Ijtimoiy fanlar



Yüklə 434,96 Kb.
səhifə7/60
tarix09.12.2022
ölçüsü434,96 Kb.
#73284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Ma\'ruza matni (3)

«Media» atamasi (lotincha - medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko‘rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o‘rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi.
Axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.
Axborot texnologiyalarining insonlar hayotiga ta’siri o‘sib borishi munosabati bilan xalqaro hamjamiyat insonni axborot jamiyatida yashashga tayyorlash muammolari haqida bosh qotirmoqda va ushbu qarash global darajada YuNESKO va IFLA hujjatlarida, jumladan, Mediata’lim bo‘yicha Gryunvald deklaratsiyasida (1982), “Axborot savodxonligi va butun umr davomida ta’lim olish bo‘yicha Aleksandriya deklaratsiyasi”da (2005 y.), “Parij dasturi va mediata’lim bo‘yicha 12 tavsiya” (2007 y.) hujjatlarida o‘z ifodasini topgan.
XXI asrning birinchi o‘n yilligi uchun YuNESKO va IFLA mediasavodxonlik va axborot savodxonligi integratsiyasi konsepsiyasini tashkil etuvchi yangi tashabbuslarni belgilab berdi. Ushbu g‘oya quyidagi xalqaro hujjatlarda o‘z ifodasini topgan:

  • Media va axborot savodxonligi to‘g‘risidagi Fes Deklaratsiyasi (Fes shahri, Marokash, 2011 yil 15–17 iyun);

  • IFLAning media va axborot savodxonligi bo‘yicha tavsiyalari (Gaaga shahri, Niderlandiya, 2011 yil 7 dekabr; Rossiya, 2012 yil 24–28 iyun) va bir qator boshqa hujjatlarda.

  • bugungi kunda sayyoramizda yashaydigan har bir insonning o‘zi axborot tashuvchisi va tarqatuvchisidir.



Mavzuni tuzatish uchun savollar
1. Ibtidoiy davrga oid yozuvlar va turli tasvirlar ma’lumotmi?
2. Qadimgi bitiklar va manbalarning mazmuni va mohiyati nimadan iborat?
3. Sharq va G‘arb xalqlari hayotida yozuvning ahamiyati nimada?
4. Axborot tushunchasining mazmuni va mohiyati nimadan iborat?
5. Axborot va ma'lumotlarni uzatishning eng qadimgi usullari haqida gapirib bering.
6. Axborot manbalari sifatidagi ilmiy va badiiy adabiyotlar darajasini solishtiring.
7. Sharq va G’arb Uyg’onish davrida o’rta asrlarda axborotga munosabat qanday bo’lgan?
8. Yevropadagi zamonaviy OAV haqida nimalarni bilasiz?
9. Ilmiy va axborot vositalarining qiyosiy tahlilini o'tkazing.
10. Iqtisodiyot, siyosat, ma’naviyat va madaniyat haqidagi ma’lumotlar, bunday ma’lumotlarning uzviyligi va o‘ziga xosligi.
11. Axloqiy tashviqot va axloqiy tahdidlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari qanday?
12. Globallashuv davrida milliy axborot sohasining muammolari va еchimlarini aniqlang.


Adabiyotlar
1. Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. -Т.:Ўзбекистон, 2019.
2. Я.Маматова, С.Сулайманова. Ўзбекистон медиатаълим тараққиёт йўлида. Ўқув қўлланма. Extremum-press, 2015-94.б
3. Яҳё, Муҳаммад Амин. Интернетдаги таҳдидлардан ҳимоя.Ёрдамчи ўқув қўлланма. Movarounnaxr, 2016.-672 б
4. А.В. Федоров. Медиаобразования и медиаграмотность. Учебное пособие. М. 2018 г
5. Медиа ва ахборот саводхонлигини шакллантиришнинг педагогик жихатлари. Ўқув-амалий қўлланма. - Extremum-press, 2017-142.б
6.Арасту. Ахлоқи Кабир. Поэтика. -Т.: «Янги аср авлоди», 2004.
7. Имомназаров М. Саидов У.. Миллий тараққиётнинг маънавий-ахло-қий асослари. Т:. “Аkademiua”. 2005
8.Егорова, А. М. Духовные потребности человека // Молодой ученый. — 2012.-№ 2 (37). - С. 224-226.

Yüklə 434,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin