Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi shukurullayeva madina muhammadjon qizi


II. Nutqida nuqsoni boʼlgan bolalar bilan psixologik korrektsiya olib borishning uslubiy tomonlari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə19/22
tarix23.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#56134
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Shukurullayeva Madina Dissertatsiya tahrirlangan

II. Nutqida nuqsoni boʼlgan bolalar bilan psixologik korrektsiya olib borishning uslubiy tomonlari.

2.1. Nutqida nuqsoni boʼlgan bolalarni psixologik tekshirish.

Bolalarning rivojlanish bosqichlarini psixik tomondan o‘rganish bolalar psixologiyasi, pеdagogik psixologiya va logopеdiyani o‘z ichiga birlashtiradi. Bolalar psixologiyasi bolalarda kеchadigan ruhiy jarayonlarni o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bolani boshqa shaxslar bilan muloqotga kirisha oladigan, mеhnat qila oladigan shaxsga qay tarzda aylanishini ko‘rsatib bеradi. Logopеd – bolalarning psixik rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashda va farqlashda yuqorida bayon etilgan bilimlarga tayanishi lozim.

Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to`g’ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to`g’ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga bog’liq. Nutq tug’ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi.

Nutq buzilishlarini o`rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo`lini, bu jarayonning o`ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o`ynovchi sharoitni bilish lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o`z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo`ladi. G.L.Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi:

1) tayyorlov davri (2 yoshgacha);

2) nutqning mustaqil shakllanish davri.

A.N.Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo`lib ko`rsatadi:

1) tayyorgarlik davri – bola tug’ilgandan bir yoshgacha;

2) bog’chagacha bo`lgan davr – 3 yoshgacha;

3) maktabgacha bo`lgan davr – 7 yoshgacha;



4) maktab davri.

Bola tug’ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig’idan iborat bo`ladi. To`g’ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va yig’i nutq apparatining 3 bo`limini (nafas olish, ovoz hosil bo`lish, artikulyasion) rivojlanishida katta rol o`ynaydi. Ikki hafta o`tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo`shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin bo`lib qoladi. Tez kunda bola intonasiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonasiyaga – yig’laydi. 2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bo`g’inlarning talaffuzi paydo bo`ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyasiya qilinmaydi. Bola 5 oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyasion harakatini ko`rib unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko`p marotaba takrorlashi harakat ko`nikmasining mustahkamlanishiga olib keladi. 6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bo`g’inlarni talaffuz eta boshlaydi (na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar). Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog’laydi (bu, ma, bey). Bola 7-9 oyligida kattalar ketidan turli xil bo`g’inlarni qaytara boshlaydi. 10-11 oyligida so`zlarning o`ziga reaksiya paydo bo`la boshlaydi (vaziyat va gapirayotgan kishining intonasiyasidan qat’i nazar). Ikkinchi davr – bog’chagacha bo`lgan davr (bir yoshdan 3 yoshgacha). Bolada birinchi so`zlar paydo bo`lgandan so`ng, tayyorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyasiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so`zlarni ko`p marotaba takrorlaydi va o`zi ham so`zlarni talaffuz qiladi. Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug’at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko`ra, bolalarning lug’at boyligini bog’chagacha bo`lgan davrda o`sishi quyidagi raqamlarni ko`rsatadi: 1 yoshu 6 oyda - 10-15 ta so`z, 2-yilning oxiriga kelib 300 ta so`z, 3 yoshga borganda – 1000 ta so`z. Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o`z xohish va iltimoslarini bir so`z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so`zdan iborat sodda jumlalar paydo bo`la boshlaydi. Uchinchi davr – maktabgacha bo`lgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha). Maktabgacha bo`lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyasion jihatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari - p, b, m, f, v va boshqalarni o`rganadilar. Artikulyasion jihatdan talaffuz etish qiyin bo`lgan: shivirlovchi, sirg’aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarini talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto`g’ri qo`llaydilar yoki talaffuz etmaydilar. Bu davrda lug’at boyligining o`sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug’ati 3000-4000 ta so`zgacha etadi. Lug’at boyligi o`sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi.

To`rtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o`ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ravishda ro`y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq etakchi rol o`ynaydi.

Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o`zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Nutq kamchiligi logopediya fanida muayyan tilning me’yorlaridan chetga chiqish deb ta’riflanadi.

Nutq kamchiliklari quyidagilar bilan xarakterlanadi:

1. Nutq kamchiligi o`z-o`zidan barham topmaydi, balki vaqt o`tgan sari yanada mustahkamlanib, zo`rayib boradi.

2. Nutq kamchiliklarini kattalarda namoyon bo`lishi ularning yoshiga mos kelmaydi.

3. Nutq kamchiligiga ega bo`lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj bo`ladilar.

4. Og’ir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko`rsatadi. Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi.

Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko`rib chiqishda evolyusion-dinamik yondoshiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini tahlil qilishdan, anomal rivojlanishining umumiy konuniyatlarini va xar bir yosh davrida Nutqning rivojlanish konuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir (I. M. Sechenov, L. V. Vigotskiy, V. I. Lubovskiy).

Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari:

1. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar;

2. Xomiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jaroxatlar, qonning rezus-faktorga mos kelmasligi;

3. Tug’ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya;

4. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensofalit).

5. Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo`ladigan bosh miya jarohatlari.

6. Nasliy faktorlar.

7. Sosial-maishiy sharoitning yomonligi. Bu xolat mikrososial pedagogik qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo`ladi. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan sabablar, ayrim xollarda ularning birgalikda qo`shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo`lishi mumkin.

Tadqiqotchilarning e’tibori bolalar jamoasi (o`quv guruhi, sinf) bilan ishlash uchun zarur bo`lgan logopedik ta’sir etish metodlarini ishlab chiqishga yo`naltirilgan edi. Buning uchun bolalardagi nutqning nonormal rivojlanishining turli shakllaridagi nuqsonlarning umumiy ko`rinishi, ayniqsa, o`qish jarayonida tuzatish uchun dolzarb hisoblanganlarini topish zarur edi. Bunday yondashuv buzilishlarni guruhlashda boshqacha prinsipni talab kildi. Bu shunday prinsipki, tibbiy tasniflash (umumiydan xususiyga emas, balki xususiydan umumiyga bo`lgan) uning asosiga ko`riladi. Bu uni lingvistik va ruhiy mezonlar asosida ko`rishga imkoniyat yaratdi. Ular orasida Nutq sistemasining tuzilish komponenti (tovush tomoni, grammatik tuzilishi, lug’at zonasi), nutqning funksional jihatlari, nutqiy faoliyat turlarining (og’zaki va yozma) o`zaro aloqadorligi hisobga olinadi.

Keltirilgan tasnifda nutq buzilishlari ikki guruhga bo`linadi.

Birinchi guruh — muomala vositalarining (nutqning fonetik-fonematik va umumiy rivojlanmay qolishi) buzilishi.

1. Nutqning fonetik-fonematik rivojlanmay qolishi - bolalarda ona tilini talaffuz qilish sistemasi shakllanish jarayonlarining fonemalarini idrok etish va talaffuzdagi nuqsonlar oqibatida turlicha Nutq zaiflashuvlari bilan bog’liq ravishda buzilishidir.

2. Nutqning to`liq rivojlanmay qolishi — turli xil murakkab Nutqiy kamchilikdir, bunda nutq sistemasining tovush chiqarish va ma’noli tomonlariga taalluqli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni buzilgan bo`ladi. Umumiy alomatlari sifatida quyidagilar kayd qilinadi: nutq rivojlanishining kech boshlanishi, lug’at boyligining kamligi, agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar, (fonemalar tuzilishidagi nuqsonlar). Nutqning bunday rivojlanmay qolishi turlicha darajalarda aks etishi mumkin: nutqning yuqolishi yoki uniig noaniq bog’lanishsiz xolatidan mukammal holatigacha, lekin bunda fonetik va leksik-grammatik rivojlanmay qolish elementlari bo`ladi. Bolada nutq vositalarining shakllanganlik darajasiga qarab nutq rivojlanmay qolish uch darajaga bo`linadi. Ikkinchi gurux — muomala vositalarini qo`llanishdagi buzilish (unga duduqlanish ham kiradi), bu muomala vositalarining to`g’ri shakllangan holatidagi Nutqning kommunikativ funksiyalarini buzilishi deb qaraladi. Bir necha xil (kombinasiyalangan) nuqson ham bo`lishi mumkin, bunda duduqlanish nutqning umumiy rivojlanmay qolishi bilan qo`shilib ketadi.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin