Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi shukurullayeva madina muhammadjon qizi


Birinchi yo'nalish Gippokrat nuqtayi nazari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə16/22
tarix23.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#56134
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Shukurullayeva Madina Dissertatsiya tahrirlangan

Birinchi yo'nalish Gippokrat nuqtayi nazari bo‘lib, bosh miyaning jarohatlanishi nutq buzilishlarining kelib chiqishiga sabab bo'luvchi bosh omil ekanligi ta'kidlangan.

Ikkinchisi Aristotelga tegishli bo'lib, periferik nutq apparatining buzilishlari aynan nutq buzilishlarining sabab etib ko'rsatilgan. Nutq buzilishlari sababini o'rganishning keyingi davrlarida ham bu ikki nutqayi nazar saqlanib qolgan. Nutq buzilishlari etiologiyasi haqidagi tasavvurlar, shu muammoni o'rganishning barcha davrlarida, ular mohiyatini tushunishni ifodalaydi. Shuningdek, ma'lum davr va mualliflarning umumiy metodologik yo‘nalishini ifodalaydi.

Biologiya, embriologiya, nazariy tibbiyot sohalarida so‘nggi 10 yillikda qo'lga kiritilgan katta yutuqlar, tibbiy genetika, immunologiya va boshqa fanlarning erishgan yutuqlari nutq buzilishlari etiologiyasi haqida chuqurroq tasavvurga ega bo'lish imkonini berdi va ularning kelib chiqishida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) zararlarning ahamiyatini ko'rsatdi. Nutq buzilishlarining faqat organik (markaziy va periferik) sabablarini ajratmasdan, balki funksional sabablarni ham ajratish, nutq buzilishi mexanizmini bola organizmiga ko'rsatadigan ta'sirini tushunish ham kerak. Bu nutq buzilishlarini korreksiyalash uchun to'g'ri yo'l va metodlar tanlash, ularni oldindan aytib berish va oldini olish uchun ham muhimdir.

Nutq buzilishlari sababi - organizmga tashqi yoki ichki zararli omilning ta'sir etishi yoki ularning o'zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki bu, nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi.

Etiologiyada tashqi va ichki omillarning roli masalasi umumiy sababiyat muammosining bir bo'limi hisoblanadi. Nutq kamchiligining kelib chiqishi va uning klinik ko'rinishi shakllanishida bu ikki omil orasida bevosita, o'zaro aloqadorlik o'rnatilgan.

Nutq buzilishlarining kclib chiqishida maxsus sharoitlar katta rol o'ynaydi, ya'ni nutq kamchiliklarining kelib chiqishiga yordam beruvchi yoki to'sqinlik qiluvchi omillar. Masalan, psixik travma ta'siri ostida bolada duduqlanish yuzaga kelsa, u tashqi sabab sifatida ko'riladi. Quyidagilar esa duduqlanishning kelib chiqishi uchun qulay sharoit bo'lib xizmat qiladi: bolaning somatik zaifligi, uning nevropatik organizmi (nerv-psixik qo'zg'aluvchanlikning oshganligi), markaziy nerv sistemasining organik jarohatlanishi asoratidir.

Evolutsion-dinamik yondashuv va psixikaning shakllanishi jarayonida biologik va ijtimoiy dialektik birlik tamoyili, nutq buzilish etiologiyasini o'rganish uchun asos bo'ladi. Bu aspektda bola nutqiy faoliyatining rivojlanishi uning markaziy nerv sistemasi (MNS) ning yetuklik darajasiga qarab belgilanadi va ma'lum darajada bolaning tashqi olam bilan o'zaro munosabati xususiyatlariga ham bog'liqdir.

L.S. Vigotskiy ishlab chiqqan psixik rivojlanishining konsepsiyasi, bolalik davrida nutq rivojlanishi buzilishining sababini o'rganishda metodologik asos bo'lib xizmat qiladi21. Psixika rivojlanishining atrof-muhit ta'siri bilan bog'liqligini tushuntira turib, u "rivojlanishning ijtimoiy vaziyati" tushunchasini kiritdi. Bu o'z navbatida rivojlanishning ichki jarayonlari va tashqi sharoitlarni o'zida namoyon etadi. Funksional xulqiy tizimning yetilishi asosida afferentatsiya yotadi, ya'ni turli analizatorlar orqali tashqi olamdan signal olish. Birinchi navbatda eshituv analizatori turli xil signallarni va eng avvalo, nutqiy signallarni qabul qiladi. Eshituv afferentatsiyasining manbayi bo'lib, bola bilan muloqot qiluvchi katta odam hisoblanadi. Shunga bog'liq ravishda nutqiy muhit va nutqiy muloqotning roli juda kattadir va ularning yetishmovchiligi nutq shakllanishini buzuvchi asosiy sabablardan biri bo'lishi mumkin. Demak, nutq kamchiligiga ega kishilar orasida yoki nutqiy chegaralangan muhitda tarbiyalanuvchi ilk yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishidan orqada qoladi (kar-soqov ota-onalar yoki yaqqol nutq kamchiligiga ega ota-onalar, uzoq muddat kasalxonada yotish, turli xil og'ir kasalliklar tufayli ijlimoiy kontaktga kirishishning chegaralanganligi).

Bola nutqining normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega bo'lishi, ijobiy-emotsional tusda kechishi kerak. Unga tovushlarni shundoqqina eshitish kamlik qiladi (vidiomagnitofon, televizor). Dastlab ma'lum yosh davri uchun xarakterli asosda kattalar bilan muloqot qilish lozim. Bolani kattalar bilan muloqoti shaklining o'zgarishi nutq rivojlanishiga turtki bo'ladi. Demak, hayotining birinchi yili uchun xarakterli bo‘lgan emotsional muloqotni 2-3 yoshlarda predmetli-harakatga almashtirishi uning nutqi rivojlanishiga yaxshigina turtki bo'lib xizmat qiladi. Agarki, bunday o‘zgarish yuz bermasa, u holda nutq rivojlanishida orqada qolish yuzaga keladi.

Bolada predmetli-o‘yin faoliyati jarayonida to'plangan taassurotlar nutq rivojlanishiga dastlabki zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bola nutqining rivojlanishi tashqi noqulay sharoitlar natijasida kechikadi va buziladi: ijobiy emotsional muhitning yo'qligi, haddan tashqari shovqin-suronli muhit.

Nutq taqlid asosida rivojlanadi. Shu sababli ayrim nutqiy kamchiliklar (talaffuzning aniq emasligi, duduqlanish, nutq tempining buzilishi va boshqalar) asosida taqlid yotadi.

Nutq kamchiliklari ko‘pincha turli xil psixik travmalardan yuzaga keladi (qo'rquv, yaqin odamini yo'qotganda hayajonlanish, oiladagi uzoq davom etayotgan psixik travmalovchi vaziyat va h.k. ).

Miya rivojlanishida anomaliyalari bor bolalarda ko'pgina dizembriogenetik stigmalar tez-tez kuzatiladi; kalla suyagi assimetriyasi, tanglay anomaliyalari, yuqoridagi jag‘ rivojlanishidagi kamchiliklar, pastki jag‘ aploziyasi; miekrognatiya, prognatiya va boshqalar. Homilaga ta'sir etuvchi zararli omillar ta'siri ostida vujudga keluvchi nutq buzilishlariga ochiq rinolaliyani misol qilish mumkin. Homiladorlik davrida onaning yuqumli va somatik kasalliklari, bachadon-yo'ldosh qon aylanishining buzilishiga, homila oziqlanishining buzilishi va kislorod yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Agar homilaga surunkali kislorod yetishmasligi o‘tkir kechmasa, u hech qanday buzilishni keltirib chiqarmasligi mumkin, biroq homila shakllanish tempini birmuncha sekinlashtiradi. Buning natijasida homila muddatiga yetib tug‘ilishiga qaramay bola to‘la shakllanmagan, nerv tizimi zaif tug'iladi. Nerv tizimining mielinizatsiya jarayoni sekinlashadi, nerv hujayrasi va uning aksonlari differensatsiyasi izdan chiqadi, miyaning neyronlararo aloqasining shakllanishi qiyinlashadi. Bu omillar o‘z navbatida nutq faoliyatining shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

S.A. Gridnev (1976) ma'lumotiga ko‘ra, duduqlanuvchilar orasida nasliy og‘irlik 17,5% ni tashkil qiladi. Yozma nutq buzilishlarining kelib chiqishida (disgrafiya, disleksiya) nasliy omillarning roli aniqlangan. Nutq buzilishlarini kelib chiqishida nasliy omillar, odatda, ekzogen-organik va ijtimoiy omillar bilan birgalikda keladi22. Shuningdek, ular ayrim xulq buzilishlarning keltirib chiqarishda boshlovchi omil bo‘lib xizmat qiladilar. Bularga xromosoma sindromi va nerv tizimining nasliy-degenerativ kasalliklarida kuzatiluvchi nutq buzilishlari nomi bilan alohida guruhni tashkil qiladi. Ularning xususiyati kasallikning o'zidan kelib chiqadi.

XX asrning boshlaridayoq nutq funksiyasining miyadagi maxsus "alohida nutq markazlari"ning mavjudligi bilan bog’liq nuqtayi nazar keng yoyilgan edi. I.P. Pavlov bu qarashga yangi yo‘nalish berdi. IJ bosh miya qobig'ining nutq funksiyalari lokalizatsiyasi murakkab bo’libgina qolmay, balki o'zgaruvchan xususiyatga egn ekanligini ham isbotlab herdi va uni "dinamik lokalizatsiya" deb atadi.

Hozirgi vaqtda P.K.Anoxin, A.N.Leonteva, A.R. Luriya va boshqa olimlarning olib borgan tadqiqotlariga ko'ra, har qanday psixik funksiyalarning asosi alohida "markazlar" bo’lmay, balki markaziy asab tizimining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tizimi hisoblanadi.

Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko`rib chiqishda evolutsion-dinamik yondoshiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini tahlil qilishdan, anomal rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida Nutqning rivojlanish konuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir (I. M. Sechenov, L. V.Vigotskiy, V. I. Lubovskiy)23.

Nutq buzilishlarining tahlilida motivatsiya, maqsad sari yo'nalganlik operatsiyalarining buzilishiga diqqat qaratiladi. Bu nutq kamchiliklarining tashxisi uchun va ularni korreksiyalashning yo‘llari va usullarini aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Nutq buzilishlarini baholashda bir tomondan nutq mexanizmlarining shakllanganligini — dasturlash va nutqiy operatsiyalar, ikkinchi tomondan nutqiy malakalarning shakllanganligini, ya'ni muloqotning turli xil maqsadlari uchun bolaning nutq mexanizmlaridan to‘g‘ri foydalana olish malakasini ajratish muhimdir. Bu holda, nutq buzilishlarini kompleks har tomonlama tahlil qilish, turli xil nutq kamchiliklarida nuqson tuzilishini tushunish uchun, ularni tashxisi uchun, ularni oldini olish va bartaraf etishning ilmiy asoslangan tizimi ucluin muhim ahamiyatga ega.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin