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan o‘zaro bog'liq holda qarab chiqish, faoliyatli yondashuv, ontogenetik tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish tamoyili (etiopatogenetik lamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa tamoyillar.

3. Nutq buzilishlarining paydo bo'lishi ko'p hollarda biologik va ijtimoiy omillarning o'zaro murakkab ta'siri bilan bog'langan bo'ladi. Nutq buzilishlarini samarali logopedik tuzatish uchun buzilishning har bir alohida holda buzilish etiologiyasi, mexanizmlari, alomatlarini aniqlash, yetakchi buzilishlarni ajratib ko'rsatish, nuqson tuzilishidagi nutqiy va nutqsiz belgilarning o'zaro munosabatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

4. Nazariy jihatdan psixokorreksiya maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab tizimida bolani ob’ektiv reallikni idrok etishida tengqurlariga nisbatan o‘yin, turli mashqlarni bajarishida orqaga qolish holatlari kuzatilganda, aniqlangan nuqsonlarni tuzatishda qo‘llanilishi tavsiya etiladi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin